O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta- maxsus ta’lim vazirligi


Bangidevona o‘simligini o‘stirish texnologiyasi



Download 0,71 Mb.
bet176/286
Sana06.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#431740
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   286
Bog'liq
dorivor yangi

Bangidevona o‘simligini o‘stirish texnologiyasi


Bangidevona o‘simligini O‘zbekistonning namgarchilik yetarli mintaqalarida tarqalgan tuproqlarda, ayniqsa, sug‘oriladigan tipik va o‘tloqi tuproqlarda ekib o‘stirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bangidevonani pomidor, kartoshka, tamaki (ituzumdoshlar oilasiga mansub) kabi o‘simliklar ekilgan maydonlarga joylashtirish tavsiya etilmaydi. Chunki bu o‘simliklarni zararlovchi hasharotlar bangidevonani kasallantiruvchi hasharotlar hisoblanadi. Bangidevona ekiladigan tuproqlarda qanaqangi o‘tmishdosh ekin ekilganligidan qat’iy nazar, kuz oylarida yerlarni haydash


oldidan gektariga 20—25 tonna chirigan go‘ng, 70 kg dan sof fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantirilib, 25—27 sm chuqurlikkacha traktor bilan haydab qo‘yish lozim bo‘ladi. Bangidevonani erta bahorda ekilsa hosildorlik yuqori bo‘ladi. O‘simlik urug‘ini erta bahorda ekishdan oldin yerlarni borona va molalar bilan tekislab tuproq harorati 15—17°S bo‘lganda qator oralarini 60 sm dan qilib sabzavot ekadigan seyalkalar gektariga 10 kg urug‘ sarflab, uning chuqurligi o‘rtacha qumloq tuproqlarda 4—5 sm, mexanik tarkibli og‘ir bo‘lgan yerlarda esa 3—4 sm chuqurlikda ekiladi. O‘simlik urug‘lari ekilgandan keyin 15—22 kunda o‘sib chiqadi. Uning vegetatsion davrining uzunligi (maysalar unib chiqib to gullaguncha) 100 kungacha boradi.
Bangidevonani o‘sib chiqqan yosh nihollari begona o‘tlarga unchalik bardosh berolmasligi sababli tezlik bilan qator oralariga ishlov berilishni kuchaytirish lozim, bu ayniqsa bangidevonani shonalash davrigacha davom ettiriladi. O‘simlikni qator oralarini ishlashda ko‘chatlarni tuproq va kesakchalar ko‘mib yubormasligi uchun mexanizmlardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘simlik 3—4 ta chin barg chiqargandan keyin yaganalab, har bir uyaga orasini 60 sm dan qilib 2 tadan sog‘lom ko‘chat qoldiriladi. Bangidevonani oralariga keyingi ishlov berishda va begona o‘tlarni yo‘qotishda tuproqning zichlanishiga qarab davom ettirish lozim bo‘ladi. Keyinchalik o‘simlikning bo‘yi 1 metrga yetganda serbarg bo‘lganda bangidevona o‘tlarni siqib ko‘yadi. Bangidevona o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi, xomashyosi tarkibidagi biologik faol moddalarning ko‘proq to‘planishiga, unga beriladigan organik va mineral o‘g‘itlar miqdoriga, vegetatsiya davomida amalga oshiriladigan argotexnik tadbirlarga bog‘liqdir. Birinchi oziqlantirishni bangidevona 5—7 ta chin barg chiqarganda boshlash kerak bo‘ladi. O‘simlik azotli va fosforli o‘g‘itlarni ko‘proq talab qiladi. Bu davrda gektar hisobiga 30 kg azot 20 kg fosfor beriladi. O‘g‘it berish natijasida maysalar tez rivojlana boshlaydi. O‘simlik o‘g‘itlarga talabchan bo‘lganligini hisobga olib, ikkinchi
o‘g‘itlashni shonalash davrida gektariga 30 kg azot va 20 kg kaliy o‘g‘itlarini berish bilan amalga oshirish kerak bo‘ladi. Har bir o‘g‘itlash o‘simlikni sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. O‘g‘itlash natijasida o‘simlikning bo‘yi 30—40 sm ga ko‘tariladi va barglar soni ham ko‘payadi. Bangidevona yoppasiga gullaganda gektariga 40 kg dan azot, 20 kg dan fosfor va kaliy o‘g‘iti berish bilan tugallanadi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida uning asosiy xomashyosi hisoblangan barglari juda yaxshi rivojlanadi. Vegetatsiya davomida bangidevona o‘simligiga 100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. Mavsum davomida bangidevona ekinzorlari havo harorati va tuproq tarkibidagi namlikni hisobga olgan holda 8—9 marta sug‘orish tavsiya qilinadi. Bangidevona meva hosil qilgandan keyin uning barglarini terish mumkin bo‘ladi. Birinchi navbatda to‘liq yetilgan va ko‘k barglarni dumsiz teriladi. Undan keyin yetilgan va ochilganlari teriladi. Namgarchilik yomg‘ir yoqqanda va sovuq tushganda barglarni terishni tavsiya qilinmaydi.
Agar oziqlantirish sug‘orish va qator oralariga o‘z vaqtida ishlov o‘tkazilsa zararkunanda kasalliklarga yo‘l qo‘yilmasa bangidevona o‘simligidan 10—12 sentnergacha quruq barg yig‘ib olish mumkin. Bangidevona barglarini 3 marotaba (qo‘lda) yig‘ib olingandan keyin, silos yig‘adigan kambayn bilan o‘simlikni o‘rib olib daladan tashqariga chiqarib yoqib yuboriladi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish