O’zbekiston respublikasi oliy


Musiqa ta’limi va tarbiyasida tizimlilik, ilmiylik va davomiylik printsipi



Download 152,79 Kb.
bet9/29
Sana31.12.2021
Hajmi152,79 Kb.
#224650
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
boshlangich sinf musiqa darslarida ikki ovozli qoshiqlarni kuylash orqali oquvchilar nafosatini shakllantirish

Musiqa ta’limi va tarbiyasida tizimlilik, ilmiylik va davomiylik printsipi.


Musiqa ta’limi va tarbiyasida tizimlilik, ilmiylik va davomiylik printsipi har bir mashg’ulotlarda o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doyrasi, musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy omilidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqiy tajribalar o’z aksini topgan.

Ularni o’zlashtirish – musiqa amaliyoti yo’lida bilim va ko’nikmalar hosil qilish demakdir. Mashg’ulotlar (darslar) jarayonida o’quv materiallarini bolalarning bilim tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to’g’ri o’rgatish,asoslarini bolalarning fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish mashg’ulotlarining ilmiylik printsiplarini tashkil etadi. Ilmiylikni, tizimliliksiz amalga oshirish qiyin. Mashg’ulot (dars) larning barcha o’quv faoliyatini hamda keyingi mashg’ulot (dars) larning o’zaro mantiqiy bog’lanishi tizimlilik asosini tashkil etadi. Kuylash va tinglash uchun asarlarni bilim va malaka darajasiga ko’tarib, soddadan murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o’zlashtirib borish printsiplari muayyan tartibga mos bo’lib, tizimlilik demakdir. Mashg’ulotlarning har bir faoliyati o’z navbatida,

har bir mashg’ulot, darslarning mantiqiy davomi bo’lib, pedagogik maqsadlarni tobora amalga oshirishi davomiylik printsipi demakdir.

Musiqa darslarida musiqiy bilimlarni o’zlashtirish mukammal o’ylangan va asoslangan tizim bo’yicha o’tilishi o’ta muhim ahamiyatga ega. Beriladigan bilimlar soddadan murakkabga qarab yo’naltirilgan bo’lmog’i darkor. Ushbu printsipning buzilishi bolalarning o’quv materialini o’zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ularning musiqa madaniyati mashg’ulot (dars)lariga bo’lgan qiziqishlarini so’ndiradi. Musiqiy bilimlarni tushuntirishda musiqa rahbari (o’qituvchisi), avvalo, o’tilgan mavzularga tayanmog’i lozim.

Musiqa savodi, jumladan, musiqiy bilimlarni o’zlashtirish jarayonida beriladigan bilimlar aniq tizimga solingan bo’lmog’i kerak. Yangi tushuncha va bilimlar avval o’zlashtirilgan bilimlarga asoslangan bo’lishi, asta-sekin kengaytirilib va chuqurlashtirib borilishi lozim.

« ... oddiydan murakkabga va chuqurroqqa qarab borgan holda o’z didimizni mumtoz musiqaning eng yaxshi namunalari, zamonaviy kompozitorlarning eng yaxshi asarlari asosida tarbiyalashimiz kerak» (D. Shostakovich).

“Musiqa madaniyati” darslarini tizimlilikka asoslangan holda tashkil etish, musiqiy bilimlarni o’zlashtirish va ko’nikma-malakalarni shakllantirish jarayonida bolalarda o’zlariga ishonch paydo qiladi, ruhlarini ko’taradi va musiqa mashg’ulotlarlariga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi.

Tizimlilik buzilsa, bolalar tez charchaydilar, mashg’ulotlarga nisbatan diqqat va qiziqishlari bo’shashib boradi, mashg’ulotlar materialini o’zlashtirish pasayib ketadi.

Ta’limda izchillikka rioya qilish lozim, toki bugun olingan bilimlar kechagisini mustahkamlasin, ertaga o’rganiladiganiga zamin yaratsin. Shu ma’noda barcha sinflarda musiqiy bilimlarni berish tizimi (mazmuni)ning tahlil qilish hamda uni tartibga solish katta ahamiyatga ega.


  1. Download 152,79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish