tezliksinxron tezlikdan kam bo‘lgandagi generatorlitormozlanishrejimi.
tezligisinxron tezlikdan yuqoribo‘lgandagi harakat rejimi.
Generatorli tormozlanish rejimida energiya oqimining yo‘nalishi (tezligi sinxron tezlikdan past bo‘lganda) 6.16 - rasmda ko‘rsatilgan harakat rejimidagi yo‘nalishga teskari yo‘nalishda bo‘ladi.
Ko‘rilayotgan misolda tormozlanish quvvati Pmexelektrmagnit quvvatini Pem, hosil qilish uchun etarli bo‘lmaydi. Shuning uchun tarmoqdan transformator va rotor o‘zgartirgichi orqali yetishmovchi, sirpanishga proporsional bo‘lgan
quvvat Ps=Mω0·solinadi va motor rotoriga yo‘naltiriladi. Valdan keladigan mexanik quvvat va sirpanish quvvati yig‘indisi iste’mol tarmog‘iga rekuperatsiya qilinadigan elektromagnit quvvatni tashkil qiladi.
Pmex+Ps=Mω=Pem. Tarmoqqa beriladigan quvvat stator zanjiri bo‘yicha beriladigan quvvat bilan transformator tomonidan olinadigan quvvatning farqiga teng bo‘ladi.
Pber.=Prek–Ptr. Tezligi sinxron tezlikdan yuqori bo‘lganda harakat rejimidagi motorning rotor zanjiriga tarmoqdan, transformator tarafidan olinadigan sirpanish quvvati qo‘shiladi. Bu quvvatlarning yig‘indisi motor validagi mexanik quvvatga aylanadi va tezligi sinxron tezlikdan yuqori bo‘lganda motorning M momenti bilan ishlashini ta’minlaydi.
Pistem.st+Pistem.tr– (ΔP1+ΔProt)=Mω0(1+|s|)=Pmex. Bu holatda sirpanish manfiy qiymatga ega bo‘lishiga qaramay motorda xarakat momenti vujudga keladi.
Har ikkala ish rejimlarida ham chastota o‘zgartirgichi shunday ishlaydiki, unda energiya transformatordan motor rotoriga tushadi, ya’ni motor ham stator tarafdan ham rotor tarafdan ta’minlanadi.
E.YU.K. ning va rotor tokining chastotasi f2motor sirpanishi bilan aniqlanganligi uchun f2=f1·s rotor zanjiriga kiritiladigan E.YU.K. Uqosh,chastotasi ham rotor E.YU.K. chastotasi bilan mos tushishi kerak va motor sirpanishi o‘zgarishi bilan o‘zgarishi kerak.
Tezlikni rostlashning maksimal diapazoni sinxron tezlikdan pastga va yuqoriga qiymati ikki parametr bilan aniqlanadi - f2chastotaning maksimal
iloji bor qiymati bilan va rotor zanjirini ta’minlash uchun xizmat qiladigan Uqosh.maksmaksimal kuchlanish qiymati bilan. Shunda tezlikni rostlashning maksimal diapazoni quyidagiga teng bo‘ladi.
D = .
Maksimal sirpanishning absalyut qiymati esa
| | = .
Bevosita bog‘langan chastota o‘zgartirgichi odatda 20 Gs atrofidagi chastotani rostlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi (tarmoq chastotasi 50 Gs). Bunga mos keladigan maksimal sirpanish | | = 0,4 bo‘ladi, shunga ko‘ra ikki ta’minotli motor tezligini rostlash maksimal diapazoni quyidagicha bo‘ladi:
D=1,4ω0/ 0,6ω0≈2,3 :1. Ikki ta’minotli motor sxemasida tezlikni qo‘shimcha E.YU.K.ning nisbiy qiymati ε = Uqosh / ni ishorasi va kattaligini o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Bunda o‘zgartirgich chiqishidagi chastota avtomatik tarzda rotor tokining chastotasiga tenglashtirib turiladi. ε = 0,2 bo‘lgandagi ikki ta’minotli motorning mexanik xarakteristikalari 6.22 - rasmda keltirilgan. Ishchi tezlikning minimal qiymatigacha motorni yurgazish ventilli kaskad sxemasidagi kabi amalga oshiriladi. (6.19 - rasmga qarang).