Mahsulot tayyorlash. Sanoning hosilini yig‘ib olish muddati, o‘simlik to‘liq gullab, meva hosil qilgan davrdan (o‘simlikning barglari moviy rangga kirganda) boshlanadi. Birinchi navbatda 4—5 kun davomida pastki shoxchalardagi barglar qo‘lda teriladi. Ikkinchi terim 20—25 kundan keyin amalga oshiriladi va bu jarayon sovuq tushguncha davom etadi. O‘simlikning urug‘lari (dukkaklari) pishgandan keyin bir necha marta qo‘lda terilib tozalanadi va quritiladi. Sanoning terib olingan barglari salqin joyda, brezent ustida yoyib quritiladi. Mavsum davomida yaxshi parvarish qilingan sanoning har gektaridan 10—12 sentner qurigan barg va 300 kg gacha urug‘ yig‘ib olish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |