2-Rasm. Oliy O’quv yurti axborot resurslarining tarkibi
Nazorat savollari:
1.
Axborotlashgan jamiyat nima?
2.
Axborot resursi deganda nimani tushunamiz?
3.
Axborot bozori deganda nimani tushunamiz?
4.
Informatsion inqilob deganda nimani tushunamiz?
5.
Axborotlashgan jamiyat bosqichdagi davlatlarga qaysilar kiradi?
Oliy o’quv yurti axborot resurslari
Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, o’quv-metodok materiallar
Ta’lim
tizimi normative xujjatlari
Ta’lim Vazirligi va boshqa organlar buyruq, ko’rsatma va hokazo
xujjatlari
O’qituvchi, xizmatchi va talabalar to’g’risida ma’lumotlar
Buxgalteriya, iqtisodiy-rejalashtirish bo’limlari ma’lumotlari
Material resurslat to’g’risida ma’lumotlar
Arxib ma’lumotlar
Internetda e’lon qilingan ma’lumotlar
. . . . . .
Mavzu № 4: Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari
Reja:
1. Axborotlashgan jamiyatda iqtisodiyot va mehnat
2.Axborotlashgan jamiyatda madaniyat
3. Axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimi
Moslashuvchan ishlab chiqarish, on-line tarmoqlar,ishbilarmonlik axboroti, kasbiy
axborot,iste’molchilar uchun axborot,ta’lim xizmatlari,axborot madaniyati,tarmoq
madaniyati
Axborotlashgan jamiyatga o’tish iqtisodiyotda material ishlab chiqarish( qishloq xo’jaligi,
sanoat)ning ikkinchi darajaga o’tqazilib, xizmat ko’rsatish, jumladan axborot xizmati ko’rsatish
sohasining asosiy rol bajarishi jarayoni bilan uyg’unlashadi. Axborotlashtirish natijasida XX
asrning ikkinchi yarmida mehnat resurslarining material ishlab
chiqarish sohasidan axborot
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga oqib o’tishi yuz berdi. XX asr o’rtalarida sanoat
sohasida ishlovchilarning 2/3 qismi band bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu sohada
rivojlangan davlatlarning 1/3 aholisi banddir. Masalan, 80-yillarda AQSHda qishloq xo’jaligida
3%, sanoatda 20%, xizmat ko’rsatish sohasida 30% , axborot sohasida 48% aholi band bo’lgan.
Axborot sohasida ishlovchilarga o’qituvchilar, bank xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, dasturchilar
va boshqalarni kiritish mumkin. Bundan tashqari axborotlashtirish sanoatning an’anaviy
sohalaridagi mehnat xarakterini ham o’zgartirdi. Bu holatga robototexnik
tizimlarning paydo
bo’lishi, mikroprotsessorli texnikaning keng qo’llanilishi sabab bo’ldi.
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining muhim xususiyati – uning globallashuvidir.Bir necha
asrlik o’zaro bog’liq iqtisodiyotidan farqli ravishda , global iqtisodiyot “real vaqt” rejimida butun
planeta masshtabida mavjud bo’ladi va faoliyat ko’rsatadi.”Real vaqt”
rejimi termini tizimni
boshqarish qarorlarini qabul qilish va ularning realizatsiyasi ushbu tizimda ro’y berayotgan
texnologik jarayonlardan tezroq amalga osirilishini anglatadi. Global iqtisodiyot axborot va
kommunukatsion texnologiyalarga asosiga qurilgan bo’lib, boshqa sharoitda mavjud bo’la
olmaydi. Yangi texnologiyalar qisqa vaqt ichida kapitallarni dunyo bo’ylab,
bitta milliy hudud
iqtisodiyotidan ikkinchi milliy hudud iqtisodiyotiga o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, milliy
institutlarini bir tarmoqqa birlashtiradi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyoti ishlab chiqarishni
tashkil etishning yangi formalariga ega bo’ladi. Axbarot texnologiyalari
moslashuvchan ishlab
chiqarishlar deb ataluvchi qisqa muddatlarda yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslasha
oladigan ishlab chiqarish turiga asos soldi.Bunday tizimlar bozor talabiga tezroq moslasha olgani
uchun, an’anaviylariga nisbatan effektivroq bo’lib hisoblanadi.Axborotlashtirishning yana bir
oqibati – o’rta
va kichik firmalar soni, raqobqtbardoshliligining oshib borishidir.
Axborotlashtirish jarayonida “tarmoq tashkiloti” deb ataluvchi tashkilotlar shakli vujudga kelib,
bunday umumlashmalarning alohida elementlari ham mustaqil, ham birgalikda faoliyat ko’rsata
oladi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining yana bir xarakteristikasi – rivojlangan axborot
mahsulotlari va xizmatlari bozorining mavjudligidir. Ushbu bozor quyidagi sektorlarga ega:
Ishbilarmonlik axboroti(birja, moliya, statistika, tijorat axborotlari);
Kasbiy axborot(alohida kasblar bo’yicha,ilmiy-texnik, axborotlar);
Iste’molchilik axborotlar(yangiliklar,
turli jadvallar,qiziqarli axborotlar);
Ta’lim xizmatlari
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida aholining ish bilan ta’minlanganlik strukturasi ham
o’zgarmoqda.:
Material ishlab chiqarish sohasi(sanoat va qishloq xojaligi)da band bo’lgan
aholi
hissasining kamayib borishi;
Xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi foizining va xizmat ko’rsatish turlarining
o’sib borishi;
Boshqaruv va texnik ish joylari sonining tez ortishi;
Ishlovchi aholining material ishlab chiqarishi sohasidan,
axborot ishlab chiqarish va
axborot xizmatlari sohasiga oqib o’tishi bu borada yangi mehnat shakllariining paydo bo’lishiga
olib keldi.: bular moslashtirilgan ish kuni, uyda ishlash kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: