Fond birjasi - qimmatbaxo qog‘ozlarning sotuvchisi va xaridori biri birini topadigan joydir. U qimmatbaxo qog‘ozlar bozorining asosiy elementi xisoblanadi, uni ko‘pincha jun qilib "fond bozori" deb xam ata- shadi.
Birja - uyushgan bozor. SHunday qiyoslash qilish mumkin. Odamga, masalan, sabzavot bilan meva kerak. Ularni uyning yaqinginasida, aytish mumkinki, pirtovoldanoq sotib olish mumkin. Ammo odam, albatta, bozorga otlanadi. Birinchidan, bozorda sotuvchilar ancha ko‘p, demak, tanlab olish imkoniyati keng. Ikkinchidan, bozorlar qoshida maxsus xizmatlar bo‘lib, tovarning sifati tekshirib turiladi. Qimmatbaxo qog‘ozlar bozorida xam shunday. Har bir kishi aktsiyalarni birjadan tashqarida, "ko‘chada" sotish yoki sotib olishi mumkin. Biroq bu ish fond birjasida qilingani xam foydaliroq xam xavfsizrok.
Eng muximi esa - birjada eng yaxshi qimmatbaxo qog‘ozlar sotiladi.
Qimmatbaho qog‘oz sifatini tekshirish uchun birjada ekspert komissiyasi ishlab turadi. Muayyan usullar bilan u mazkur qimmatbaxo qog‘oz qo‘yilishi mumkinmi -yo‘q mi ekanligini xal qiladi.
Butun jaxonda fakat moliyaviy axvoli muqim, rivojlanish istiqbollari yaxshi tuzilmalarning qimmatbaxo qog‘ozlarigina birjaga bemalol kira oladi.
Aktsiyalarini fond birjasiga sotuvga qo‘yish kompaniyaning yuksak nufuzidan darak beradi, uning uchun eng yaxshi reklama bo‘lib xizmat qiladi.
Bitishuvlarning o‘rtacha narxidan birjada qimmatbaxo qog‘ozlarning narxi kelib chiqadi. Haridorlar va sotuvchilarning ayrim qimmatbaxo qog‘ozlarga munosabatini qayd qilar ekan, birja ayrim korxonalar va umu-man, butun iqtisodiyot moliyaviy salomatligining axvolini bamisoli barometr kabi oydinlashtirib ko‘rsatadi. Hukumat, korxonalarning raxbarlari, axoli o‘z xo‘jalik va moliyaviy strategiyalarini birja axboroti asosida yuritadilar.
Fond birjasi Uzbekiston qimmatbaxo qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojida aloxida tashkilotchilik rolini o‘ynaydi.
Bozor iqtisodiyoti yuz yillardan buyon amal qilib kelayotgan mamla- katlarda fond birjasi qimmatbaxo qog‘ozlarning stixiyali bozordan o‘sib chiqib, uning tashkil etilishi va yanada rivojlanishini tezlashtiruvchi bir omilga aylandi.
Bizning respublikamizda qimmatbaxo qog‘ozlar bozori davlat tashabbusi va uning qo‘llab-quvvatlashi bilan tashkil etilmoqda. Davlat korxonalari negizida ochiq turdagi xissadorlik jamiyatlari tashkil etilmoqdaki, ularning aktsiyalari erkin savdoga chiqishi kerak. SHu maqsadlarda Respublikafond birjasi tashkil etildi. U:
O‘zbekistan Respublikasi va boshqa davlatlar xissadorlik jamiyatlarining aktsiyalari;
davlatning qarz majburiyatlari;
egalarining yuqorida sanab o‘tilgan kadriyatlarni sotib olish xuquqini tasdiqdovchi optsion sertifikatlar va qimmatbaxo boshqa hosila qog‘ozlar;
depozit va omonat sertifikatlar, veksellar;
ipotekalar;
kredit resurslari;
boshka kredit-moliya instrumentlari bilan savdo qilish xuquqiga eta.
Fond birjasi quyidagi vazifayaarni xal qilali:
qimmatbaxo qog‘ozlar bilan erkin savdo qilish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi:
o‘z ahzolarini savdo binolari, axborotlar bilan tahminlaydi, professional vositachilik faoliyatiga ko‘maklashadi.
listing marosimini o‘tgan qimmatbaxo qog‘ozlarning kotirovkasini amalga oshiradi;
savdo faoliyati jarayonida birja ahzolari orasida kelib chiqadigan baxslarni xal etishta ko‘maklashadi;
* qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalarini olib borish bilan shuqullanuvchi mutaxassislar malakalarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
* birja oldi-sotdisi usullari va texpologiyalarini, shu jumladan, elektron texnologiyalarni takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yarata- di;
* bozor infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
*o‘zining qimmatbaxo qog‘ozlar bilan bevosita muomala qiluvchi ahzolari va mutaxassislariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning xuquqlari va majburiyatlarini belgilandi;
* yangi ahzolar qabul qilish va aьzolikdan chiqarishni amalga oshi- radi;
*birja ahzolarining savdo sessiyalaridagi vakillari xisoblangan brokerlar, dilerlar va boshqa mutaxassislarni ro‘yxatga oladi;
* savdo-sotiqni amalga oshirish uchun birja yig‘ilishlarini tashkil etadi, birja savdosi qoidalarini ishlab chiqadi va chop etadi;
* bitishuvlarni olib borish, qimmatbaxo qog‘ozlar bozori ishtirokchila- rinint savdo extiyojini aniqlash va qondirish uchun ixtisoslashgan sektsiyalar tashkil etadi:
* birjada qimmatbaxo qog‘ozlarni muomalaga qo‘yish va chiqarish qoidalarini ishlab chiqadi;
*qimmatbaxo qog‘ozlarni kotirovkalashga qo‘yish qoidalarini ishlab chiqadi, shuningdek, listing va delisting marosimini o‘tkazadi:
*birja savdosi extiyojlari bilan belgilanuvchi birja bo‘linmalari va boshka tuzilmalarini tashkil etadi.
* kotirovalar, ekspert va statistik komissiyalar, ro‘yxatga olish byurolari va birja savdosi extiyojari uchuy zarur boshqa uzilmani tahsis etish.
Tovar birjasi. Tovar birjasi birja savdosini tashkil etish va tartibga solish yo‘li bilan ulgurji bozorni shakllantiruvchi bozor iqtisodiyotining klassik muassasasidir.
Muayyan joyda va belgilangan vaktda o‘tkaziladigan oshkora ommaviy oddi-sotdi vaktida tovar bitishuvlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish tovar birjasi faoliyatining asosiy mazmunidir.
Birja xuquqiy shaxs xuquqlari bo‘lgan tashkilot sifatida oldi-sotdi bitishuvlarida bir tomon bo‘lib qatnashmaydi, yahni savdo-vositachilik fao- liyatini amalga oshirmaydi. Tovar birjasining asosiy vazifasi doimiy ish olib boruvchi tovar bozorini tashkil etish va birja oldi-sotdisi qatnashchilariga vositachilik, axborot va boshka xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat.
Bozor muhiti, korxonalarning mustaqilligi, birja tovarlarining yetarli darajadagi to‘la bozori, sotuvchilar, xaridorlar va vositachilarning cheklanmagan miqdori xo‘jalik birliklarining raqobatga moyilligi, pul tizimining barkarorligi, rivojlangan infratuzilma sharoitidagina tovar birjasi bir maromda ish olib borishi mumkin buladi. Birja mexanizmi muayyan qoidalarga bo‘ysunuvchi ochiq bozor, narx-navo erkinligi, erkin savdoni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |