O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,71 Mb.
bet241/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Kimyoviy tarkibi. O‘tkir bargli sano o‘simligi bargida 6,17%, mevasida 2,70%, tor bargli sano bargida esa 3,77%, mevasida 4,6% gacha antratsen unumlarining yig‘indisi (sennozid A, sennozid V, sennozid S, sennozid E, rein, aloy-emodin, glyuko-aloy-emodin, glyukorein va boshqalar) bo‘ladi. Sano barglari tarkibida antratsen unumlaridan tashqari, flavonoidlar (izoramnetin, kempferol va ularning glikozidlari) hamda
salitsilat va boshqa organik kislotalar, smolalar va juda oz miqdorda alkaloidlar bor.
Mevasi tarkibida smola bo‘lmaydi.
Antratsen unumlari sanoning yosh barglarida ko‘p to‘planib, barg qarigan sari ular miqdori ham kamayib boradi. Agar o‘tkir bargli sano tarkibidagi antratsen unumlarining yosh barglardagi umumiy miqdori 5,8% bo‘lsa, barg sathi kattalashgan sari, bu birikmalar kamayib, oxirida 3,8%) qoladi. Meva tarkibida aksincha antratsen unumlari meva pishib yetilgan vaqtida maksimal to‘planadi.
Sano bargining asosiy ta’sir etuvchi glikozidlari — sennozid A va sennozid V gidroliz natijasida qand qismi — glyukoza va aglikonlari — sennidin A va sennidin V ga parcha-lanadi. Bu birikmalar bir-birining sterioizomerlari bo‘lib, sennidin A optik faol (kuchli fiziologik ta’sir ko‘rsatadi), sennidan V esa optik faol emas (fiziologik ta’siri ancha kuchsiz).
Hindistonning quruq (namlik kam bo‘ladigan) tumanlarida o‘sadigan tor bargli sano bargi tarkibiga 4,23% gacha sennozidlar va 3,54% gacha rein bo‘ladi.
Ishlatilishi. Sano preparatlari surgi sifatida ishlatiladi. Barg tarkibidagi smolalar spirtda va qaynoq suvda eriydi, bu smolalar ichakni og‘ritish xususiyatiga ega. SHuning uchun ham tayyorlangan damlamani sovitib, smola cho‘kkanidan keyin filtrlash lozim. Ba’zan barg tarkibidagi smolani spirtda eritib olib, keyin dori turlari tayyorlanadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish