Galliyning tabiatda uchrashi, olinishi, xossalari va uning birikmalarining ishlatilishi.
Barqaror izotoplari 69Ga ( yerning qobig`da galliynig 60,2% i) va 71Ga (yerning qobig`da galliynig 39,8% i) mavjud. Galiyning suniy radiaktiv izotoplaridan 72Ga ( yarim emirilish davri 14,2 soat) radiaktiv indikator sifatida foydalaniladi. Galliyning elektron konfiguratsiyasi KLM 4s24p1 .
Galliyning mavjudligini 1871 yilda D.I.Mendeleev bashorat etgan edi. Galliyni 1875 yilda frantsuz olimi Lekok – de – Boubodran sof holda ajratib olib, xossalarini o`rgandi. Bu olimning tadqiqodlari D.I.Mendeleevningfikrini to`la tasdiqladi. Galliyning yagona minerali gallit CuGaS2 juda kam uchraydi. Galliy asosan, alyuminiy, ruh, germaniy rudalari bilan aralashgan holda uchraydi. Xuddi germaniy kabi galliy ham toshko`mir tarkibida bo`ladi. Shuning uchun toshko`mirning gizifikatsiyasida galliy germaniy bilan birgalikda kuya va kul tarkibiga o`tadi. Galliy minerali deyarli barcha mamlakatlarda uchraydi.
Galliy kumush kabi oqish metall, rombik sistemada kristallanadi. Galliy o`zining kimyoviy xossalari bilan alyuminiyga juda o`xshash. Masalan, galliy ham alyuminiy singari kislotalarda va ishqorlarda eriydi.
3 Ga + 6 HCl → 2 GaCl3 + 3 H2
2 Ga + 2 NaOH + H2O → 2Na[Ga(OH)4] + 3 H2
Galliy birikmalarida oksidlanmish darajasi uchga teng bo`ladi. Galliy vakkum texnikasida va signal asboblarida qo`llaniladi. Galliyning suyuqlanish temperaturasi past, qaynash temperaturasi yuqoriligiga asoslanib, galliydan yuqori temperaturalarni o`lchaydigan termometrlar kerakli suyuqlik sifatida foydalaniladi. Keyingi yillarda galliy qotishmalari yarim o`tkazgichlar texnikasida ishlatiladigan bo`ldi. Galliydan maxsus elektron naylar va fotoelementlar tayyorlashda foydalanilmoqda. Galliy atom texnikasida ham qo`llaniladi. Galliyning ( qalay va indiyli) qotishmalari past ( 150C dan past) temperaturalarda suyuqlantiriladi. Galliy gidrid Ga2H6 (digallan) 1390C da qaynaydigan suyuqlik. Galliy oksid ikki modifikatsiyaga bo`linadi : α = Ga2O3 va β = Ga2O3 birinchi modifikatsiyasining tuzilishi xuddi korund α = Al2O3 strukturasi kabi bo`ladi. Galliy gidroksid Ga(OH)3 xuddi alyuminiy gidroksid kabi amfoter xususiyatga ega bo`ladi.
Galliy sulfid Ga2S3 galliyning boshqa birikmalari kabi oq tuslidir.
Galliy sulfat Ga2(SO4 )3*18H2O o`z xossalari bilan alyuminiy sulfatni eslatadi va u ham achchiqtoshlar xosil qiladi(masalan KGa(SO4)2*12H2O).
Galliyning ikki valentli xloridi GaCl2ni olish uchun GaCl3metall holidagi galliy bilan birga qizdiriladi. GaCl2rangsiz kristall modda bo`lib,suv bilan reaksiyaga kirishganida vodorod ajratib chiqaradi. Rentgen nurlari bilan tekshirish natijasida bu moddaning Ga[Ga3+Cl4]tarkibli kompleks birikmalardan iborat ekanligi aniqlangan. Ga2O3 ni metall holidagi galliy bilan qizdirish natijasida ko`ng`ir tusli kukun —Ga2O hosil bo`ldi.
Ishlatilishi:
Galliy quyidagi sohalarda ishlatiladi.
1) kvarsli tеrmоmеtrlarni to`ldirish uchun ishlatiladi.
2) qotishmalar tayoyyorlashda
3) zargarlik, tish kuyishlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |