Sig’ishadigan tushunchalar munosabati:
Sig’ishadigan tushunchalar munosabati moslik, qisman moslik va bo’ysinish (subordinarsiya) munosabatlariga bo’linadi. Moslik munosabatlaridagi bitta predmet va predmetlar sinfini aks ettiruvchi tushunchalar bo’lib ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. Masaln: “O’zbekiston poytaxti” va “Toshkent” shahri tushunchalari o’rtasidagi munosabat xuddi shunday.
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarnin g hajmi qisman umumiylikga ega bo’ladi. Masalan: “O’qituvchi” va “Professor” tushunchalari o’rtasidagi munosabat.
Bo’ysunish munosabatidagi tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to’liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan: “o’simlik” va “daraxt” o’rtasidagi munosabat.
Do'stlaringiz bilan baham: |