- rasm. Asinxron motor rotor zanjirining vektor diagrammasi sirpanish katta bo‘lganda; b) sirpanish kichik bo‘lganda.
Demak, agar motor nominal sirpanishi S=2% bo‘lsa, yurgazish parametrlariga kora rotor toki chastotasi 50 barobar kamayib ketadi, mos ravishda rotorning induktiv qarshiligi ham kamayadi. Shuning uchun motor rotori E.Yu.K.i ham 50 barobar kamayishiga qaramay, uning qiymati rotorda nominal tok hosil qilish uchun yetarli bo‘ladi. Bu esa motorda nominal moment hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Shunday qilib, asinxron motor mexanik xarakteristikalarining o‘ziga hosligi rotor induktiv qarshiligining sirpanishga bog’liqligi bilan aniqlanadi.
3.2.3 Faza rotorli asinxron motorni yurgazish
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib shuni aytish kerakki faza rotorli motorni yurgazish uchun yurgazish tokini kamaytirish va yurgazish momentini oshirish choralarini korish kerak bo‘ladi. Shu maqsadda rotor zanjiriga qo‘shimcha aktiv qarshilik kiritiladi.(3.24;3.26) formulalardan aktiv qarshilik kiritish motor maksimal momentini o‘zgartirmaydi, faqatgina kritik sirpanish qiymatini o‘zgartiradi:
bunda R’
(3.32)
rotor zanjiridagi qo‘shimcha qarshilikning statorga keltirilgan
2q
qiymati.
Qo‘shimcha aktiv qarshilikni kiritish rotor zanjirining toliq qarshiligini oshiradi. Natijada yurgazish toki kamayadi va rotor zanjirining cos φ2 si ortadi. Bularning natijasida esa rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi ortadi va motorning yurgazish momenti oshishiga olib keladi.
Odatda motor rotori zanjiriga sektsiyalangan qarshilik kiritiladi. Bu qarshilikning pog‘onalari esa yurgazish kontaktori bilan muvofiqlashtiriladi. Reostatli yurgazish xarakteristikalarini (3.30) formula orqali hisoblash mumkin. Bunda Sk qiymati va yurgazish qarshiligining xar bir pog‘onasiga to‘g‘ri keladigan R2.kosh inobatga olinadi. Qo‘shimcha qarshiliklarni ulash sxemasi hamda ularga mos keladigan reostatli mexanik xarakteristikalari 3.8 - rasmda ko‘rsatilgan. Mexanik xarakteristikalar motor ideal erkin ishlaganda uchrashish nuqtasiga ega, bu esa stator elektromagnit maydoni aylanish tezligi 0 ga teng. Xarakteristika ishchi qismining bikirligi rotor zanjiri umumiy aktiv qarshiligi r2 +Rqosh oshib borishi bilan kamayadi. Motorni yurgazishda avval to‘liq qo‘shimcha qarshilik kiritiladi. Motor momenti MII qarshilik momenti Mq ga yaqinlashgandagi qarshiligining bir qismi K1 kontaktori bilan uziladi va motor Rλqosh.qo‘shimcha qarshilik kattaligidagi xarakteristikaga otadi. Bunda motor momenti M1qiymatgacha oshadi. Motor keyingi tezlanishi bilan birga K2 kontaktor bilan yurgazish qarshiligining ikkinchi pog‘onasi tutashtiriladi. K3 kontaktorining kontaktalari ulanganda motor tabiiy xarakteristikaga o‘tadi va 1 nuqtaga tegishli tezlik bilan ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |