Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi - bu jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan, aniq mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turlaridan foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo’llanishi mehnat harakat malakalarining shakllanishini cgallash jarayonini tezlashtiradi, melmat unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muhit ta’sirining zararli faktorlariga qashilik ko’rsatishini yaxshilaydi.
Umumiy va kasb jismoniy tayyorgarligi deb ajratish ma’lum darajada shartli bo’lib, ikkala yo’nalishi ham bir-birini to’ldiradi.
Sport tayyorgarligi jismoniy tarbiyada maxsus yo’nalishni ifoda etadi. Buning vazifasi insonni tanlab olingan biror sport turida yuqori natijalarga erishishni ta’minlashdir.
Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganliki.
Hozirgi kunda yer yuzidagi har bir jamiyat a’zolarining sog’lom turmush tarzi, sog’lom hayot kechirishi va ularning mehnat qobilyati samarali bo’lishi jamiyat taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi. Shu sababdan mamlakatimizda kishilarning sog’ligini, ish qobilyatini takomillashtirish va mehnat samaradorligini oshirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor berilmoqda. Lekin mamlakatda har bir kishini jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug’ullanishini yo’lga qo’yishda ayrim muammolar hali ham o’z yechimini topganicha yo’q.
So’ngi paytlarda texnikaning shiddat bilan rivojlanishi, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi inson muskul faolligining tobora chegaralanib qolayotganligi muammosini keltirib chiqarmoqda. So’ngi asrlar mobaynida yer aholisining sport bilan shug’ullanuvchi qismi misliko’rilmagan ajoyib natijalarga erishdi. Ammo aholining boshqa soha vakillari ya’ni, sport bilan shug’ullanmaydiganlari jismoniy imkoniyatlarini tobora kam ishga solmoqda. Natijada esa yurak qon - tomir sistemasi kasalliklari jumladan: qon aylanish tizimining o’ta susayishi gipodinamiya kasalligiga chalinishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida davlatimizning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatishi tabiiy.
Shu o’rinda savol tug’iladi: uzoq vaqtgacha kam harakat qilganda organizmda qanday o’zgarishlar ro’y beradi? Bunda odam organizmining bioenergiya sarfi kamayadi (ma’lumki muskullarda organik moddalarning kimyoviy energiyasi to’g’ridan - to’g’ri mexanik energiyaga aylanadi). Hujayralaming mayda “energetik stansiyalari” da - skelet va yurak muskullari mitoxondriyalarida oksidlanish protseslari o’zgaradi, keyin esa buziladi. Keyinchalik esa yurak qon - tomir sistemasida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Yurak hajmi kichrayadi, qisqarishlari samarasi pasayadi, tomirlar chidamliligi susayadi, eng uzun hisoblanadigan kapillar tomirlarida asta sekin o’zgarishlar sodir bo’ladi. To’qimalar kislorodga to’yinmaydi, to’qimalardan almashinuv maxsulotlarini chiqib ketishi qiyinlashadi. Qonda eritrositlar va gemoglobin kamayadi, xolesterin va lipoproteidlar miqdori ko’payib ketadi, bu aterosklerozning rivojlanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari muskul sistemasida ham o’zgarishlar yuz beradi - muskullar kichrayadi, oqsil sintezi buziladi, muskul tolalari parchalanadi.
Jismoniy mashqlar barcha ichki organlar faoliyatiga, ayniqsa yurak ishiga juda yaxshi ta’sir qiladi. Yurak muskullari jismoniy yuklama paytida zo’riqib ishlaydi. Uning qisqarishi ancha kuchli va siyrak bo’ladi, bu esa ancha energiya tejaydi va qon aylanishini yahshilaydi. Xar bir kishining yuragi muntazam ravishda trenirovkaga muhtoj bo’lishi ilmiy tekshirishlarda
Jismoniy tarbiya — pedagogik jarayon bo 'lib, inson organizmini morfologik va funktsional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog 'liq bo ’Igan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Мапа shu ta’rifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o’ziga xosligi ta’kidlab o’tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo’lgan bu o’ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida ma’noga ega bo’lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlami rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |