O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining


Kelib tushgan murojaatlar



Download 327,39 Kb.
bet3/6
Sana24.01.2022
Hajmi327,39 Kb.
#407940
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SQ-425-II 10.04.2014

Kelib tushgan murojaatlar

2013-y.

2012-y.

2011-y.

2010-y.

1.

Ombudsmanning markaziy idorasiga,

shu jumladan:



7712

7658

7134

7124

mamlakat mintaqalaridan

6609

6511

6862

6753

chet ellik fuqarolardan

794

792

26

299

jazoni ijro etish muassasalaridan

116

168

155

49

anonim murojaatlar

9

29

20

6

Internet orqali

163

138

50

17

xorijiy mamlakatlar ombudsmanlaridan

21

20

21

22

2.

Takroriy

2317

3710

2653

1983

3.

“Ishonch telefoni” orqali

725

563

702

624

4.

Ombudsmanning mintaqaviy

vakillariga



979

895

749

888

Jami

11733

12826

11238

10619

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 11 va 12-moddalari talablariga muvofiq fuqarolarning 2719 ta murojaati Ombudsmanning vakolatiga taalluqli emasligi tufayli qabul qilinmadi hamda bu haqda arizachilar “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda xabardor qilindi.

2013-yilda xotin-qizlardan 3639 ta, erkaklardan 2685 ta shikoyat tushdi, jamoa bo‘lib yozilgan murojaatlar esa 690 tani tashkil etdi.

Murojaatlarning asosiy qismi — 8036 ta shikoyat Ombudsman Kotibiyatiga pochta orqali kelib tushdi. Keyingi vaqtda murojaatlarni elektron pochta orqali qabul qilish amaliyoti kengayib bormoqda.

Shu bilan birga, aholi o‘rtasida murojaatlarning boshqa bir shakli, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlarining shaxsiy qabuli ham keng qo‘llanmoqda.

Chunonchi, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlari tomonidan 1897 ta murojaat qabul qilindi. O‘tkazilgan 21 ta shaxsiy qabul chog‘ida Ombudsman tomonidan fuqarolarning 342 ta murojaati qabul qilindi, 210 ta shikoyat va ariza nazoratga olinib, mohiyatiga ko‘ra hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi. 132 ta ariza bo‘yicha Ombudsman tomonidan og‘zaki tushuntirish berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan nazoratga olingan murojaatlarga “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan talablar asosida va “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda javob xati berilishi talab qilinadi.

Berilayotgan javob xatlarini ko‘rib chiqish va o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ba’zi davlat tashkilotlari tomonidan javob xatlarini boshqarma yoki bo‘lim boshliqlari imzosi bilan yuborayotganligiga duch kelmoqda. Ushbu holatdan xulosa qilish mumkinki, Ombudsman tomonidan yuborilayotgan murojaatlar tashkilot rahbarining e’tiboridan chetda qolib ketmoqda.

2013-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan fuqarolarning ayrim murojaatlari yuzasidan 6 ta xulosa tayyorlandi, shu jumladan 3 ta xulosa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga va 3 ta xulosa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Hisobot yilida Ombudsman fuqarolar shikoyatlari yuzasidan o‘zining 3 ta tekshiruvini o‘tkazdi, ular jarayonida inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari aniqlandi. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o‘z xulosalarini yubordi. Shulardan bitta xulosa bo‘yicha sud qarori bekor qilindi va arizachining foydasiga ijobiy qaror qabul qilindi.

Ko‘plab murojaatlarni va ularda qo‘yilgan masalalarni tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, fuqarolar o‘z huquqlarini yetarli darajada bilmaydilar va huquqlarini amalga oshirish tartibi bilan tanish emaslar. Chunonchi, hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Kotibiyatining xodimlari tomonidan 1245 ta murojaat yuzasidan ularda ko‘tarilgan muammolarni hal etishga doir tushuntirishlar va tavsiyalar berildi. 725 nafar fuqaro “ishonch telefoni” xizmatlaridan foydalandi.

Hisobot yilida takroriy murojaatlar soni kamaydi.

Shu bilan birga, fuqarolardan tushgan takroriy shikoyat va arizalarni tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, murojaatlarni ko‘rib chiqishni asossiz ravishda rad etish, shikoyatlarni yuzaki o‘rganish va tekshirish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, tartib-taomili va muddatlarini buzish, shuningdek murojaatlarga asossiz javoblar qaytarish, shikoyatlarni xatti-harakati va qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxslarning o‘ziga yuborish holatlari ana shunday takroriy shikoyat va arizalarga sabab bo‘lmoqda.

Fuqarolarning shikoyatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish Ombudsman o‘z ish yurituviga qabul qilgan murojaatlarning mavzusi unchalik o‘zgarmaganligini ko‘rsatdi. Fuqarolar murojaatlarining aksariyat qismi fuqarolarning shaxsiy huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish masalalariga taalluqlidir. Ushbu masalalar bo‘yicha 4230 ta, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha 2343 ta murojaat kelib tushdi.

Ombudsmanning fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha faoliyatida yashashga, erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmat qilishga doir konstitutsiyaviy huquqlarga rioya etilishi va ularning himoya qilinishini ta’minlash masalalari alohida o‘rin tutadi.

2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga rioya etilishi va uning himoya qilinishi masalalari bo‘yicha 1670 ta murojaat kelib tushdi.

Ombudsmanga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, o‘z xizmat vazifasiga ko‘ra fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish va himoya qilishga da’vat etilgan ichki ishlar organlarining ayrim xodimlari tomonidan kuch ishlatish holatlaridan fuqarolarning himoyalanmaganligi masalasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Jinoyatlar va huquqbuzarliklarni tergov qilayotgan ayrim mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlari normalarini tez-tez buzadilar, holbuki bu hujjatlarda fuqarolarni ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish, ashyoviy dalillarni olib qo‘yish, fuqarolarga nisbatan ayblov e’lon qilish, dalillar to‘plash, ishni xolisona va to‘liq tergov qilishning qat’iy belgilangan tartibi hamda tartib-taomillari nazarda tutilgan. Fuqarolarning murojaatlarida jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganlarni hibsga olish va ushlab turish paytida, asosiy tergov harakatlarini olib borish hamda tergov jarayonida ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining huquqlari ta’minlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish chog‘ida inson huquqlari qo‘pol ravishda buzilayotganligi bayon etiladi.

Hisobot yilida ichki ishlar, prokuratura organlari, soliq, bojxona xizmatlari va boshqa xuquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik bilan bog‘liq 670 ta murojaat kelib tushdi.

Fuqarolardan tushayotgan shikoyatlarning mazmunini chuqur va har tomonlama o‘rganish shundan dalolat beradiki, davlat tomonidan sud-huquq tizimi mustaqilligini mustahkamlash va uning samaradorligini oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, aynan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquq va erkinliklarining buzilishi muammosi o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

Fuqarolardan kelib tushayotgan hamda yashashga, erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka doir huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq murojaatlar muntazam ravishda yildan-yilga qo‘payib borayotgani — huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatida qonun ustuvorligi prinsipiga hamda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq holatga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasb saviyasini va xulq-atvor madaniyatini oshirish zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) sud tartibida himoya qilishga doir huquqlar buzilayotgani haqida kelib tushayotgan murojaatlar soni (1524 ta murojaat) o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 2% ga oshgan. Bunday huquq buzilishlari odil sudlovdan foydalanish cheklanganligi, sud muhokamasining oshkoraligi va ochiqligi buzilayotganligi, sansalorliklar, himoyaga doir huquqlar buzilayotganligi, sud qarorlarining ijro etilmayotganligi bilan bog‘liqdir.

Inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan odil sudlovga doir huquq bilan bog‘liq 685 ta murojaat nazoratga olindi. 113 ta murojaatda keltirilgan faktlar va dalillar asosli deb topilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash chora-tadbirlari ko‘rildi.


Download 327,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish