Oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish
|
Oy davomida qilingan xarajatlar
|
Jami xarajatlar
|
Xomashyo va material chiqitlar qiymati
|
Brak mahsulot qiymati
|
Tugallanmagan mahsulot qiymati
|
Boshqa chiqarib tashlashlar
|
Oy oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish
|
Tovar mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajatlar
|
1
|
2
|
3=1+2
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8=3-4-5-6-7
|
9
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Demak, ushbu jadval orqali tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlashimiz mumkin, ammo bu usul murakkab hisoblanadi. Seriyali ishlab chiqarish tusidagi ko‘pgina korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish normativ tannarxda baholanadi. Qisqa texnologik siklli ayrim sanoat tarmoqlarida (to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqalar) tugallanmagan ishlab chiqarish tannarxi xomashyo va materiallar xarajati bo‘yicha baholanib, qolgan barcha xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Ishlab chiqarishning seriyali xiliga mansub korxonalarda tugal- lanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi har chorakda, qator sanoat tarmoqlarida (masalan, to‘qimachilik, poyabzal, tikuvchilik) har oyda o‘tkaziladi.
6.7. ISHLAB CHIQARISHDA BRAK TUFAYLI YUZAGA KELGAN NOBUDGARCHILIK HISOBI VA ULARNI MAHSULOT TANNARXIGA O‘TKAZISH TARTIBI
Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri brak hisobiga hamda yarim tayyor mahsulot va boshqa moddiy boyliklarning buzilishi, kamomadi natijasida qiladigan nobudgarchiliklarni to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Ishlab chiqarishda brak deb, o‘z sifatiga ko‘ra belgilangan standart va texnik sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydigan detal hamda yarim tayyor mahsulotga aytiladi. Ishlab chiqarishda brakka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bunday mahsulotni qayta ishlash uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadi yoki undan umuman foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi.
Brak hisobiga nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra ishlab chiqarish tan- narxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar moddasi» tarkibida tannarxga qo‘shiladi.
Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Tuzatilishi mumkin bo‘lgan mahsulot.
2. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot.
Brak topilgan joyiga ko‘ra ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka bo‘linadi. Texnik nazorat bo‘limining xodimlari bunday mahsulotlarni akt hujjatlari bilan rasmiylashtiradilar. Brakning kelib chiqish sababi, uning aybdori, aybdordan ushlab qolinadigan mablag‘ va boshqa ma’lumotlar ana shu dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Sintetik hisobi 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» schyotida yuritiladi. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish schyoti ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi hamma asosiy xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan tashkil topadi. Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo‘yicha joyida dalolatnoma tuzilib ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish 2610- schyoti bo‘yicha analitik hisobi korxonaning alohida sexlari bo‘yicha, mahsulot turlari bo‘yicha, xarajatlar moddalari bo‘yicha, yaroqsiz mahsulotning vujudga kelish sabablari va aybdorlari bo‘yicha yuritiladi.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish»
schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |