Geografik tarqalishi. Vatani Markaziy va Janubiy Amerika. Poltava va Chimkent viloyatlarida, Krasnodar o‘lkasida, Qrimda va Moldova respublikasida o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot maydalab qirqilgan meva va urug‘dan iborat. Urug‘ kiyshiq, buyraksimon, qirrasida egri-bugri o‘simtalari bo‘lib, ustki tomoni mayda chuqurchali, xira kulrang- qo‘ng‘ir yoki och sariq, uzunligi 4—5 mm, eni 3,5—4 mm, qalinligi 1—1,5 mm. Urug‘i hidsiz, sho‘rtang mazasi bor.
Maydalab qirqilgan meva shakli va ko‘rinishi har xil qo‘ng‘ir-yashil bo‘lakchalardan iborat. Urug‘ o‘rni oqish-sariq, ustki tomoni g‘ovak so‘rg‘ichlar bilan qoplangan. Meva po‘stida o‘tkir uchli, ingichka, juda ko‘p tikanlar bo‘ladi. Kosachabargining asos qismi hamda mevasi, bandi sertuk. Mevasining o‘tkir, narkotik hidi bor.
Mahsulot namligi 12%, umumiy kuli 5%, organik aralashmalar 1,5% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq, skopolamin alkaloidining miqdori 0,2% (mevada) — 0,3% (urug‘da) dan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |