Оъзбекистон республикаси олий ва оърта



Download 2,25 Mb.
bet13/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#228327
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
Bog'liq
ADAB.NAZAR MAJMUA-1

Syujet elementlari:

- e k s p o z i t s i ya (bayon qilish, izohlamoq) - syujetda tugundan oldin keladigan vaziyatdir. Ekspozitsiyada qahramonlar, ularning o‘zaro munosabati, asosiy hodisalar to‘g‘risida ma’lumot, axborot berilib, ular bilan kitobxonni tanishtirishdir. Ekspozitsiyaning o‘zi hali asosiy voqeani, asar konfliktini keltirib chiqarmaydi. SHunday bo‘lsa ham u asardagi asosiy voqealarning xarakter va yo‘nalishlarini belgilaydi. Ekspozitsiyaning qayerda kelishi yozuvchi niyatiga bog‘liq. SHunga ko‘ra ekspozitsiya turlicha bo‘ladi: to‘g‘ri, kechiktirilgan, teskari. To‘g‘ri ekspozitsiya tugundan oldin keladi. Kechiktirilgan ekspozitsiya tugundan keyin voqea ichida yoki undan oldin keladi. Teskari ekspozitsiya esa asar oxirida keladi. Ekspozitsiya prologga yaqin turadi. Biroq prologdan farqli ravishda asarning asosiy voqeasi bilan ichki birlikka ega bo‘ladi.

- t u g u n - qahramonlar o‘rtasidagi to‘qnashuvning boshlanishi, asarda qo‘yilgan jumboqdir. Asar voqealari ana shu jumboqning yechilishi bilan tugaydi. Arastuning «Poetika» asarida tugun baxtiyorlikdan baxtsizlikka yoki baxtsizlikdan baxtiyorlikka o‘tish chegarasidir, deya ta’riflanadi.

- v o q e a l a r r i v o j i - personajlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar. Voqealar rivoji ko‘p qatlamli, ko‘p bosqichli bo‘lishi mumkin. YAngi tugunchalar, bir tomondan, asosiy tugunni yanada murakkablashtirsa, ikkinchi tomondan, asosiy tugun yechilishining bosqichlari rolini o‘ynaydi. Bunda qahramonning oldingi tarixi, keyingi tarixi, tupik, tormozlanish, sir saqlash, topishish, kutilmagan o‘zgarish kabi lahzalar ham bo‘lishi mumkin.

- k u l m i n a ts i ya - voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, konfliktning yechilishiga olib keladigan hayot va munosabatlar holatidir.

- y e ch i m - hayotiy masalaning hal etilishi natijasidir. Yechim qahramonlarga munosabatni oydinlashtiradi, g‘oyaviy va emotsional munosabatlarni o‘tkirlashtiradi. Yechimda konflikt va voqealardan kelib chiqadigan g‘oya ifodalanadi.

- p o s t p o z i ts i ya (tugallanma) - dramatik asarlarda esa final deyiladi. Bunda kurash natijasidagi kuchlarning joylashuvi ko‘rsatiladi. Ekspozitsiya bilan postpozitsiya mustaqil g‘oyaviy-badiiy darajaga ko‘tarilsa, u prolog va epilog bo‘ladi. Umuman, tugallanma personajlarning yechimdan keyingi holatidir.

- p r o l o g - ekspozitsiya rolini o‘ynaydi. SHu bilan birga, prologda tugun beriladi. Bu tugun kuchliroq bo‘ladi.

- e p i l o g - yechimdan kengroq bo‘lib, unda yechimdan so‘nggi qahramonlar taqdiri ko‘rsatiladi. Epilog g‘oyani yana ham chuqurlashtiradi.

Ba’zan syujetni ham shaklga kiritishadi. Biroq syujetni butun-lay shaklga kiritib bo‘lmaydi. Asarning asosiy konflikti syujetda ochiladi. Demak, syujet faqat shakl emas, mazmunga ham aloqadordir. Syujetda shakl bilan mazmun birlikda namoyon bo‘ladi. Hayot kolliziyalarini bevosita ochadigan san’at turlaridagina syujet bo‘ladi. Me’morchilik, xoreografiya va musiqaning ayrim turlarida syujet bo‘lmaydi. Syujetda odamlarning o‘zaro munosabatlari, simpatiya va antipatiyalari, ziddiyatlar aks etadi. Voqealarni dinamik ilg‘ay olishda syujet qurish mahorati ko‘rinadi. Ayniqsa, dramada syujet qurish masalasi muhimdir. Dramada kulminatsiya butun voqealar taraq-qiyoti jarayonida tayyorlanishi kerak. Syujet qiziqarli bo‘lishi, quruq bo‘lmasligi kerak. Syujet keskinligini qiziqarlilik bilan almashtirish ayrim asarlarni syujetdan voz kechishga olib keladi. Zamonaviy syujet katta ahamiyatga ega bo‘ladi.





Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish