O’zbekiston respublikasi oliuy va o’rta maxsus


-chizma. Spektrofotometrning optik sxemasi



Download 6,13 Mb.
bet13/19
Sana09.02.2022
Hajmi6,13 Mb.
#438406
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Yorug’lik filtrlarini optik xossalarini o’rganish

2.2.2-chizma. Spektrofotometrning optik sxemasi.

O’zgaruvchan qadam va egri shtrixni ishlatish botiq difraksion panjaraning abberasion buzilishlarini sezilarli kamaytiradi va butun ishchi spektr diapazonida yuqori sifatli spektr olishga imkon beradi. Difraksialangan dasta monoxromatorning chiqish tirqishi 7 tekistligida fokuslanadi. Monoxromatik nurni moslash difraksion panjarani burish orqali amalga oshiriladi, bunda turli uzunlikdagi monoxromatik nur chiqish tirqishi 7, linza 8, nazorat yoki tekshirilayotgan namuna, va linza 9 orqali o’tadi va buruvchi ko’zgu 10 yordamida fotoelement 11 yoki 12 ga yani yorug’likka sezgir qatlamga tushadi. Yorug’lik yoyilishini kamaytirish va difraksiyani yuqori tartiblarini kesish uchun spektrofotometrda ikkita yorug’lik filtri ishlatiladi: 230-450 nm spektr sohasida ishlash uchun PC-11 shishasidan va 600-1100 nm spektr sohasida ishlash uchun OC-14 shishasidan foydalaniladi.


Yorug’lik filtrini almashtirish avtomatik tarzda bajariladi. Linzalar spektrini ultrabinafsha sohasida yuqori o’tkazish koeffisientiga ega bo’lgan kvars shishasidan tayyorlanadi. Spektrofotometrni teng spektral diapazonda ishlashini taminlash uchun 2 ta fotoelement va 2 tabutun spektr nurlanish manbaasi ishlatiladi. 190-700 nm bo’lgan spektr sohasida o’lchashlar olib borish uchun oynasi kvars shishasidan bo’lgan Surma-Seziy fotoelementi, 600-1100 nm gacha bo’lgan spektr sohasida Kislarod-Seziy fotoelementi ishlatiladi. 190-350 nm gacha bo’lgan spektr sohasida ishlash uchun Deiteriy lampasi, 340-1100 nm gacha bo’lgan spektr sohasida ishlash uchun cho’g’lanma (nakal) lampasi ishlatiladi. Graduslarni tekshirish uchun Simob-Geliy DRGS-12 lampasi ishlatiladi.
2.2.3-chizmada ko’rsatilgan spektrofotometr monoxromator 13, MPC 14, kyuvetali bo’lma 15, fotoqabul qilgich va kuchaytirish kamerasi 17, stablizatordan tuzilgan. Monoxromator tarkibiga kiruvchi optik va mexanik detallar: MPC taminlash bloki 19, sanash qurilmasi 20 va to’lqin uzunliklarni tanlaydigan pereklyuchatel 21, himoya qobig’i 18 bilan yopilgan va taglik 22 ga mahkamlangan, bu taglikka qo’shimcha taglik 23 mahkam biriktirilgan. Bu taglikda spektrofotometrning ajraladigan qismlari, kyuveta bo’lmasi va fotoqabul qilgich va kuchaytirish kamerasi joylashgan.
Monoxromatorning asosiy qismlari botiq difraksion panjara 6, yoyilgan nurlarni kamaytirish uchun va difraksiyani yuqori tartiblarini kesish uchun yorug’lik filtrlari vatirqishlari bo’lgan kronshteyndan iborat. Difraksion panjara rukoyatka 25 ni aylantirilganda vertikal o’q atrofida buraladigan stolcha 24 ga o’rnatilgan. Harakat rukoyatkadan zanjirli uzatma orqali to’lqin uzunliklarni belgilaydigan hisob qurilmasi 20 bilan bitta o’qda joylashgan shkifga uzatiladi.
Shu o’qning o’zida hisob qurilmasining harakatini vint 26 ga gayka 27 ga beradigan slindrik shesteriya joylashgan. Gayka tekisligiga panjara stolchasi bilan qattiq birlashtirilgan richak 28 ning boshqaruvchi vinti tegib turadi. Gaykaning harakati panjarali stolchani buradigan richakka beriladi. Bir vaqtning o’zida yorug’lik oqimiga zanjirli uzatma yordamida yorug’lik filtrlari 29 kiritiladi. Kirish tirqishi 5 va chiqish tirqishi 7 bir-birini ustida sektor 30 da joylashgan. Sektorda 5 juft 0.05, 0.15, 0.3, 0.75 va 2 mm (0.15, 0.5, 1.0, 2.5, 6.5 nm) nominal qiymatli tirqishlar bor.


Download 6,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish