Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo’nalish mavjud bo’lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o’sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyorgarligidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog’liqni mustahkamlashga, keng doirada harakat malakalari va ko’nikmalariga ega bo’lishiga, o’zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo’lishi uchun xizmat qiladigan asosiy harakat sifatlarini rivoj lantirishga yo’naltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va
aniqlangan. Trenirovka natijasida yurak hargal qisqarganida uning aortaga otib chiqaradigan qon miqdori yanada ko’payadi, bunda tananing barcha to’qimalari qon bilan yahshi ta’minlanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda aytish mumkinki har kungi ertalabki gigienik gimnastika to’g’ri tashkil qilingan faol harakat rejimining tarkibiy qismi bo’lib qoladi.
Ishlab chiqarish gimnastikasi ham gimnastikaning muhim turi hisoblanadi, u faol dam olishga juda yaxshi yordam beradi.
Fizkultura daqiqalari esa charchoqni yo/adi, yurak ishini aktivlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi, qon dimlanishini bartaraf qiladi va umumiy moddalar almashinuvini hamda yurakning oziqlanishini yaxshilaydi.
Shuningdek piyoda yurish: xo’sh, yurishda optimal nagruzkalar qanday bo’ladi? Ular masofa, yurish tezligi va davomiyligiga qarab belgilanadi. Bu to’g’risida fikr yuritgan Yaponiyalik olimlar qadam o’lchaydigan (shagomer) asbobini olib, kundalik yurish masofasini kuzatib borishni taklif qiladilar. Ular har kuni 10 ming qadam bosishni jismoniy aktivlik mezoni deb xisoblashgan.
Amerikalik kardiolog P. Uayt va akademik A. Myasnikov taxmini bo’yicha sog’lom odamning bir kunlik piyoda yurish normasi 10 km bo’lishi kerak. Bu fikrni professor B. Frolov, meditsina fanlari doktori L. Suxarevskiy, dotsent M. Grinenko va boshqa mutaxasislar ham quvvatlashgan. Akademik N. Amosov kishi piyoda yurgan paytida uning tomir urishi minutiga 120 tadan oshmasa bunday yurish bekorchi vaqt o’tkazishdan boshqa narsa emas degan edi.
Toza havoda sayr qilish hamma yoshdagi kishilar uchun yurakni mustaxkamlaydigan va trenirovka qiladigan vosita hisoblanadi: ertalab ishdan oldin sayr qilish (20-30min), ishdan keying sayr (30-40 min), kechqurun uxlashdan oldin sayr qilish (40-60 min), dam olish kunlari shaxardan tashqariga sayohat qilish (goh dam olib, goh yurib, 4-5 soat).
O’rta asrlarda sharqning buyuk mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino sog’liqni saqlash va mustaxkamlash haqida o’zining ajoyib fikrlarini bizga meros qilib qoldirgan: “Badan tarbiya mashqlari bilan me’yorida va o’z vaqtida shug’ullanadigan odam hech qanday davoga muxtoj bo’lmaydi”.
Ibn Sino sog’liqni saqlash va mustaxkamlashda, shuningdek turli kasalliklarni oldini olish hamda davolashda badan tarbiya mashqlarini universl vosita deb bilib, u bilan umr bo’yi shug’ullanishni tavsiya etadi. U o’zining mashxur tip qonuni kitobida bolaning yaxshi o’sib, rivojlanishi uchun me’yorda, biroq ko’p harakat qilishi kerakligini, 6 yoshdan keyin jismoniy mashg’ulotlami ko’paytirish kerakligini uqtiradi. “Qonun”ning maxsus qismida keksa odamlarga foydali maslahatlar ham ko’plab yozib qoldirilgan. Olim keksalarga sekinroq bajariladigan jismoniy mashqlar bilan (yurish, sekin yugurish, gimnastika mashqlari...) shug’ullanishlari kerakligini maslaxat beradi, lekin mashqlami extiyotlik bilan, asta sekin, oz-ozdan bajarish zarurligini uqtiradi. Bu maslaxatlar hozirgi kundaham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Xulosa qilib aytganda insonning jismoniy madaniyati keng ma’noda sog’lom turmush tar/.idan iborat. Bu - kundalik ko’ngilli hordiq chiqarish, xilma - hil va qiziqarli mehnat. Bu - ko’ngildagidek uy joy sharoiti va oiladagi o’zoro yaxshi munosabatlardir. Bu - quyosh, havo, suvning mo’lligi. Bu - musaffo, kuchli va rivojlangan tanamizdir.
Agar inson fiziologiya, psixologiya, jismoniy tarbiya qonunlariga rioya qilgan xolda yashasa uning organizmida salbiy o’zgarishlar umuman ro’y bermaydi.
Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi printsipi shug’ullanuvchilaming jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lishida ularni sog’lig’iga javob berish ma’suliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trenerlar, davlat, xalq
Bundan kelib chiqadiki, pedagogik jarayon davomida umumiy printsiplarga o’z vaqtida rioya qilinsa, qo’yilgan talablar mukammal bajarilsa, jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligi yuqori bo’ladi.
Uqituvchi jismonyy tarbiyani tashkil qilishda ximoya qiluvchi va rivojlantiruvchi funktsiyani bajarish kerak. Bu bilan jismoniy. tarbiya yordamida 1-dan xayot jarayonida sodir bo’ladigan harakat faolligini yetishmovchiligini oldini olish, 2-dan organizmning funktsional imkoniyatini rivoj lantirish, har-xil ob-havo sharoitiga organizm qarshiligini kuchaytirish va ish qobiliyatini oshirish.
Bu tamoilni amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilinadi:
Jismoniy tarbiyaning vosita va uslublarining sog’lomlashtiruvchi omillarini ilmiy asoslanishi zarur.
Jismoniy yuklamalar o’quvchilar imkoniyatiga mos kelishi zarur.
Har bir mashg’ulot jarayonida sanitariya-gigiena qoidalari va tabiatning tabiiy kuchlari, quyosh, suv, xavodan qulay foydalanish.
Har qanday o’quv-tarbiya jarayonida tibbiy-pedagogik nazorat bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |