mashq. O‘qing. Gaplarni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘ginlarga ajratib, bo‘ginlarning turi va tuzilishini ayting.
1. Murotali uning so‘zlarini chidam bilan tinglab, uncha ham ishonmaganday boshlarini chayqardi. (Sh.R.) 2. Ayvonda bosma gulli bo‘z ko‘rpa yopilgan pastakkina tanchada qizlar o‘tirardi. (O.) 3. To‘g‘ri, o‘tgan kuni saharda rasadxonaga kirib kelgan ustod bu to‘g‘rida so‘z ochmadi. (O.Y.) 4. Salohdor fonusni baland ko‘targancha ro‘paradagi eshikni ochib unga yo‘l berdi. (O.Y.) 5. Ummatali boshqa gap so‘ramadi. Ishini bitkazib egarga mindi-yu, xayr ham demay jo‘nab ketdi. (S.A.) 6. – Ishing bo‘lmasa kitob o‘qi, husnixat ol: sen kulolning qizi emassanki... (A.Qod.)
Do'stlaringiz bilan baham: |