Bir so‘mlik tovar Ishlab chiqarish tannarxi
mahsuloti uchun = --------------------------------------------
qilingan xarajat (tiyin) Tovar mahsulotinnng ulgurji bahosi
Bu ko‘rsatkich orqali qilingan xarajatlarning samaradorligini aniqlash mumkin.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha.
2. Xarajatlarning kalьkulyatsion moddalari bo‘yicha.
9.1-jadval
Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlari va moddalari bo‘yicha turkumlanishi
Iqtisodiy elementlari bo‘yicha
|
Kalьkulyatsion moddalari bo‘yicha
|
1
|
2
|
Ishlab chiqarish
xarakteridagi
bevosita va
bilvosita moddiy
xarajatlar
|
Xomashyo
|
Yoqilg‘i
|
Elektr quvvati
|
Ehtiyot qismlar
|
Idishlar va hakozo
|
Ishlab chiqarish
xarakteridagi
bevosita va bilvosita
mehnat haqi
xarajatlari
|
Asosiy ish haqlari
|
Qo‘shimcha ish haqlari
|
Ish haqiga ustamalar
|
Ishlab chiqarishga
taalluqli mehnat
haqidan ajratmalar
|
Ijtimoiy ta’minot bo‘limiga
|
Mehnat birjasiga
|
Kasaba uyushmasiga
|
Asosiy vositalar va
nomoddii aktivlar
amortizatsiyasi,
eskirish xarajatlari
|
Asosiy vositalarning eskirishi
|
Nomoddiy aktivlarning eskirishi
|
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarning ijara haqlari
|
Ishlab chiqarish
xarakteridagi boshqa
xarajatlar
|
Turli ishlar va xizmatlar
|
Soliqlar, yig‘imlar va hakozo.
|
Xarajatlarning elementi bo‘yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularning tuzilmasi va dinamikasini nazorat qilishdan iborat.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat turlarining nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil etish, aylanma mablag‘larining tezligini aniqlash va milliy daromadni hisoblash imkoniyati tug‘iladi.
Xarajatlarning elementlari bo‘yicha tahlil natijalariga muvofiq material sig‘imi, mehnat sig‘imi va fond sig‘imi darajalari bo‘yicha tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir elementning tutgan salmog‘i aniqlanib, o‘tgan yildagisi hamda smetadagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, ularning o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo‘yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni, bo‘limlar va korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo‘yicha o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari asosida ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |