«Yurgazish texnikasi» («Privodnaya texnika») sanoat guruhi AP – 140 seriyali rostlanadigan asinxron elektr yuritmalarni ishlab chiqaradi. Seriya ikki shaxobdan iborat:
–AP–140– A
–
quvvati 5,5 dan 500 kWt gacha bo‘lgan umumsanoat
asinxron motorlaruni boshqarish uchun.
–AP–140– N
–
quvvati 5,5 dan 500 kWt gacha bo‘lgan nasos va
ventilyator qurilmalarining asinxron motorlarini boshqarish uchun.
Seriyaning asosini tashkil qiluvchi chastota o‘zgartirgichlarining andozaviy o‘lchamlari va ularning rusumlari 11.3 – jadvalda keltirilgan.
12.4 – jadval
AP- 140 --
_(_)
Model
0K75
1K5
2K2
3K7
5K5
7K5
11K
15K
18K5
22K
Quvvat (kW)
0,75
1,5
2,2
4
5,5
7,5
11
15
18,5
22
Nominal tok (A)
2,5
3,7
5
8,5
13
16
25
32
38
45
AP- 140 --
_(_)
Model
30K
37K
45K
55K
75K
93K
110K
132K
160K
187K
Quvvat (kW)
30
37
45
55
75
93
110
132
160
187
Nominal tok (A)
60
75
90
110
150
170
210
250
300
340
AP- 140 --
_(_)
Model
200K
220K
250
K
280K
315K
375K
400K
500K
Quvvat (kW)
200
220
250
280
315
375
400
500
Nominalniy tok (A)
380
415
470
520
600
680
750
920
O‘zgartirgichlarning ta’minoti 3 fazali 380V kuchlanishli tarmoqdan. Chastota o‘zgartirgichining strukturaviy sxemasi 12.5 - rasmda keltirilan. O‘zgartirgich uchta asosiy qismdan iborat: o‘zgarmas tok zanjirida filtrli bo‘lgan boshqarilmaydigan to‘g‘irlagich (O’.T.Z) dan (12.7 - rasm); IGBT uskunalarida bajarilgan uch fazali ko‘prikli invertordan (12.7 - rasm); va boshqaruv tizimidan. To‘g‘irlagich iste’mol tarmog‘idagi uch fazali kuchlanishni 540 V li o‘zgarmas amplitudali kuchlanishga aylantiradi.
Invertor tranzistorli kalitlarni KIM (kehgli impulsli modullash) – boshqaruvchi yordamida o‘zgarmas kuchlanishni rostlanadigan chastotali (f) va rostlanadigan amplitudali (U) o‘zgaruvchi kuchlanishiga aylantiradi. O‘zgarmas tok zanjiri orqali aktiv quvvat tarmoqdan motorga uzatiladi. Reaktiv quvvatning aylanishi uchun zanjir tashkil qilinadi ( bu zanjir asinxron motor elektrmagnit maydonini hosil qilish uchun tuziladi): motor statori chulg‘ami – tranzistorli kalitlarni shuntlovchi teskari diodlar – filtr kondensatorlariga ega. Kalitlar yopilganda induktiv toklar diodlar orqali filtr sig‘imiga tutashadi.
Tranzistorli kalitlar drayverlar bilan boshqariladi. Ular kuch zanjirlarini boshqaruv zanjirlaridan ajratadi va tranzistorlar himoyasini ta’minlaydi.
-rasm.AP–140elektryuritmasiningboshqaruvbloki
Mikroprotsessorli boshqaruv bloki (12.8 - rasm) dasturlanadigan kontroller, analogli – raqamli o‘zgartirgichlar va boshqaruv pultidan tashkil topadi. Kontroller chastotaga bog‘liq bo‘lgan amplitudali kuchlanishli o‘zgartirgich chiqish kuchlanishini keng – impulsli modullashtirishni amalga oshiradi (12.9 - rasmga qarang).
U=A+Bf Bu yerda A va V koeffitsientlar dasturlanadi.
Kontrollerda elektr yuritmani rostlovchi va texnologik jarayon parametrlarini ta’minlovchi PID rostlagichi dasturlangan, (masalan) suvning bosimi yoki sarfi.
Bu parametrlar bo‘yicha teskari bog‘lanish signallari nazoratchiga ARQ orqali kiritiladi.
Yuritmani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha parametrlar kontroller xotirasiga dasturlovchi qurilma yoki personal kompyuter yordamida kiritiladi.
Zarurat bo‘lganda AP – 140 o‘zgartirgichi elektryuritmaning tormozlanish rejimini ta’minlashi mumkin. Buning uchun o‘zgarmas tok zanjirida TK tranzistorli kalit va razryadli qarshilik Rtormko‘zda tutilgan. Motorning tormozlanish energiyasi filtr kondensatorida to‘planadi va unda kuchlanish ko‘payishini yuzaga keltiradi. Cfkondensatorda kuchlanish ma’lum qiymatga yetgandaTK kalit ochiladi va ortiqcha zaryad Rtormtormozlash qarshiligiga uzatiladi Rchegqarshiligi o‘zgarmas tok zanjirida o‘zgartirgichni tarmoqqa ulaganda filtr sig‘imi zaryad tokini qiymatini cheklaydi. Undan keyin Rchegqarshiligi shuntlanadi.
AP – 140 tuzilmasi quyidagi himoyalarga ega:
iste’mol bo‘yicha ortiqcha kuchlanishdan.
iste’mol kuchlanishining pasayib ketishidan.
yuklamadagi qisqa tutashuvdan.
fazaning yerga ulanib qolishidan.
-motorning qizishidan.
motorning ag‘darilishidan.
ortiqcha yuklanishdan.
boshqarish xatoliklaridan.
Nazoratuchunsavollar.
Elektr yuritmaga qo‘yiladigan umumiy talablarni sanab bering.
Elektr yuritmaning yuklanish diagrammasi nimani anglatadi?
Ishlab chiqarish mexanizmi yuklanish diagrammasidan nimasi bilan farq qiladi?
Elektr motorning quvvati qanday ko‘rsatkichlarga asosan hisoblanadi?
Elektr motorning massasi va o‘lchamlari uning qanday nominal parametrlariga bog‘liq bo‘ladi?
Motor himoyasi sinflarini sanang va ularga mos ravishda qizish haroratini ayting.
Motorning ekvivalent toki tushunchasiga ta’rif bering.
Motorning takrorlanuvchi – qisqa vaqtli rejimi qanday parametrlar bilan xarakterli?
Rostlanadigan elektr yuritma tizimida elektr motorni ta’minlash uchun yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlar qanday parametrlar asosida tanlanadi?
Elektr yuritmani loyixalash bosqichlarini aytib bering.
Nima uchun rostlanadigan elektr yuritmalarni tanlashga va ishlatishga xarakat qilinadi?
GLOSSARIY
«Elektryuritma»atamasi- «Elektr yuritma» atamasi ishchi mashina ijrochi organini harakatga keltiruvchi elektr motor va uni boshqarishga xizmat qiluvchi boshqariluvchi o‘zgartgich, elektrik va noelektrik o‘lchov o‘zgartgichlari, vazifalovchi qurilma va mexanik uzatish qurilmasi kabi qo‘shimcha texnik qurilmalar bilan bir majmuani tashkil etgan elektrmexanik tizimni anglatadi.
Elektryuritmalarturlari- Elektr yuritmalar elektr motorlarning o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tokda ishlashiga qarab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr yuritmalarga bo‘linadi. Elektr motorlarning aylanma yoki ilgarilanma harakatlanishiga qarab elektr yuritmalar aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi xillarga ajratiladi.
Elektr yuritmalardagi elektr motorlarning soniga ko‘ra elektr yuritmalar individual va ko‘p motorli turlarga bo‘linadi. Ishchi mexanizm yoki mashinaning har bir ijrochi organini alohida elektr yuritmalar harakatga keltirsa, bunday elektr yuritma individual elektr yuritmalar deb ataladi. Agar ishchi mexanizm yoki mashinaning bir nechta ijrochi organlari bir necha elektr motorlar vositasida harakatga keltirilsa, u holda bunday elektr yuritmalar ko‘p motorli elektr yuritmalar deyiladi. Bir necha elektr motorlarning vallari ishchi mexanizm ijrochi organi bilan mexanik bog‘langan holda uni harakatga keltirishga xizmat qilsa, ular elektr yuritmalarning mexanik val deb ataluvchi turini hosil qiladi. Elektr zanjirlari o‘zaro bog‘langan bir nechta elektr motorlardan iborat elektr yuritmalar elektr val deyiladi.
Elektr motorlarning tezligi rostlanishi yoki rostlanmasligiga qarab elektr yuritmalar tezligi rostlanadigan va tezligi rostlanmaydigan turlarga bo‘linadi.