Bankning uzoq va qisqa muddatli qarzlarining uzilishi
7810
6810
5210
2.4.BANKDAGI MAXSUS SCHYOTLARDA BAJARILADIGAN PUL MUOMALALARINING HISOBI
Akkreditiv – bu mol yetkazib beruvchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning xaridor korxonaga xizmat qiluvchi bank tomonidan qarzni to‘lash haqidagi topshirig‘i.
Hisob-kitobning akkreditiv shakli asosan shaharlararo hisob- kitoblarda qo‘llaniladi.
Akkreditiv mol yetkazib beruvchi korxona joylashgan joydagi bankda joylashadi.
Xaridor korxona o‘zining bankiga akkreditiv ochish haqida ariza topshiradi. Bank xaridor korxonaning ma’lum miqdordagi mablag‘ini deponentlashtiradi va bu haqida mol yetkazib beruvchi bankka ma’lum qiladi. Akkreditivni korxona o‘z mablag‘lari yoki bank qarzi hisobidan ajratishi mumkin.
Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob muomalalari amalga oshirilganda quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi:
Maxsus schyotlarni korxona o‘z vakili orqali uzoq muddat ichida xo‘jalik faoliyatini qaysi ma’muriy hududda olib boradigan bo‘lsa o‘sha joyning bankida ochadi.
Akkreditiv va maxsus schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar 5510-
«Akkreditivlar» degan schyotda hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 3- jurnal orderda yuritiladi.
Rejalik to‘lovlar – korxonalar orasida muttasil tovar-material
qiymatliklar jo‘natilib yoki xizmatlar ko‘rsatilib turilsa, amalga oshiriladi.
Rejali to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol
yuboruvchining balansida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» bunda «Rejali to‘lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi.
Analitik hisob 7 vedomostda har bir debetor bo‘yicha yuritilsa, olib borilsa, sintetik hisob 11-jurnal orderda yuritiladi.
Cheklar bo‘yicha hisob-kitob bir shahar ichida amalga oshiriladi. Hisob-kitob cheki orqali schyot egasi o‘z schyotidan ma’lum summani chek olgan korxona schotiga o‘tkazish haqida ko‘rsatma beradi. Chek mol yetkazib beruvchi vakiliga berilgan kundan boshlab 10 kun davomida haqiqiy bo‘lib, so‘ngra o‘z kuchini yo‘qotadi.
5520-«Chek daftarchalari» schyoti bo‘yicha 3-jurnal order yuritiladi. Cheklar bo‘yicha muomalalarga quyidagicha schyotlar aloqasi beriladi.