Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Tadbirkorlik faoiiyatida soliqqa tortish tartibi, mohiyati va ahamiyatini izohlab bering.
2. Soliqqa tortish obyekti va soliq bazasi nima?
3. Soliqqa tortish stavkalarining slrukturasi qanday tuzilgan?
4. Soliqqa tortish tartibi qanday amalga oshiriladi?
5. Aksiz so lig‘i nima?
11-MAVZU. Korxona va tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi tahlili.
Reja:
1. Ishlab chiqarish harajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari
2. Korxona va tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati bilan bog‘liq harajatlar klassifikatsiyasi.
3. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari
4. Mahsulot tannarxini pasaytirish usullari.
Tayanch so‘z va iboralar: Ishlab chiqarish harajatlari, tannarx, mahsulot tannarxini pasaytirish
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Mahsulot tannarxi korxonalar xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, korxonalar faoliyatining hamma tomonlarini, ya’ni ishlab chiqarish va moliyaviy tomonlarini aks ettiradi va ularning ish samaradorligini ko‘rsatadi.
Mahsulot tannarxi deganda, mahsulot ishlab chiqarish, sotish va korxona moliyaviy faoliyati bo‘yicha barcha xarajatlarining pul orqali ifodalanishi tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot tannarxini o‘rganishning ahamiyati turli xildagi mulkchilik shakllarida ish yuritayotgan korxonalar uchun beqiyosdir, zero, ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risida to‘la ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib ishlab chiqarishni tashkil qilish va samarali boshqarish mumkin emas.
Mahsulot tannarxini arzonlashtirish jonli mehnat hamda buyumlashgan mehnatni tejashni aks ettiradi, foydaning ortishini ta’minlaydi, ulgurji va chakana narxlarni arzonlashtirish imkonini yaratadi.
Mahsulot tannarxini arzonlashtirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat: boshqaruv usullarini, ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilishni, xo‘jalik hisobini takomillashtirish, ishlab chiqarish asosiy fondlaridan foydalanishni yaxshilash, moddiy resurslardan tejab-tergab foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish, xo‘jasizlikka qarshi kurashish kabilar.
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat rusurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning qiymat qo‘rinishini ifoda etadi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruxlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mexnatga haq to‘lash
xarajatlari;
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda zarur komponent hisoblanadigan xomashyo va materiallar;
mahsulotni o‘rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;
texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan, chetdan sotib olingan yoqilg‘ining hamma turlari;
korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo‘jalik zaruriyatlariga sarflanadigan, sotib olinadigan barcha turdagi energiya;
tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo‘qotishlar.
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;
natura shaklida haq to‘lash tartibi bo‘yicha beriladigan mahsulot qiymati;
amaldagi tartiblarga ko‘ra rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo‘shgan hodda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo‘shimcha ustama to‘lovlar, amaddagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun (shu xo‘jaliqda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stavkalar va okladlarga nisbatan) ustama to‘lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq tovon to‘lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so‘nggi ish uchun to‘lovlar.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi, lizing bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar (Gudvilldan tashqari) eskirishi har oyda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan kelib chiqib xisoblanadigan mahsulot tannarxiga tegishli bo‘ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi.
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.
Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
Brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar.
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar.
Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
Maxsulot (xizmatlar)ning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari.
Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati bilan tegshili vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to‘lanadigan nafaqalar.
Umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |