O‘zbеkiston rеspublikasi oliy


bir qutbli; b) ikki qutbli



Download 10,37 Mb.
bet140/179
Sana13.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#548877
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179
Bog'liq
Elektr yuritma asoslari-darslik

bir qutbli; b) ikki qutbli.




Releli boshqaruv tizimli elektr yuritma tizimining yopiq konturli funksional sxemasi 10.8 - rasmda keltirilgan.



    1. - rasm. Releli boshqaruv tizimli elektr yuritmaning yopiq konturli

funksional sxemasi


Impulsli boshqaruv tizimli elektr yuritmalarda rostlash zanjirida impulsli element bor bo‘lib, u uzluksiz signalni uzluksiz ketma – ketlikdagi aniq xarakteristikali impulslarga o‘zgartirib beradi. Elektr yuritmalar tizimlarida kengli impulsli o‘zgartirgichlar (KIO’) keng ko‘lamda ishlatiladi. Ular impulslarni aniq ketma – ketlikda, o‘zgaruvchan davomiylikda, doimiy davrda va amplitudada shakllantirib beradi.
Raqamli rostlash tizimlarida o‘zgaruvchi xaqidagi axborot raqamli kodga aylantiriladi. Hozirgi vaqtda raqamli tizimlar asosan mikroprotsessorlar ko‘rinishida yaratiladi. Ular rostlagich va axborot o‘zgartirgich tuzilmalari vazifalarini raqamli ko‘rinishda amalga oshiradi.
Chiquvchi rostlanuvchi koordinatalar bo‘yicha tasnif.


Chiquvchi rostlanuvchi koordinatalar bo‘yicha yopiq konturli rostlash tizimi quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Momentni (zo‘riqishni) rostlash tizimlari. Bu sinfga metallurgiya sanoatidagi listli prokat ishlab chiqarishda metalni tortish tizimi elektr yuritmasi yoki kimyoviy – texnologiya ishlab chiqarishida yupqa plyonkalarni tortish tizimi elektr yuritmalari misol bo‘la oladi. Ishchi organ momentini rostlash qonuniyati texnologik jarayon bilan aniqlanadi.
Tezlikni rostlash tizimlari. Ular ko‘pchilik texnologik mashinalarning elektr yuritmalarida qo‘llaniladi: metallarga ishlov beruvchi dastgoxlarda, prokat stanlarida. Tezlikni rostlash tizimi ikkita katta guruhga bo‘linadi.
Tezlikni stabillashtiruvchi tizim. Bunda har xil ta’sirlarga qaramay tezlikni bir maromida ushlanadi. Bu tizimga qog‘oz ishlab ishlab chiqaruvchi mashina elektr yuritmasi misol bo‘ladi.
Tezlikni boshqarish tizimi. Bunda ishchi organ tezligi texnologik jarayon talablariga ko‘ra yuqori aniqlikda rostlanadi. Ekskavator, ko‘tarma – transport mashinalari elektr yuritmalari bunga misol bo‘la oladi.
Ishchi organ holatini rostlash tizimi. Bu tizimlar prokat stanlarining vintlarini qotirish tizimi elektr yuritmalarida va sanoat ishlab chiqarishning
robotlashtirilgan tizimlari elektr yuritmalarida ishlatiladi. Bu tizimda ishchi organning holati texnologik jarayon talabiga ko‘ra aniq belgilanadi. Holatni rostlash yopiq konturli tizimi ikki xil turda namoyon bo‘ladi – holatlashtirish (pozitsiya) tizimi va kuzatuvchi tizim.
Holatlashtirish tizimida ishchi organning boshlang‘ich va oxirigi holatlari beriladi, ko‘chish parametrlari esa nazorat qilinmaydi.
Kuzatish tizimida ishchi organning har bir holati aniq berilib, uning xarakat traektoriyasi to‘liq nazorat qilinadi.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra tasniflanish texnologik jarayon xarakteri va xususiyatlariga qarab quriladi. Barcha yopiq konturli elektr yuritma tizimlari quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Rostlanadigan parametrlarni stabillashtirish tizimi (moment, tezlik). Bunday tizimlarning asosiy xususiyati rostlanadigan parametrlarning uzoq vaqt davomida o‘zgarmay bir xil qolishidadir. Rostlanadigan parametrlarning xaqiqiy qiymati ta’sirlar va siljishlarga qaramay o‘zgarishsiz qolishi kerak.

  2. Tezlikni rostlash tizimi, bunda tezlikning berilishi operator tomonidan amalga oshirilib, elektr yuritma tomonidan kerakli aniqlanadi qayta ishlaydi (bajariladi).

  3. Elektr yuritmaning kuzatuvchi tizimi. Bu erkin ravishda o‘zgaruvchi kirish boshqaruvchi signalli yopiq konturli holatni rostlash tizimi bo‘lib, ishchi organ tomonidan kuzatish ob’yekti xarakatini amalga oshiradi. Kuzatuvchi tizimlar nusxali – frezer dastgoxlarda, radiolokatsiya stansiyalarining navigatsiya tizimlarida ishlatiladi.

  4. Dasturli boshqaruvli tizim. Bunda texnologik jarayonni bajarishda berilgan signal va rostlanuvchi parametrlar dasturlash tuzilmasiga kiritilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi. Bunday tizimlar metall qirquvchi dastgoxlarda qo‘llaniladi.

  5. Adaptiv tizimlar (moslanuvchi). Bunday yopiq konturli rostlash tizimida elektr yuritmaning ish rejimi aniq texnologik holat va ish sharoitiga qarab avtomatik tarzda tanlanadi.

TO’ – D o‘zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash tizimlari jamlanuvchi kuchaytirgich bilan va yuritmaning bo‘ysinuvchi rostlash parametrlari bilan bajariladi.
Chastotali boshqaruvchi asinxron elektr yuritmalarni rostlash tizimlari rostlash prinsipiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:




  • chastota – tokli boshqarish tizimi;




  • vektorli boshqarish tizimi.




Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish