GLOSSARIY
ONTOGENEZ- (yunon autos - o‘zim, genesis - kelib chikish) organik dunyoning tarixiy tarakkiyoti organizmning ichki, moddiy bo‘lmagan omillari ta’sirida sodir bo‘ladi, deb da’vo kiluvchi reaksion nazariyadir. Avtogenez organizmning butunligini, xayot sharoitlariga bog‘liqligini, uning tarakkiyot jarayonida, muhit, yashash sharoitlari ta’sirida tarkib topadigan belgi va xususiyatlarni inkor kiladi.
AKT- (lotin astus - xulk, xatti-xarakat) - psixologiyada akt deganda organizmning turli-tuman xarakterlari tushuniladi. (Masalan: Sensor akt).
AFFERENTATSIYa- (lotincha affersns -olib boruvchi) - refleks; rayonida retseptorlarda xosil bo‘lgan kuzgalishning (impulsning) tegishli asg markazlariga еtkazilishi.
BILISh- inson tomonidan vokealikni aks ettirish jarayoni. Agar bilish shaxsning o‘ziga karatilgan bo‘lsa, u u"z-o‘zini bilish deb ataladi. Bilish jarayoni sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlarda ifo-dalanadi. Bilish 2 boskichdan, ya’ni xissiy va ratsional boskichlardan iboratdir. Bilish - sezgi, idrok, tasavvurlar orkali xissiy boskichni, tafakkur xam da nutk orkali esa ratsional boskichni tashkil kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |