Оъзбекистон республикаси олий ва оърта



Download 2,25 Mb.
bet14/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#228327
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124
Bog'liq
ADAB.NAZAR MAJMUA-1

Syujet tiplari muammosi.

Mavjud ilmiy va o‘quv adabiyotlarida syujetning ikki turi haqida gapiriladi. Aslida esa, syujetning quyidagi to‘rt turi bor:

- x r o n i k a l i;

- r e t r o s p e k t i v;

- k o n s e n t r i k;

- a s s o ts i a t i v.

Xronikali syujetda voqealar bir boshdan boshlanib, birin-ketin hikoya qilinadi. Xronikli syujet ishonarli bo‘ladi. Biroq syujetning bu turi doim ham qulay vosita bo‘la olmaydi, chunki xronikaning o‘zi syujet bo‘la olmaydi. Xronikalilik ko‘pincha naturalistik bayonchilikka olib keladi, yorqin obrazlar yaratishga imkon bermaydi. Masalan, Navoiyning «Farhod va SHirin»”, «Layli va Majnun»” dostonlarida, S. Ayniyning «Esdaliklar»ida, Z.M.Bobourning «Boburnoma» asarlarida voqealar qahramoning tug‘ilishidan, to ma’lum yoshigacha beriladi. Bu asarlarning kompozitsion qurilishi, voqealarni tanlash, saralash, umumlashtirish va ularni badiiy ifodalash mahorati, ularni joylashtirish, ya’ni kompozitsiya shunga olib keladiki, bu asarlarni o‘qigan kishi unda ortiqcha narsa yo‘q, barcha voqealar badiiy-estetik va ijtimoiy qimmatga egadir, degan xulosa chiqadi. Ularda e’tiborga loyiq va qiziqarli syujet hosil qilinadi.

Retrospektiv (orqaga qaytuvchi) syujetda voqealar bir boshdan birin-ketin hikoya qilinmay, balki voqeaning ma’lum joyida to‘xtatib qo‘yilib, uning o‘tmishiga, oldingi voqealarga murojaat qilinadi. Ba’zi asarlar umuman ana shunday orqaga qaytishga asoslansa, ayrim masalalarda vaqti-vaqti bilan voqealar hamda qahramonlarning o‘tmishiga qaytib turiladi. Masalan, M.SHoloxovning «Inson taqdiri»” qissasi butunicha orqaga qaytishga asoslangan. A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon»” romanidagi Solih Mahdumning o‘tmishi tasviri, H.Olimjonning «Zaynab va Omon» dostonida Zaynab bilan Omonning o‘tmishi, O‘.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar»” romanida komissar va T.Malikning «Shaytanat»” qissasida bosh qahramon Asadbekning o‘tmish hayoti tasviri kabilar vaqti-vaqti bilan orqaga qaytish namunasi bo‘ladi.

Konsentrik syujet tadqiqot syujet ham deyiladi. Unda voqea hikoya qilinmaydi, o‘tmishga ham murojaat qilinmaydi. Konsentrik syujetda biror hodisaning sabablari ta’lil qilish jarayonida sodir bo‘lgan voqealar kitobxon ko‘z o‘ngida jonlanadi. Masalan, O‘.Umarbekovning «YOz yomg‘iri»” qissasi boshida Chorsudan Mo‘nisning jasadi topiladi. Uning qanday o‘ldirilganligini yozuvchi ham, kitobxon ham, asar qahramonlari ham hikoya qilib bermaydilar. Jinoyat sabablarini tekshirish jarayonida kitobxon ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan voqealar jonlanadi. Sofoklning «Shoh Edip»”, O.Abdullinning «O‘n uchinchi rais»” dramalari, H.G‘ulomning «Mash’al»”, O.Yoqubovning «Larza», O‘.Umarbekovning «Fotima va Zuhra», O‘.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», T.Malikning «Shaytanat» kabi asarlari ham syujetning ana shu turiga asoslanib qurilgan. Chunki konsentrik syujet ko‘pincha detektiv asarlar uchun xos bo‘ladi.

Assotsiativ syujet ilgarilari asosan lirik asarlar uchun xarak-terli bo‘lib, lirika tashqi hodisalarga shoirning munosabati yoki tashqi hodisalar ta’irida shoir shaxsida tug‘ilgan tuyg‘u va kechinmalarga asoslanardi. Hozirda syujet qurishning assotsiativ usuli yirik nasriy va dramatik asarlar uchun ham xos bo‘lib qolmoqda. Bunday asarlarda hikoya qilinmaydi, balki qahramonning xotiralari, o‘y-xayol-lari, tasavvurlari oqimi beriladi. Masalan, A.Muxtorning «Davr mening taqdirimda»”, «Chinor»”, S.Anorboevning «Umr»”, Ch.Aytmatovning «Alvido, Gulsari»”, «Asrga tatigulik kun»”, O‘.Umarbekovning «Shoshma quyosh»”, O.Yoqubovning «Ko‘hna Dunyo»” asarlari asotsiativ syujet asosida qurilgan. Lirik poemalar syujeti ham assotsiativ usulga asoslanadi.

E.Xudoyberdievning «Adabiyotshunoslikka kirish» darsligida beshinchi syujet tipi sifatida sintetik syujet ko‘rsatiladi. Bu syujet tipi noizchil bayon uslubiga asoslangan syujet sifatida muallif tomonidan uni asosilovchi dalillari mavjud bo‘lsa-da, yuqoridagi syujet tiplapri singari teng kuchga ega deya olmaymiz.

Shuningdek, adabiyotshunoslikda «sayyor syujet» nazariyasi ham munozarali masalalardan biridir. Yuqorida aytilgan darslikda bu asossiz ta’limot sifatida e’tirof etiladi. O‘ranishlar natijasida uni asoslovchi dalillar ham talaygina ekanligini ko‘rish mumkin.

«Konflikt» so‘zi lotincha bo‘lib, «to‘qnashuv» degan ma’noni beradi. Badiiy asarlarda ifodalangan qarama-qarshiliklar va ularning kurashi konflikt deyiladi. Badiiy konflikt asardagi voqealar rivojiga quvvat berib turuvchi muhim komponent bo‘lib, har bir davr, har bir sanoat turi va janr imkoniyatiga qarab turli darajada namoyon bo‘ladi. Kofnlikt garmonik ‘olatning buzilishi natijasida paydo bo‘ladi va ana shu buzilishni bartaraf etish talab qilinadi. Konflikt hal etilishi natijasida yana avvalgi muvozanatning tiklanishiga yo‘l ochiladi yoki taqdirlar bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi. Konflikt vositasida siljishlar tug‘dirgan inson dramasining ildizlari ochiladi, hayotiy jarayonlar ichiga kirib boriladi. Jamiyat va inson hayotidagi barcha ziddiyatlar ortida turmushning ijtimoiy muammolari yotadi. Demak, har qanday konflikt u yoki bu darajada ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Asar boshida konfliktni yuzaga keltirib chiqargan va namoyish etgan motivning mazmuni voqealar dinamikasida, uning echilishida to‘la ayon bo‘ladi.

Syujet konflikt bilan bog‘liq bo‘ladi. Konfliktning mavjudligi, uning rivojlanib hal bo‘lishi qaxramonlar taqdiri va voqealarga tugallik beradi. Konflikt syujetni xarakatga keltiruvchi vositadir. Yozuvchi oldindan voqealarni belgilab qo‘ymay, xarakterlarni ochishi kerak. Xarakterlar syujet davomida o‘zgarib boradi. Xarakterlardagi o‘zgarishlar syujetga ham ta’sir qiladi. Syujetning faolligi mazmunning to‘laroq ochilishiga yordam beradi.

Konflikt - personajlar o‘rtasidagi to‘qnashuvdir. Xarakterlar qanchalik aniq, yorqin individuallashtirilgan bo‘lsa, konflikt shunchalik shiddatli va keskin bo‘ladi.

Intriga ham asli konflikt bo‘lib, chalkash voqealarga quriladi va asosan komediyada bo‘ladi.

Bir vaqitlar konfliksizlik nazariyasi hukm surgan bo‘lib, o‘sha davrda yaratilgan romanlargina emas, dramalarda ham konflikt yo‘qolib ketdi yoki juda kuchsizlandi. Konfliksizlik nazariyasining tugatilishi adabiyot va san’at taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Badiiy konfliktni borliqdagi real konfliktlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Konfliktni antogonistik va noantogonistik turlarga bo‘lib kelinardi. Biroq bunday qarama-qarshiliklar sanoatda o‘z ifodasini topsa ham, ular aslida ijtimoiy hayot hodisasi bo‘lgan sotsial kategoriyalardir. Barcha janr va davrda yaratilgan asarlar konfliktini bunday turlarga bo‘lib tasnif qilib bo‘lmaydi.

Aslida konflikt estetik kategoriya bo‘lib, u badiiy asarlarda hayotdagi qarama-qarshiliklarni ifoda etish vositasidir.

Shu jihatidan konflikt quyidagicha 3 xil bo‘ladi:

- qarama-qarshi kuchlar yoki tendensiyalar kurashi tarzidagi konflikt;

- qarama-qarshi xarakterlar kurashi tarzidagi konflikt;

- qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi tarzidagi konflikt yoki kolliziya konflikt;

Bularning birinchisi eng qadimgi asarlar uchun xos bo‘lib, unga Xomerning «Iliada», Navoiyning «Farhod va Shirin» asarlari misol bo‘ladi. Bunday konflikt hozirgi adabiyotda ham bor. Masalan, Oybek-ning «Qutlug‘ qon», romanidagi boylar va kambag‘allar kurashi tasviri, O.Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romanidagi Mahmud G‘aznaviy boshchiligidagi saltanat va ularning muxoliflari - xurufiylar o‘rtasidagi kurash tasviri.

Konfliktning ikkinchi turi shaxsning jamoadan ajrab chiqishi natijasida paydo bo‘lgan bo‘lib, oldingi adabiyotda uning ayrim un-surlari mavjud edi. Chunki Navoiy asarlarida ham xarakterning o‘zi yo‘q. A.Qahhorning «Sinchalak» qissasida Saida va Qalandarov, O.Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romanidagi haqiqiy Ibn Sino va soxta Ibn Sino, ya’ni Ibn Shaxvoniy o‘rtasida, Tohir Malikning «Shaytanat» qissasida Asadbek va Hosilboyvachcha o‘rtasidagi kurash xarakterlar kurashiga misol bo‘ladi.

Kolliziya konflikt inson ichki dunyosidagi qarama-qarshi kurashdan iboratdir. Bunday konflikt qadimdan lirikaga xos bo‘lib, hozirda yirik asarlar uchun ham xarakterlidir. M.Mansurovning «Mangu jang» romanida Burxon To‘kis, O.Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romanida Mahmud G‘aznaviy ongidagi tuyg‘ular kurashi konfliktning ushbu turiga namuna bo‘ladi.

Ayniqsa hozirgi adabiyotda konfliktning bu uch turini alohida asarlardan sof ‘olda qidirish samarasizdir. Hozirgi adabiyotda konfliktning bu uch turi murrakab sintezlangan holda aralash keladi. O.Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romanida qarama-qarshi kuchlar kurashi ham (Mahmud G‘aznaviy saltanati bilan Imom Ismoil boshliq xalq qasoskorlari), xarakterlar kurashi xam (Ibn Sino bilan Ibn SHa’voniy) qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi ham (Mahmud G‘aznaviydagi ichki ruhiy kolliziya) baravar berilgan.

Ayniqsa, dramatik asarlar juda kuchli konflikt asosiga quriladi. Shuning uchun ham dramatik asarlarda kurash juda keskin bo‘ladi, voqealar shiddatli rivojlanadi.

Demak, konfliktning qaysi turidan foydalanish san’atkor uchun texnologik masala bo‘lmasdan, borliqqa munosabat, voqealarning tarixiy tendensiyasi, ijtimoiy ziddiyatlarning rivojlanishi mantiqi, insonning murakkab ruhiy olamini anglash masalasidir.



Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish