Bog'liq Yorug’lik filtrlarini optik xossalarini o’rganish
Yorug’likning molekulyar sochilish spektrlari. Bosim fluktuatsiyalari, entropiya yoki temperatura fluktuatsiyalari, konsentratsiyava anizatropiya fluktuatsiyalaripaydo bo’ladi va vaqt o’tishi bilan yo’qolib ketadi. Turli xil fluktuatsiyalar paydo bo’ladi va har xil qonunlarga muofiq ravishda o’zgaradi.
Bosimning biror joyda ortishi yoki pasayishidan iborat bo’lgan bosim fluktuatsiyasi elastik jismda paydo bo’lgan joyida qotib qolmay, balki elastik to’lqinning tarqalish tezligiday tezlik bilan moddaning butun hajmi bo’ylab tarqaladi. Konsentratsiya fluktuatsiyalari diffuziya koeffisienti bilan aniqlanadigan tezlikda o’zgaradi, entropiya fluktuatsiyalari esa moddaning temperatura o’tkazuvchanlik koeffisienti bilan aniqlanadigan tezlikda o’zgaradi. Optik bir jinslimaslikning vaqt o’tishi bilan bo’ladigan barcha bu o’zgarishlari sochilgan yorug’lik amplitudasi va fazasining optik birjislimaslikning vaqt o’tishi bilan o’zgarish xarakteriga mos keladigan qonun bilan o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Zichlikning adiabatik fluktuatsiyalari yoki bosim fluktuatsiyalarini muhitda xilma-xil yo’nalishlarda tarqaladigan xilma-xil chastotali elastik to’lqinlar to’plami deb hisoblash mumkin.
Qattiq jismning issiqlik sig’imini hisoblashda issiqlik harakatining energiyasini bu jismning 3N ta elastik normal tebranishlarining (to’lqinlarining) energiyasi deb qarash mumkin. Bu elastik to’lqinlar va zichlikning adiabatik fluktuatsiyalariyoyiladigan Fure komponentalari ayni bir to’lqinlardir. Bu nuqtai nazardan qaraganda, zichlikning adiabatik fluktuatsiyalari tufayli sochilgan yorug’lik elastik issiqlik to’lqinlarida difraksiyalangan yorug’likdir.
Muhit ichiga parallel nurlar dastasi, masalan, lazer yorug’ligi yuborilsa, amalda yakkayu-yagona elastik yoki tovush to’lqinida difraksiyalangan yorug’likni kuzatish mumkin. Agar muhitda to’lqin vektori k bo’lgan
yassi monoxromatik to’lqin yuborilganda bu to’lqin vektori q bo’lgan
elastik to’lqin bilan uchrashsa, u holda difraksiyalangan yorug’likning maksimumi Bregg shartiga ya’ni
Shartga to’g’ri keladigan yo’nalishda ko’rinadi ( -sochilgan yorug’likning to’lqin vektori).
Spektral chiziqlarning eni va nurlanishning so’nishi. Bir necha marta ko’rsatib o’tilganidek, monoxromatik nurlanish ideal tushuncha bo’lib, haqiqiy hollarda nurlanish hamma vaqt to’lqin uzunliklarning biror intervaliga mos keladi. To’gri, maxsus qulay sharoitda siyrak gazlarning nurlanishi bu ideal holga ancha qulay kelishi mumkin; masalan, nurlanishida juda kichik ya’ni angstremning mingdan bir ulushlarining bir nechasidan katta bo’lmagan intervalda joylashgan va o’lchab bo’ladigan intensivlikli to’lqin uzunliklar ishtirok etuvchi spektral ”chiziqlar” kuzatiladi.
Optik kvant generatorlar nurlanishi yanada monoxromatik bo’lishi mumkin, lekin bu yerda ham energiya chekli, ammo juda kichik spektral intervalda yig’ilgan. Ko’pchilik hollarda esa atomlarning nurlanishi monoxromatik nurlanishdan juda ko’p farq qiladi va to’lqin uzunliklari bir-biridan angstremning yuzdan bir va hatto o’ndan bir ulushlarining bir nechasicha farqlanuvchi nurlanishlar to’plamidan iborat bo’ladi. Bug’ning bosimi ortganda nurlanish chiziqlari tobora ko’proq kengayadi va asta-sekin nurlanish hatto taqribiy monoxromatik xarakterini yo’qotib, cho’g’langan qattiq jismlar nurlanishiga o’xshash tutash spektrli nurlanishga aylanadi.
Spektral chiziqlarning, ya’ni amalda yakkalangan atomlar nurlanishining monoxromatiklik darajasini xarakterlash uchun nurlanish intensivligining chastotalar bo’yicha taqsimlanishini ajrata olish qobilyati yuqori bo’lgan asboblar, masalan. Maykelson yoki Fabri-Pero interferometri yordamida tekshirish kerak. Bunday tekshirish natijasini diagramma ko’rinishida tasvirlash mumkin, bunda to’lqin uzunliklar absissalar o’qiga mos intensivliklar ordinatalar o’qiga qo’yilgan .
Atomlarning to’qnashishi spektral chiziqning ”zarbdan” kengayishiga sabab bo’ladi. Modda zichligi juda kichik bo’lganda to’qnashishlar juda siyrak bo’ladi; erkin uchib borayotgan kanal nurlarining zarralari amalda to’qnashishmaydi; mana shu hollarda to’qnashishlarning chiziq kengayishiga ko’rsatadigan ta’siri nazarga olmasa bo’ladigan darajada juda kichik qilinishi mumkin.
Xulosa. Yorug’likning yutilishi klassik va kvant nazariyalari o’rganildi.
Yorug’likni yutilish koeffisiyentini aniqlashning nazariyasi o’rganildi.
Yorug’likni moddalarda sochilishi nazariy o’rganildi.