O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi andijon nuhandislik-iqtisodiyot instituti “Muhandislik”



Download 190,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.07.2021
Hajmi190,01 Kb.
#109941
1   2   3   4   5
Bog'liq
buyuk mutafakkir ozbek fizik olimlari.

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


ABU RAYHON BERUNIY 

(973 – 1048) 

 

Beruniy  973  yil  4  sentyabrda  Xorazmning  Qiyot  (Kat)  shahrida  dunyoga 



kelgan.  Dastlabki  ta’limni  ona  shahrida  olgan,  mashhur  olim  Abu  Nasr  ibn  Ali 

Iroqdan ilmi nujum, riyozat kabi fanlardan dars oladi. U 17 yoshida ilk astronomik 

kuzatishlarni  o‘tkazadi.  U  150  dan  ortiq  ilmiy  asarlar  yozadi.  Buyuk 

bobokalonimiz 1048 yil 13 dekabrda G’aznada vafot etgan. «Berun» yoki «Birun» 

so‘zi 

«tashqari» 



degan 

ma’noni 


anglatadi. 

Ma'lumotlarda   yozilishicha   uning  152   ta   kitobining   nomi   na'lum.   Bizgacha  

ulardan   27   tasigina   yetib   kelgan.   Uning   bir   qancha   kitobi   tabiiyot   ilmiga  

bag'ishlangan.  Bu   sohaning   rivojlanishida   Beruniyning   tabiiyot   va   tabiat  

hodisalarini   o'rganish   usullari   ,   harakat,  tovush,  issiqlik,yorug'lik,  elektr, 

magnetizm,  atmosferadagi   hodisalar,  modda   tuzilishi   haqidagi   ijodiy   ishlari  

katta  

ahamiyatga  

ega  

bo'ladi. 



      Beruniyning   o'sha   davrda   yaratgan   kashfiyotlaridan   biri  -  globus   ixtiro 

etganligidir. 

         U   Quyosh  atrofida   sayyoralar   aylanishini,   Yer   esa   ana   shu  

sayyoralardan  

biri  

ekanligini  



aytadi. 

          «Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar»  (taqvim  va  yil  hisobi, 

shuningdek,  sug‘diylar,  qadimgi  xorazmliklar,  forslar,  yunonlar,  yaxudiylar, 

xristianlar  va  musulmonlarning  bayramlari,  urf-odatlari  to‘g‘risida  ma’lumot 

beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yo‘li», «Mineralogiya», 

«Saydana»,  «Hindiston»  va  Bеruniy  o’zining  “Yulduzlar  haqidagi  fan” 

(Astrologiya)  asarida  Astrolabiya  asbobi  haqida  yozib,  u  dastlab  grеklarning 

kuzatish  asbobi  bo’lganligini  ta'kidlaydi.  Grеkcha  “Astrolabon”  so’zi  “astro”  – 

“yulduz” va “labiyn” ushlamoq so’zlaridan olingan bo’lib, u osmonda qo’zg’almas 

yulduzlarning koordinatalarini aniqlaydigan asbobini bildiradi.  

Xorazmdagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida Beruniy 998 yili Jurjon 

shahriga  ketishga  majbur  bo‘ladi.  U  bu  davrga  qadar  Kot  va  Ray  shaharlarida 

o‘zining 

dastlabki 

ilmiy 

izlanishlarini 



boshlab 

yuborgan 

edi. 

Jurjonda  kechgan  yillar  (998-1004)  Beruniy  uchun  yirik  izlanishlar  va  ijodiy 



kamolat  davri  bo‘ldi.  O‘zining  birinchi  astronomik  tajribalarini  16  yoshida  Kot 

shahrida  boshlagan  alloma,  Jurjonda  nafaqat  astronomiya  va  boshqa  tabiiy  fanlar 

bilan,  balki  tarix  va  din  tarixi  bilan  ham  shug‘ullanadi.  Olimning  muhim 

asarlaridan biri - "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" uning Jurjon saroyida 

xizmat  qilgan  davrida  yaratiladi.  1000  yili  tugallangan  bu  asar  muallifning  ko‘p 



qirrali  olim  ekanligini  namoyish  etdi  va  unga  katta  shuhrat  keltirdi.  Umuman, 

Beruniy 


Jurjonda 

o‘ndan 


ortiq 

asarlar 


bitishga 

muyassar 

bo‘ldi. 

Beruniy 1004-1017 yillarda Xorazmga qaytadi. Xorazmning yangi hukmdori Abu 

Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o‘z saroyida katga izzat-hurmat bilan qabul 

qiladi. Olim Xorazmshoh Ma’mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda 

faoliyat  ko‘rsatish  bilan  birga  siyosiy  jarayonlarda  ham  Xorazmshohning  yaqin 

maslahatchisiga  aylandi.  Xorazmning  Mahmud  G‘aznaviy  tomonidan  bosib 

olinishi  Beruniy  hayotini  xavf  ostiga  qo‘ydi.  U  Xorazmshoh  saroyidagi  aksariyat 

olimlar,  jumladan,  ustozi  Abu  Nasr  ibn  Iroq,  Abu  al-Xayr  Xammar  va  boshqalar 

bilan 

birga 


G‘azna 

shahriga 

asir 

qilib 


olib 

ketiladi. 

Ma’lumki,  Xorazm  ilmiy  markazi  olimlardan  faqat  Ibn  Sino  va  Abu  Sahya 

Masihiylar  Mahmud  G‘aznaviy  zulmidan  xavotirlanib,  G‘aznaga  emas  Jurjonga 

qarab  yo‘l  olgan  edilar.  Beruniyning  1014-1048  yillarda  G‘aznada  kechirgan 

hayoti  moddiy  va  siyosiy  jihatdan  mashaqqatli  bo‘lishiga  qaramasdan,  UNING 

ilmiy  faoliyati  uchun  eng  mahsuldor  davr  bo‘ldi.  U  Mahmud  G‘aznaviy  saroyida 

kechgan  dastlabki  yillarda  astronomiya  va  geodeziya  masalalariga  katga  e’tibor 

berdi. 

  

Muallifning  ilmiy  adabiyotlarda  qisqacha  "Geodeziya"  deb  yuritiladigan 



"Turar  joylar  orasidagi  masofani  tekshirish  uchun  joylarning  oxirgi  chegaralarini 

aniqlash" nomli astronomiya va geografiyaga bag‘ishlangan asari 1025 yilda yozib 

tugatildi. 

Beruniyning  "Munajjimlik  san’atidan  boshlang‘ich  tushunchalar"  asari  ham  1029 

yili  G‘aznada  yoziladi.  Oradan  bir  yil  o‘tib,  u  o‘zining  "Hindiston"  nomi  bilan 

tanilgan  "Hindlarning  aqlga  sig‘adigan  va  sig‘maydigan  ta’limotlarini  aniqlash" 

kitobini 

yakunlaydi. 

Bu  shoh  asarning  vujudga  kelishiga  Mahmud  G‘aznaviyning  Hindistonga  qilgan 

yurishlari  sabab  bo‘ldi.  Saroyning  eng  nufuzli  astrologlaridan  sanalgan  Beruniy 

Mahmud  G‘aznaviy  bilan  Hindistonda  bir  muddat  istiqomat  qiladi  va  u  yerda 

sanskrit  tilini  mukammal  egallashga  muvaffaq  bo‘ladi.  U  bu  til  yordamida 

hindlarning  tarixi,  urf-odatlari,  madaniyati  va  fani  bilan  yaqindan  tanishadi  va 

natijada  "Hindiston"  asarini  yaratadi.  1030  yil  Mahmud  G‘aznaviy  vafot  etadi. 

Taxtga uning o‘g‘li Ma’sudning o‘tirishi Beruniy ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim 

o‘zining  astronomiyaga  oid  eng  yirik  asarini  mazkur  hukmdorga  bag‘ishlab 

"Masud qonuni" deb ataydi. O‘rta asr olimlarining yozishiga ko‘ra, sulton Ma’sud 

bu  asar  uchun  Beruniyga  bir  filga  ortilgan  katga  mikdordagi  kumush  tangalar 

hadya 

etadi. 


Mutaxassislar  fikricha,  "Ma’sud  qonuni"  kitobi  matematika  va  astronomiya 

bo‘yicha  ungacha  yozilgan  barcha  kitoblarning  izini  o‘chirib  yuborgan. 

Olim  sulton  Ma’sudning  o‘g‘li  Mavdudning  hukmronlik  yillarida  (1041-1049) 

o‘zining  yana  ikki  asari  -  "Mineralogiya"  va  "Farmakognoziya"  deb  atalgan  ikki 

asarini  yozadi.  Ularning  har  biri  mazkur  sohalardagi  betakror  asarlardan  bo‘lib, 

jahon  madaniyatining  noyob  durdonalaridan  hisoblandi.  Abu  Rayhon  Beruniy 

1048 

yili 


G‘azna 

shahrida 

vafot 

etadi. 


Olim  yozib  qoldirgan  160  dan  ortiq  asarlari  bilan  astronomiya,  astrologiya, 

matematika,  geodeziya,  geologiya,  mineralogiya,  geografiya,  arifmetika,  tabobat, 




farmakognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob hissa qo‘sha 

oldi. 


Beruniyning  betakror  ijodi  uning  vatani  O‘zbekistonda  alohida  e’tibor  qozongan. 

Uning qator  yirik  asarlari o‘zbek  va  rus tillariga  tarjima  qilinib Toshkentda  nashr 

etilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 190,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish