Qisqa vaqtli ish rejimi S2.
Yuklama quvvati (moment)va motor ishlash vaqti aniqlanadi. Agar ishlash jarayonida yuklama o‘zgarsa, unda ekvivalent quvvat (moment) aniqlanadi.
Elektrmotorlarning ba’zi bir seriyalari uchun ishlash davomiyligi ma’lum vaqt bo‘lganda quvvatning cheklangan qiymati o‘rnatiladi. Har bir ishchi davr esa 10,30,60 va 90 minut qilib o‘rnatilgan. Agar ishlash vaqti tr standartga mos kelmasa, motorni bundan kattaroq vaqt belgilangan turi bo‘yicha tanlanadi. Bunda motorni albatda ortiqcha yuklanish qobiliyatiga tekshirish shart.
Agar motor uzluksiz ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lsa uni qisqa vaqtli rejimda ishlatishda ortiqcha yuklantirish mumkin. Ortiqcha yuklashning miqdoriy taxlili uchun mexanik zo‘riqish koeffitsienti Pm – qo‘llaniladi. Bu koeffitsient motor qisqa vaqt rejimidagi quvvatning uzluksiz rejimdagi nominal quvvatga nisbati bilan aniqlanadi.
Pm = ,
Bu yerda a= K/Vnom – doimiy yo‘qotishlarning motor nominal o‘zgaruvchan yo‘qotishlarga nisbati.
Agar bu nisbat ≤ 0,35 bo‘lsa, motor faqat zo‘riqish qobiliyatiga tekshiriladi. Takroriy – qisqa vaqtli rejim.
Quvvat (moment), ish vaqti, sikldagi har bir operatsiya orasidagi to‘xtalish aniqlanadi.
Yuklanish diagrammasi va taxogramma quriladi.
Agar yuklama o‘zgaruvchan bo‘lsa, ekvivalent moment yoki tok aniqlanadi.
Yurgazish davomiyligi ПВ hisoblanadi
ПВr = ; (12.9)
Bu yerda - ish vaqtlari va to‘xtalish vaqtlari.
Agar ПВish = ПВst. bo‘lsa, unda standart ПВ% ga mos keladigan elektr motori Зn.mot>KяRe.mot shart bo‘yicha aniqlanadi.
Agar hisobiy ПВ standart qiymatga mos kelmasa, unda ekvivalent quvvat standart qiymatga quyidagi formula bilan keltiriladi
Pe.st = Pe.ish. , (12.10)
– masala. Elektr yuritma takroriy qisqa vaqtli rejimda ishlaydi. Ish davri 2,5 minut, valdagi moment 30 Nm, valning aylanish tezligi 700 ayl/min, to‘xtash vaqti 5 minut. Bunday shartlar bo‘yicha kran – metallurgiya tipidagi asinxron elektr motori tanlansin.
Yechimi:
Yurgazish davomiyligi
ПВ =
Valdagi quvvat
P = M ∙ ω =300
Quvvatning real qiymatini standart qiymatga keltiramiz ПВst = 25%
P st = P
Masala shartlarini MTKV – 51108 rusumli motor qanoatlantiradi. Uning nominal quvvati ПВ = 25% da Pn = 28 kWt.
Rostlanadigan elektr yuritmalar uchun motorni tanlashdan keyin yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichni tanlash masalasi turadi: TO’ – D turidagi yuritmalar uchun boshqaruvchi to‘g‘rilagich; CHO’ – AD turidagi yuritmalar uchun chastota o‘zgartirgichi. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlar odatda tok va kuchlanish bo‘yicha tanlanadi. O‘zgartirgichlarni tok bo‘yicha tanlashning mohiyati shundaki, yarim o‘tkazgichli uskunalar qizish vaqti doimiysi juda kichik bo‘ladi, natijada o‘zgartirgichlar motorning ekvivalent toki bo‘yicha emas, balki tokning maksimal qiymati bo‘yicha tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |