mashq. O‘qing. Yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan ravishlarni topib, qaysi turkumdan yasalganini aniqlang.
N a m u n a : otalarcha – ot turkumidan yasalgan.
1. Demak, shohga ma’qullari durust aqcha olganlar, qolganlari kamroq yoki butunlay olmaganlar. (T.Malik) 2. Ularning nima deyayotganlarini bilayotgandek, gunohkorlarcha bosh egib ko‘zlarini yerdan uzmay turaverardi. (S.A.) 3. Men qaytara olmadim, - dedi Abror va kinoyaomuz jilmaydi. (P.Q.) 4. Lekin bugun Rahmonov ochiq gapirgani durust bo‘ldi, men ham ochiqchasiga olishdim. (P.Q.)
5. Sen ham yigitchasiga gapirgin-da, axir! (P.Q.) 6. .-Mayli, ertaga boshqa qilib berarsiz, -dedi Obid aka. (O‘.U.) 7.Yoshlik endigina qanot chiqargan uchirma qushga o‘xshaydi. (O‘.U.) 8. .-Siz bugun- erta mehmonsiz, cho‘chimang. (O‘.U.) 9.Ertasiga ertalab Usmon aka bilan uchrashdim. (O‘.U.) 10.Bir mahal bunday qarasam, ancha joyga borib qolibman. (O‘.U.)
Do'stlaringiz bilan baham: |