O‘zbekiston respublikasi oli
Buxgal-xisobi (2)
6.6. TUGALLANMAGAN ISHLAB CHIQARISHNI BAHOLASH VA HISOBGA OLISH Tugallanmagan ishlab chiqarish deb, 100% tayyor mahsulot holatiga kelmagan va shu sababli xaridorga sotib bo‘lmaydigan mahsulot qismiga aytiladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini va uning tayyor mahsulot darajasiga qanchalik yaqinligini aniqlash buxgalteriya hisobi uchun juda muhimdir. Bu turdagi ishlab chiqarish tarkibiga qayta ishlash jarayonidan o‘tgan xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlar o‘zi tayyor holga keltirilgan, ammo texnika nazorati bo‘limi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotlar kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini aniqlash uchun mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan detal, qism va shu kabilarning harakati hisobini yuritish lozim. Mahsulot ishlab chiqarishning har bir fazasida vaqti-vaqti bilan mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirish, hisob ma’lumotlarini inventarizatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davomida inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlarning haqiqiy soni, miqdori ko‘rsatilibgina qolmay, balki ularning tayyorlik darajasi ham qayd etiladi. Bu, o‘z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni tayyorlik darajasiga ko‘ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tayyor mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo‘llaniladigan kalkulyatsiyalash moddalari bo‘yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini qoplash, ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Korxonada tugallanmagan ishlab chiqarishlariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotga tegishli xarajatlarni aniqlash uchun ularni har oyda baholab turish lozim. Bunda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot tannarxini aniqlash uchun oy boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga oy davomida qilingan xarajatlarni qo‘shib, hisobdan chiqarilgan, qaytarilgan hamda oy oxiriga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini olib tashlash lozim. Shu boisdan ham tugallanmagan ishlab chiqarishlarni to‘g‘ri aniqlash va ularni baholash muhim ahamiyatga ega. Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini aniqlash uchun xara- jatlarning quyidagi shakldagi umumiy qaydnomasi tuziladi:
Download 0,96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |