Yorug’lik filtrlari.
Lyuminessensiya spektrini qayd qilishda modda nurlanishiga uyg’otuvchi nurlarning ustma – ust kelmasligi muhim hisoblanadi. Stoks – Lommel qonuni bo’yicha lyuminessensiya spektri yutilish spektridan katta to’lqinlar tomonga siljigan bo’ladi. Shuning uchun spektrni uyg’otish uchun ultrabinafsha nurlardan foydalaniladi. Ammo barcha ultrabinafsha radiatsiyasi manbalari sezilarli darajada ko’rinadigan nurlarni chiqaradi. Spektrning xalaqit beruvchi qismini yo’qotish uchun yorug’lik filtrlari ishlatiladi. Yorug’lik filtrlari uyg’otuvchi nurlardagi foydasiz nurlanishni tutib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |