mashq. Gaplarni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlardagi undosh tovushlarni tahlil qiling.
Namuna: d- undosh tovush; hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra til; til oldi undoshi; hosil bo‘lish usuliga ko‘ra portlovchi; sof portlovchi undosh; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra shovqinli; jarangli undosh tovush.
1. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. (I.Karimov.) 2.Bu gaplarning barini Hafiza xomush va oqilona tinglardi. (Mirm.) 3. Atrofi ko‘k panjaralar bilan o‘ralgan ulkan bog‘ darvozasidan kiraverishda uch qavatli shinam bino savlat to‘kib turibdi. (J.Abd.) 4. Yo‘lchi qishloqdan keltirgan xaltasini kampirga uzatdi. (O.) 5. Dard davosi bilan tarqaladi. (maqol.)
Do'stlaringiz bilan baham: |