O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining



Download 327,39 Kb.
bet6/6
Sana24.01.2022
Hajmi327,39 Kb.
#407940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SQ-425-II 10.04.2014

2013-yil

2012-yil

2011-yil

2010-yil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi







9

Andijon viloyati

85

113

122

115

Buxoroviloyati

26

22

19

20

Jizzaxviloyati

45

39

48

41

Qashqadaryo viloyati

81

91

99

87

Navoiyviloyati

43

42

13

64

Namangan viloyati

21

29

16

40

Samarqandviloyati

192

104

42

84

Sirdaryoviloyati

32

39

50

50

Surxondaryoviloyati

56

34

44

22

Toshkentviloyati

16





25

Farg‘ona viloyati

120

133

22

26

Xorazmviloyati

26

35

25

64

Toshkentshahri

236

214

249

241

Jami murojaatlar

979

895

749

888

Ombudsmanning Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakiliga fuqarolardan tushgan 236 ta murojaatni tahlil qilish shundan dalolat beradiki, ularning asosiy qismi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning qarorlari (36), kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari (17), jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning qarorlari (12), huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining (13), korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining xatti-harakatlari (10) bilan bog‘liqdir.

98 ta shikoyat Ombudsman mintaqaviy vakilining nazoratiga olindi. Davlat organlari bilan hamkorlik qilish natijasida 20 ta murojaat bo‘yicha fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga muvaffaq bo‘lindi, 65 ta murojaat bo‘yicha esa tegishli tushuntirishlar berildi.

Ombudsmanning Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakiliga fuqarolardan 192 ta murojaat kelib tushdi. Bu murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning aksariyat qismi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, xususan pensiyalarning noto‘g‘ri hisoblanayotganligi (9), kommunal xizmatlar ko‘rsatish (10) bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlarning buzilishiga oiddir.

Mintaqaviy vakil tomonidan 2013-yil davomida 95 marotaba shaxsiy qabul o‘tkazilib, ularda 102 nafar fuqaro qabul qilindi. Ularning shikoyatlari hal qilish uchun tegishli idoralarga yuborildi, qolgan fuqarolarga murojaatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ombudsmanning Farg‘ona viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakiliga fuqarolardan 120 ta murojaat kelib tushdi.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni atroflicha o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlari (4), uy-joy muammolari (20), hokimiyat organlari xodimlarining xatti-harakatlari (18) va ta’lim olishga doir huquqlarning buzilishi (19) fuqarolar noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.

Joylarda fuqarolar bilan ishlashda ortiqcha ovoragarchilik holatlari hamon uchramoqda. Bu esa o‘z navbatida mahalliy davlat hokimiyati organlari ayrim rahbar xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha xatti-harakatlariga nisbatan norozilik bildirib murojaat qilayotgan fuqarolarning arizalarida o‘z aksini topmoqda.

Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi 341-II-sonli Qarorini qo‘llanish tartibi haqidagi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2012-yil 11-dekabrdagi 12/2-146-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida amnistiya aktini qo‘llanishga oid jamoatchilik nazoratini ta’minlash, amnistiya akti asosida jazodan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy ko‘nikmasi va himoyasiga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etdilar. Bu Ombudsmanning mintaqaviy vakillari obro‘si oshayotganligidan, shuningdek ularga nisbatan aholi va davlat organlarining ishonchi darajasi ortganligidan dalolat berib turibdi.

Shu o‘rinda Ombudsmanning Surxondaryo viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili A.A. Ahmedov 2012-yil 19-dekabrda viloyatning turli darajadagi Kengashlari deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari qatnashgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi 341-II-sonli Qarorining qo‘llanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha guruh rahbari etib tayinlanligini ta’kidlab o‘tish joiz.

2013-yilning yanvar oyida Ombudsmanning Surxondaryo viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili A.A. Ahmedov Termiz shahridagi UYa-64/8-tergov hibsxonasidagi 5 nafar, Sherobod tumanidagi UYa-64/83-manzil koloniyasida jazoni o‘tayotgan 13 nafar mahkumning shaxsiy ishlarini o‘rganib chiqib, ular bilan yakka tartibda uchrashuv va suhbatlar tashkil etdi.

Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybdor topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan J.X. bilan suhbat o‘tkazildi, J.X. o‘ziga tayinlangan jazoning 7 yilini o‘taganligi, qaramog‘ida 4 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi inobatga olinib, u amnistiya to‘g‘risidagi qarorga asosan jazodan ozod etildi.

Amnistiya aktining adolatli qo‘llanilishi maqsadida Jizzax viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakil O. Do‘smatov tarkibida tuman shahar va viloyat Kengashlari deputatlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faollari bo‘lgan ishchi guruh hamda mintaqaviy komissiya tarkibida ishtirok etdi. Natijada jazoni ijro etish muassasalaridan 116 nafar, tergov hibsxonalaridan 152 nafar, jazoni ijro etish inspeksiyalari hisobida turgan 658 nafar, jami 926 nafar shaxs jazodan ozod etilgan.

Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilinganlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi va ularni ishga joylashtirish, mehnat yarmarkalariga jalb etish, ularning oilalariga ijtimoiy yordam berish choralari ko‘rilib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha doimiy monitoring yo‘lga qo‘yildi.

Ombudsman mintaqaviy vakillarining faoliyatida sud majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish, arizachilar bilan joylarda uchrashuvlar o‘tkazish, muayyan murojaatlar bo‘yicha jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrif buyurish kabi ish shakllari paydo bo‘ldi. Masalan, hisobot davrida Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili M.T. Normurodov viloyat hokimligi va viloyat IIBning inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash bo‘limi vakillari bilan birgalikda Koson tumanidagi 51-sonli jazoni ijro etish muassasasida bo‘ldi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIEBB 2012-yil 18-apreldagi 16-sonli Farmoyishi talablaridan kelib chiqib, muassasaning shaxsiy tarkibi va jazoni o‘tayotgan mahkumlar bilan ular tomonidan berilgan ariza va shikoyatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda salbiy holatlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorning ijrosini nazorat qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-iyulda qabul qilgan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-911-sonli Qarori, shuningdek ular asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar ijrosi bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Ombudsmanning Xorazm viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili B. Matyoqubov viloyat adliya boshqarmasi vakillari bilan birgalikda joylarda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda ishlash, davolanish va boshqa maqsadlarda chet davlatlarga ketayotgan fuqarolarga axborot-maslahat va huquqiy yordam berish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazdi, davra suhbatlarida ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Hisobot davrida Ombudsmanning Navoiy viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili M. Hakimov odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha viloyat idoralararo komissiyasi a’zolari bilan hamkorlikda 2013-yilning 15-mart, 2-aprel va 6-iyun kunlari Navoiy davlat konchilik institutida hamda “Yoshlar markazi”da “Ogohlik va hushyorlik — barchamizning burchimiz”, “Odam savdosi, diniy ekstremizm, mafkuraviy tahdid, missionerlik hamda ularga qarshi kurash choralari”, “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam beraylik” mavzularida o‘tkazilib, Navoiy televideniyasi orqali ko‘rsatilgan davra suhbatlari va turkum o‘quv seminarlarida ishtirok etdi.

Ombudsmanning Jizzax viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili tomonidan Jizzax viloyati hamda tumanlarning odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda odam savdosiga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Jizzax viloyati hududiy idoralararo komissiyasining a’zolari, mas’ul kotibi va ishchi guruh uchun viloyat ma’naviyat targ‘ibot markazi binosidan alohida xona ajratilib, zarur jihozlar va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Xuddi shuningdek tuman hokimliklarida ham tegishli idoralararo komissiyalar faoliyati uchun alohida xonalar ajratilib, barchaga zarur sharoitlar yaratilgan. Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Jizzax viloyati hududiy idoralararo komissiyasi tomonidan joriy yilda 6 ta kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, qabul qilingan qarorlar ijrosi ta’minlangan. Bundan tashqari, 2013-yil fevral oyida viloyat idoralararo komissiyasi raisi va viloyat prokurori ishtirokida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor yig‘ilishlar o‘tkazilgan.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratdilar, bunday hamkorlik doirasida mahalliy televideniye va radio orqali, mahalliy matbuotda (“Andijonnoma”, “Xalq irodasi”, “Toshkent oqshomi”, “Vecherniy Tashkent”, “Farg‘ona haqiqati”, “Xorazm haqiqati” va hokazo) doimiy ravishda fuqarolar huquqlarini himoya qilishga doir faoliyatga bag‘ishlangan chiqishlar tashkil etib borildi. Shuningdek Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan ham keng foydalanildi.

Ombudsman institutining faoliyati haqidagi materiallar Ombudsman mintaqaviy vakillarining faol ko‘magida viloyat, tuman va shahar matbuotida, ko‘p tirajli va idoraviy bosma nashrlarda muntazam ravishda berib boriladigan bo‘ldi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o‘z faoliyatida mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari hamda xodimlarining, umuman aholining huquqiy bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor beradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi arafasida “Toshkent oqshomi” gazetasining 2013-yil 3-dekabr sonida Ombudsmanning Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakili Sh. Muhamedjanovning “Inson huquqlari va erkinliklari — oliy qadriyat” nomli maqolasi chop etildi.

Huquqiy ma’rifat bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida Ombudsmanning Andijon viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili A. Abdullayev “Andijanskaya pravda” gazetasining 2013-yil 31-may sonida “Prava rebenka pod zaщitoy zakona” sarlavhali maqolasini chop ettirdi. Viloyat adliya boshqarmasi, viloyat advokatlar palatasi, viloyat IIBning inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash bo‘limi, viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari birlashmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yilligi arafasida 2013-yil 17-avgust kuni va 14-sentabr kuni “Inson huquqlari — qonun himoyasida” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazdi. Tadbirlar televideniye orqali va gazetalarda yoritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq joylarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

Jumladan, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar va tuman hokimliklarida, boshqarmalarda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sudlarda Toshkent shahar hokimining 2013-yil 27-apreldagi ko‘rsatmasi asosida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi, ushbu ishchi guruh 2013-yilning ikkinchi choragida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yunusobod tumanlaridagi fuqarolik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sud organlarida, ichki ishlar boshqarmalarida, tuman hokimliklari bo‘limlarida fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borilishini tanlov yo‘li bilan monitoring o‘tkazdi.

2013-yil 24-aprelda Samarqand viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan ishchi guruh Ombudsmanning Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili hamda viloyat hokimligi xodimlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar organlari, kasaba uyushmalari va fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining hududiy birlashmalari bilan hamkorlikda Samarqand shahar hamda Samarqand, Paxtachi, Pastdarg‘om tumanlari hokimliklari, viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, viloyat “Elektr tarmoqlari” korxonasi, pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamda shahar “Elektr tarmoqlari” korxonasi va tashkilotlarida “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini hamda unda belgilab qo‘yilgan qoidalarga rioya etilishi holatini o‘rganib chiqdi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikda faol ishtirok etmoqda. Bunday hamkorlik xorijda o‘tkazilgan konferensiyalar, seminarlar, treninglarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish, shuningdek xorijiy sheriklar hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan mamlakatimiz mintaqalarida uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etish shaklida amalga oshirildi. Mintaqaviy vakillar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan tashkil etilgan inson huquqlari masalalariga doir seminarlar va tadbirlarda ishtirok etib, xorijiy ombudsmanlarning ish tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Shuni ta’kidlash kerakki, Ombudsmanning mintaqaviy vakillarini ta’sis etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi oson kechayotgani yo‘q. Ular faoliyatida hali ham muayyan qiyinchiliklar va muammolar mavjud. Bu, avvalambor, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim mansabdor shaxslari Ombudsmanning vazifalarini to‘liq tushunmasliklaridandir. Bu esa, o‘z navbatida, joylarda axborot-ma’rifiy ishlarni kuchaytirishni taqozo etadi.

Hisobot yilida Ombudsman mintaqaviy vakillarining joylarda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning eng o‘tkir va dolzarb muammolari ko‘tariladigan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida eshitiladigan axborotlari bir qancha sabablarga ko‘ra qator mintaqalarda ko‘rib chiqilmadi. Ayni bir vaqtda Andijon, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri bo‘yicha mintaqaviy vakillar fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi amaldagi qonunchilik va mahalliy qonun osti hujjatlarini tahlil qilish bo‘yicha o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir o‘z takliflarini xalq deputatlari Kengashlariga muntazam ravishda taqdim etib kelmoqda.

V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari sohasida fuqarolar huquqiy ongini oshirishga ko‘maklashishga doir faoliyati

O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlatni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish yuksak huquqiy madaniyatni talab etadi, bunday madaniyatni shakllantirish jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquqlariga sadoqat, insonning demokratik huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kabi tub qadriyatlarning qaror topishiga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida huquqiy ma’rifatning roli va o‘rniga baho berish borasida katta o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish ustuvor vazifalar ekanligi alohida ta’kidlangan. Unda jamiyatimizning demokratiya yo‘lidan izchil ilgarilab borishi va demokratik islohotlarning yutug‘i ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liq ekanligi ham Davlatimiz rahbari tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, inson huquqlarining turli toifalarini monitoring qilish bo‘yicha faoliyatini o‘rganish — aholining huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish zarurligini tasdiqlaydi, bu quyidagi omillar bilan, ya’ni: qonun hujjatlarining jadal rivojlanayotganligi; davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining esa yetarli darajada ochiq, shaffof emasligi; aholining zarur huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi; qonun hujjatlarining eng dolzarb masalalaridan fuqarolarning yetarli darajada xabardor emasligi; mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining axborot bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi; aholiga bepul huquqiy yordam tashkil etish zarur darajada emasligi bilan bog‘liqdir.

Parlament ombudsmanining inson huquqlari sohasida fuqarolarning ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatida asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

fuqarolarni huquqiy jihatdan ma’rifatli qilishga hamda fuqarolarni ular huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishning xususiyati, usullari hamda me’yorlari haqida huquqiy jihatdan xabardor qilishga qaratilgan axborot-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;

davlat organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatini takomillashtirishga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari va xodimlari huquqiy ongini oshirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;

ta’lim muassasalari va malaka oshirish muassasalarida “master-klasslar” o‘tkazish, ta’lim jarayoniga inson huquqlari sohasida bilim olishni ta’minlovchi o‘quv kurslari, dasturlar, o‘quv uslubiy materiallarni tatbiq etish orqali o‘quvchi yoshlarning huquqiy ta’limini rivojlantirish;

davlat organlari va nohukumat tashkilotlarining fuqarolarda yuksak darajadagi huquqiy madaniyat va huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan axborot-ma’rifiy tadbirlarida ishtirok etish;

ommaviy axborot vositalarida maqolalar e’lon qilish va chiqishlar qilish, noshirlik faoliyatida qatnashish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining mamlakatimiz mintaqalaridagi vakillari, Ekspert guruhlari a’zolari va Kotibiyati xodimlari uchun treninglar, seminarlar, maktab o‘quvlari o‘tkazish.

Hisobot yilida Inson huquqlari bo‘yicha vakilning huquqiy ma’rifat sohasidagi faoliyatida davlat organlari mansabdor shaxslarining, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar xodimlarining va umuman aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish ustuvor yo‘nalish bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili K. Adenauer nomli fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida 2011 — 2013-yillar mobaynida mamlakatimiz hududlarida “Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi: jamoatchilik nazorati borasidagi milliy va xorijiy tajriba” mavzusida seminarlar turkumini o‘tkazdi.

2013-yilda bunday seminarlar Toshkent, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazildi.

Seminarlar ishida fuqarolik jamiyati institutlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan hamkorlikdagi faoliyatida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘llari va tartibotlarini izlash, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ta’minlanishi ustidan Ombudsmanning parlament nazoratini amalga oshirish, jamoatchilik nazoratini, bunday nazoratning muhim tarkibiy qismi sifatida ekologik nazoratni amalga oshirishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining roli, huquqning samarali qo‘llanilishini ta’minlashda prokuratura organlarining jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligi, adliya organlari faoliyatida inson huquqlarini ta’minlash, huquq-tartibotni ta’minlashda ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi, xotin-qizlar va oila huquqlarini samarali ta’minlashda xotin-qizlar qo‘mitalarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda va boshqaruv sohasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etishga doir xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida 2011-yildan 2013-yilgacha bo‘lgan davrda Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish — fuqarolar huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning eng muhim tarkibiy qismi” mavzusida O‘zbekiston — Germaniya ilmiy-amaliy seminarlari o‘tkazildi. 2013-yilda bunday seminarlar Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirish sohasidagi ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqish, jamiyatda va boshqaruv sohasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolik jamiyati institutlarining bu sohadagi o‘zaro hamkorligini tashkil etishga doir xalqaro tajribani o‘rganish maqsadiga qaratildi.

Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga ko‘maklashish maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda AQShning USAID xalqaro rivojlantirish agentligi ko‘magida “Bemorlar huquqlarining tibbiy va yuridik jihatlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan fuqarolarning malakali tibbiy yordam olish huquqini himoya qilish, bu sohadagi sog‘liqni saqlash andozalari sifatini oshirish borasida tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Seminarning asosiy vazifalari — sog‘liqni saqlash tizimi tibbiy xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining milliy va xalqaro qonun hujjatlarida belgilangan bemorlar huquqlari to‘g‘risida, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlari haqida, bemorlar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli to‘g‘risida xabardorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Qiynoqlarga barham berish milliy jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish zarurligini anglagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrda qabul qilingan F-693-sonli Farmoyishiga muvofiq Milliy preventiv tartibotni izlash va uni yaratish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan London universiteti professori B. Bouring ishtirokida mahkumlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy preventiv tartibotni (MPT) yaratishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi ushbu tadbirning hamkor tashkilotchilari bo‘ldilar. Tadbirda Buyuk Britaniya va O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olishga doir huquqiy amaliyot masalalari muhokama qilindi, shuningdek O‘zbekistonda MPTni tashkil qilish va joriy etish bo‘yicha ishchi guruhning faoliyati to‘g‘risidagi axborot eshitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Oliy kurslar tinglovchilari bilan “master-klasslar” o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlar prokuratura organlarining yosh xodimlariga Parlament ombudsmani faoliyati haqida nafaqat axborot olish, balki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining faoliyati haqidagi video materiallarni ham ko‘rish imkoniyatini yaratdi.

Hisobot davrida mamlakatimiz fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan faol hamkorlik davom ettirildi. Ombudsman vakillari tomonidan vazirlik, uning boshqarmalari xodimlari hamda bu idoraning ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlari tinglovchilari bilan mashg‘ulotlar va suhbatlarni muntazam ravishda o‘tkazib borish ana shunday o‘zaro hamkorlik bo‘g‘inlaridan biridir. Ichki ishlar organlari xodimlari Parlament ombudsmani tomonidan o‘tkazilgan “master-klass” davomida inson huquqlari bo‘yicha milliy institut faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishdilar, muayyan vaziyatlarga doir ko‘plab savollariga javoblar olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining faoliyati haqidagi video materiallarni tomosha qildilar.

2013-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari uchun “master-klasslar” tashkil etildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda boshqa gumanitar oliy o‘quv yurtlarining fan nomzodi va magistrlik ilmiy darajalarini olishga da’vogar tadqiqotchilari ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, maslahatlar olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga ko‘p marotaba murojaat qildilar; ularga doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari, monografiyalar bo‘yicha bir qator fikr-mulohazalar yozib berildi.

Hisobot yili mobaynida Ombudsman Kotibiyatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat yuridik universiteti hamda Toshkent yuridik kolleji talabalari va o‘quvchilari o‘quv amaliyoti hamda stajirovkani o‘tadilar.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil va uning Kotibiyati xodimlarining turli davlat tuzilmalari hamda nodavlat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlari, seminarlar, anjumanlarda faol ishtirok etishi 2013-yilda Ombudsmanning inson huquqlari sohasida fuqarolar ijtimoiy ongini oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatida yana bir yo‘nalishni tashkil etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) noshirlik faoliyati ham fuqarolarning huquqiy ma’rifatiga xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) hisoboti an’anaviy tarzda nashr etilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolariga, davlat organlariga beriladi, bu hisobotdan aholining erkin foydalanishi uchun — yuridik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining kutubxonalariga yuboriladi.

Hisobot davrida Inson huquqlari bo‘yicha vakil, uning Kotibiyati xodimlari va joylardagi vakillarining inson huquqlariga rioya etilishi va uni himoya qilish ta’minlanishi masalalariga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilishi amaliyoti davom ettirildi.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining rasmiy veb-sayti yordamida fuqarolarning huquqiy ma’rifati borasidagi ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bu veb-sayt fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilish bo‘yicha murojaat etish imkoniyatlarini ta’minlashda qo‘shimcha vositaga aylandi. Veb-saytning ishi, geografik joylashuvidan qat’i nazar, barcha internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning o‘z huquq va erkinliklariga daxldor dolzarb huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa axborotlardan erkin foydalanishini ta’minlashga, shuningdek Vakil hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashishga qaratilgandir.

Internet-sayt interfaol axborot-maslahatlashuv markaziga aylandi, foydalanuvchilar undan o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalariga doir axborotlarni oladilar. Ombudsmanning veb-sayti o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Huquqiy ma’rifat orqali inson huquqlari sohasida huquqiy madaniyatni shakllantirish muammosi jamiyatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlar sur’atining yuqoriligi tufayli jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal olg‘a borishida juda dolzarbdir.

VI. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Parlament ombudsmanining bu boradagi faoliyati inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi milliy muassasalarning maqomiga taalluqli Parij prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi, ushbu prinsiplarda milliy muassasaning vazifasi — BMT va uning tizimidagi tashkilotlar, xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy muassasalari hamda xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish masalalarida vakolatli bo‘lgan milliy muassasalari bilan hamkorlik qilishdan iborat ekanligi nazarda tutiladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Ombudsman instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Bunday hamkorlikni amalga oshirishning asosiy prinsiplari inson huquqlarining hurmat qilinishi va unga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek inson huquqlarini rag‘batlantirish maqsadida uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va uni rivojlantirishdan iboratdir.

Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir amaliy faoliyati quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asoslanadi:

inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish;

xalqaro va mintaqaviy Ombudsman institutlariga a’zolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;

inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro institutlarni hamda inson huquqlarini himoya qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi milliy institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash;

inson huquqlari masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkazish va ularda qatnashish;

O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishi, Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotni xalqaro jamoatchilik o‘rtasida tarqatish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining faoliyati butun jahon hamjamiyati e’tiborini tortmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutiga alohida e’tibor qaratilayotgani shundaki, O‘zbekistonda Ombudsman instituti Markaziy Osiyo makonida birinchi bo‘lib tashkil etilgan va u o‘z faoliyatida xorijiy ombudsman institutlari ishida ham qo‘llash mumkin bo‘lgan yetarlicha tajriba to‘pladi. Zero, xorijiy ombudsman institutlarining faoliyatida ham inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish institutlarini tashkil etish jarayoni keyingi 20 yil mobaynida kechmoqda.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida davlatimizni rivojlantirish strategiyasi bayon etilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi hamda uni himoya qilinishining ta’minlanishi masalalariga qaratilgandir. Shu tufayli ham O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish tartibotlarini shakllantirish va takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining huquqiy maqomini mustahkamlash, uning faoliyatini kuchaytirish jarayonlari chet ellik hamkasblarda alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Binobarin, bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat-huquqiy islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Ombudsmanining BMT Rivojlanish Dasturi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, YuSAID, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomli fondlar, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi faol rivojlanib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivjlantirishga katta e’tibor bermoqda. Bunday hamkorlik chet ellik hamkasblar bilan ikki tomonlama asosdagi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarni rivojlantirish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.

Ombudsman Xalqaro Ombudsman instituti, Yevropa Ombudsman instituti, Osiyo Ombudsmanlar uyushmasi faoliyatidagi o‘z ishtirokini axborot almashish, materiallar e’lon qilish, rahbar organlarni saylash, shuningdek inson huquqlari masalalariga doir tadbirlarda va Ombudsmanlar faoliyatida ishtirok etish orqali davom ettirdi.

Hisobot yilida Yevropa Ombudsman instituti prezidenti Burgi Folgger xonim tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) S.Sh. Rashidova hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi S.I. Azimovlardan iborat tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) delegatsiyasi EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatorining ko‘magida Yevropa Ombudsman institutining (EOI) Umumiy yig‘ilishida ishtirok etdi. Yevropa Ombudsman institutining 25 yilligiga bag‘ishlangan bu yig‘ilishda 40dan ziyod mamlakatdan kelgan EOIning doimiy a’zolari qatnashdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Ombudsmani 2002-yildan buyon EOI a’zosi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyati Yevropa Ombudsmanlari hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda, bu haqda EOI Umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarining nutqlarida ham ta’kidlab o‘tildi.

2013-yilda Germaniyaning Fridrix Ebert nomli fondi bilan hamkorlik faollashdi.

F. Ebert nomli fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili delegatsiyasi 2013-yil 10 — 15-iyun kunlari Germaniyaning Berlin va Leypsig shaharlarida bo‘ldi.

Tashrif dasturi bo‘yicha Bundestag deputatlari, Bundestagning Harbiy xizmatchilar ishlari bo‘yicha vakili janob Helmut Kyonigsxauz hamda hukumatning (GFR Tashqi ishlar vazirligining) inson huquqlari va gumanitar yordam bo‘yicha vakili janob M. Lyonning bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida Germaniya tarafiga respublikamizda hayotning barcha jabhalarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” doirasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili hamda uning O‘zbekiston mintaqalaridagi vakillari faoliyati, ular tomonidan xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar va o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida batafsil axborot yetkazildi.

Delegatsiya tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar, fikr va tajriba almashish Germaniya tomoni parlament sohasida, sud-huquq va boshqa sohalarda O‘zbekiston bilan o‘zaro foydali va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini, respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarni yanada ilgarilatishga ko‘maklashish uchun tayyorligini yana bir bor namoyish etdi.

Hisobot yilida Konrad Adenauer nomli fondning vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik davom ettirildi. Mamlakatimiz mintaqalarida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazish, jazoni ijro etish muassasalariga tashriflar uyushtirish kabi birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etish ana shunday o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi.

Mavjud davlatlararo hamkorlik aloqalari butunlay yangi gumanitar yo‘nalish, ya’ni xorijiy ombudsmanlar o‘rtasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari bilan boyimoqda. Inson huquqlari bo‘yicha vakil Yevropa, Osiyo, MDH mamlakatlarining ombudsmanlari bilan o‘zaro amaliy aloqalar o‘rnatgan. Ayrim ombudsmanlar bilan rasmiy hamkorlik munosabatlari o‘tgan yillar davomida ishonchli va amaliy sherikchilik munosabatlariga aylandi, bunday munosabatlarning chuqurlashuvi esa insonning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish masalalarida maslahatlashuv va tajriba almashishga xizmat qiladi.

2013-yil 22-fevraldan 1-martga qadar mamlakatimiz hududlarida (Toshkent shahri, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida) “Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi hamkorligi: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Ombudsmani va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti AQShning YuSAID agentligi moliyaviy ko‘magida ushbu tadbir tashkilotchilari bo‘ldilar. Ilmiy amaliy-seminarlarda Sloveniya sobiq Ombudsmani Ivan Bizyak, Karnegi fondi (AQSh) xodimi Sara Prudens Cheys, shuningdek Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasida sud islohotlari bo‘yicha loyihasi Bosh eksperti Richard Jon Barton (Buyuk Britaniya) ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy seminarning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning), fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda, shu jumladan bu boradagi xalqaro tajribani o‘rganishda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi shakllari va uslublarini takomillashtirishga doir takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

“AQSh sud tizimi” dasturi loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish oliy malaka komissiyasi Kotibiyati, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Kotibiyati vakillaridan iborat tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi mutaxassislari guruhi 2013-yil 28-oktabrdan 6-noyabrgacha bo‘lgan davrda ishchi tashrif bilan AQShda bo‘ldi.

Tashrifdan maqsad — tajriba almashish, sud ishini yuritish sifatini oshirishga doir xorij amaliyotini o‘rganish, sud xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, ular faoliyatining samaradorligini baholash, shuningdek sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Hisobot davrida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

EXHT Bosh kotibi Lamberto Zanniyerning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida 2013-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili S.Sh. Rashidova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning maqsadi — Ombudsman institutining inson huquqlari sohasidagi roli va imkoniyatlarini oshirish niyatida EXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan Parlament ombudsmanining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda EXHT Kotibiyati vakillari, Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zosi J. Sodiqov, Ombudsman o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi I. Mansurov va Ombudsman Kotibiyati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi S. Azimov, Kotibiyat katta referenti D. Murotova, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimi R. Hakimov ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish dasturiga muvofiq 2013-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) S.Sh. Rashidovaning BMT Bosh kotibining inson huquqlari masalalari bo‘yicha yordamchisi Ivan Simonovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv maqsadi Ombudsman faoliyati bilan tanishish, BMT Oliy komissarining Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikning joriy masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiy bo‘yicha maxsus vakili P. Flor xonimning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 2013-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2013-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakilning AQShning xalqaro rivojlanish bo‘yicha O‘zbekistondagi USAID agentligi, AQSh Davlat departamenti bilan aloqalari rivojlanib, bu aloqalar mazkur tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar asosida amalga oshirildi.

AQSh Davlat departamenti Demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha byurosining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori janob J. Bigus qabul qilindi, Erin Koul xonim, YuSAID agentligining Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari byurosining demokratiya va davlat boshqaruvini rivojlantirish masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi janob G. Xelf bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

AQSh Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari J. Zimmerman xonimning O‘zbekistonga tashrifi doirasida 2013-yil 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) S. Rashidova ushbu delegatsiyani qabul qildi.

Tashrifning maqsadi O‘zbekistonda o‘tkazilayotan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlar bilan tanishish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

2013-yil 28-may kuni Ombudsman “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti, YuSAID xalqaro tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan tashkil etilgan “Bemorlar huquqlarining tibbiy va huquqiy jihatlari” mavzusidagi seminar ishtirokchisi bo‘lgan xorijiy ekspertlarni qabul qildi.

O‘zbekiston Ombudsmani faoliyati Shimoliy Irlandiyaning Qamoqxonalar bo‘yicha ombudsmani Paulin Makkeyb xonimning e’tiborini tortib, u aqliy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni saqlash va davolash shart-sharoitlari bilan qiziqdi.

2013-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakilning xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlar ombudsmanlari, shuningdek diplomatiya missiyalari bilan hamkorligi yangi shakl va mazmun kasb etdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Asmus Xammerix bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, u Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining missiyasi Ombudsman instituti bilan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ombudsman ofisida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Jorj Edgar qabul qilindi. Qabul davomida Parlament ombudsmani faoliyati, mazkur institutning huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar bilan hamkorligi masalalari bo‘yicha fikrlar almashindi.

2013-yil 12-fevral kuni Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Aristid Fensterning Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida demokratik institutlarning faoliyati masalalari, Ombudsman instituti faoliyatining istiqbollari, shu jumladan Germaniyadagi davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Hisobot yilida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boshqarmasi direktori janob K. Roberts qabul qilinib, ushbu qabul chog‘ida Ombudsmanning parlament nazorati va xalqaro hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyati, shu jumladan Britaniya parlament ombudsmanlari hamda Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiya ixtisoslashtirilgan ombudsmanlari bilan o‘zaro hamkorligi haqidagi taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Ombudsman va uning vakillari hisobot yilida hammasi bo‘lib 20 tadan ortiq elchilar, rasmiy delegatsiyalarni, chet el davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy nohukumat va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning vakillarini qabul qildilar va qabul qilishda ishtirok etdilar.

Hisobot davrida Ombudsman kutubxonasiga MIO, YIO, AAOdan, Yevropa Ittifoqi ombdusmanidan, Ozarbayjon, Bolgariya, Tailand, Vengriya, Finlandiya, boshqa mamlakatlarning ombudsmanlari va inson huquqlari bo‘yicha institutlaridan, shuningdek EXHT JST, BMT missiyalaridan materiallar kelib tushdi.

Ombudsmanning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini tahlil qilish xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlari va milliy muassasalari bilan inson huquqlariga rioya etilishini, uni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash masalalari bo‘yicha uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik o‘rnatilganligidan dalolat beradi.

Xulosa

O‘zbekistonning huquqiy fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidan izchil borishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bayon etilgan mamlakatimizni kelgusida rivojlantirish strategiyasiga asoslangandir.

Davlat va jamiyat qurilishining barcha jihatlarini isloh qilishning to‘liq ta’minlanishi borasida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qo‘llash amaliyotida, odil sudlov organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, shuningdek inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqni muhofaza qilish borasidagi faolligida, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-siyosiy faolligida o‘zining yaqqol tasdig‘i va isbotini topdi.

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy qudratimizni mustahkamlash, hayotning barcha jabhalarida islohotlarni chuqurlashtirish, davlat va fuqarolik jamiyatining ijtimoiy sherikchilik rolini kuchaytirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilishga doir davlat siyosatini hayotga faol tatbiq etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash amaliyoti ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish sohasidagi hozirgi shart-sharoitlar Ombudsmanni quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltiradi:

Ombudsmanning huquqni ta’minlash funksiyalarini samarali amalga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash faoliyati ustidan parlament nazorati tartibotlarini takomillashtirish;

2014-yil — “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining barcha jihatlarini isloh qilishga ko‘maklashish, fuqarolarning jamoatchilik tashabbuslarini hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining faolligini qo‘llab-quvvatlash;

bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sud protsesslarida bolalar huquqlarining ta’minlanishi bo‘yicha monitoring o‘tkazish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazishni rivojlantirish.

2013-yil Ombudsman instituti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bayon etilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi asosida fuqarolar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash va himoya qilish borasidagi davlat siyosatini hayotga tatbiq etishda muhim bosqich bo‘ldi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2014-y., 4-son, 107-modda)

Download 327,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish