O‘zbеkiston rеspublikasi oliy


- rasm. Iste’mol kuchlanishining bog‘liqligi 1. U1k = f1*



Download 10,37 Mb.
bet90/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

- rasm. Iste’mol kuchlanishining bog‘liqligi 1. U1k = f1*


2. U1 = U1n· f1* + I1nr1 (1-f1*)
Ir kompensatsiya kattaligi r1 nisbiy kattaligiga bog‘liq bo‘lib 100 kWdan katta quvvatga ega bo‘lgan motorlar uchun sezilarsiz bo‘lib uni e’tiborga olmasa
ham bo‘ladi, 15 kWgacha quvvatga ega bo‘lgan motorlar uchun esa r1ni e’tiborga olish shart.
Ba’zi bir hollarda xususan, ventilyator xarakteristikali yuklamalarda tezlikni pasaytirishda unda kritik momentni nominal qiymatda ushlab turish zarurati yo‘q. Bu holatda motor maksimal va statik momentlar nisbatini Ms / Mk = const doimiy qilib ushlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda chastota va kuchlanish orasidagi quyidagi munosabatdan foydalanish kerak (M.P. Kostenko formulasi):
, (6.15)

Bu yerda Ms* = Ms / Mn – berilgan ( tezlik) chastotadagi statik nisbiy qiymati.


Shunday qilib ventiliyator yuritmasi uchun tezlik 2 marta kamaytirilganda statik moment 4 marta kamayadi va stator chulg‘amida hamda mashina magnit o‘tgazgichlardagi yo‘qotishlar kamayadi.
Iste’mol kuchlanishining standart 50 Gs qiymatli chastotasi bilan asinxron motor tezligini 3000 ayl / min. dan oshirishning iloji yo‘q. Bu qyimatdan kattaroq aylanish tezligini hosil qilish uchun asinxron motorni 50Gs dan ko‘proq chastotaga ega bo‘lgan manba bilan ta’minlash kerak. Ko‘pgina mexanizmlar uchun: tekstil sanoati mashinalari, silliqlovchi dastgoxlar, sentrifugalar va boshqalar uchun ishchi organining aylanish tezligi 6000, 9000, 12000 ayl/min va undan ham ko‘p bo‘lishi talab qilinadi. Ana shunday holatlarda chiqish chastotasi 50 Gs dan katta bo‘lgan chastota o‘zgartirgichlari qo‘llaniladi. Biroq kuchlanish qiymatini standart qiymatdan oshirishning odatda yo iloji yo‘q, yoki juda ham qiyin. Bu holatda (6.13) munosabatni qo‘llashning iloji yo‘q va tezlikni chastotani nominal qiymatdan oshirish yo‘li bilan rostlash kuchlanish bo‘lganda amalga oshiriladi.
Ko‘rinib turibdiki, bu holatda chastota oshishi bilan magnitlanish toki Iµ kamayadi, shunga mos ravishda motor oqimi ham pasayadi. (6.11) dan kelib chiqib, maksimal moment chastotaning kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayib boradi deb aytishimiz mumkin. Ammo motor sirpanish oshganligi
hisobiga rotor toki ni uzoq vaqt nominal qiymatda ushlab turish mumkinligi uchun, uzoq ta’sir etuvchi nominal cheklangan moment chastotaga teskari proporsional ravishda kamayib boradi. Chastotani oshirish bilan, motor tezligi oshadi, shuning uchun uzoq muddatli ruxsat etilgan quvvat deyarli o‘zgarishsiz (doimiy) bo‘lib qoladi. Shularni e’tiborga olib, kuchlanish doimiy o’zgarmas bo’lgan xolda chastotani nominal qiymatdan oshirib tezlikni rostlash P=const quvvat doimiy o’zgarmas bo‘lgan xolda rostlash deyiladi. Bu holat uchun mexanik xarakteristikalar 6.6 - rasmda tasvirlangan. Chastotani nominal qiymatdan pastga qarab o‘zgartirish bilan, hamda bir vaqtda kuchlanishni (6.14) munosabatga asosan rostlash bilan tezlikni rostlash M=const doimiy o’zgarmas momentli rostlash deb ataladi.




    1. Download 10,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish