Axborot qarama-qarshiliklari va urushlari.
Insoniyat tarixida ko’p sonli davlatlararo,
dinlararo, millatlararo qarama-qarshiliklar bo’lgan.Afsuski, zamonaviy jamiyat ham ushbu
qusurdan holi emas. Axborotlashgan jamiyatlarda qarama-qarshiliklarning an’anaviy turlariga
yangi axborot texnologiyalari vositasida vujudga kelgan turlari qo’shildi.”Axborot qarama-
qarshiligi” tushunchasi 80-yilar o’rtalarida paydo bo’ldi. Ushbu termin ommaviy axborot
vositalarida 1991 yilda Iroqqa qarshi AQSh va uning ittifoqdoshlari tomonidan otkazilgan
“Sahrodagi bo’ron” operatsiyasidan keyin keng yoritila boshladi. Bu erda birinchi marta
axborot texnologiyalaridan jang xarakatlari vositasi sifatida foydalanildi.”Axborot qarama-
qarshiligi” termini ochiq yoki maxfiy ko’rinishdagi material sohada manfaat ko’rish maqsadida
tomonlarning bir-biriga informatsion ta’sir o’tkazish ma’nosini anglatadi.Axborot qarama-
qarshiligi asosida psixologik va dunyoqarash faktorlari yotadi; uning metodologiyasi axborot
texnologiyalariga tayanadi. Bunday qarama-qarshilikda infomatsion ta’sir ob’ektlari sifatida
axborot infrastrukturasi va dushman psixologiyasi xizmat qiladi.Informatsion qarama-qarshilik
qarshi tomon davlat boshqaruvi tizimi, uning harbiy-siyosiy boshqaruvi , ommaviy axborot
vositalari , jamoatchiligi, alohida shaxslariga nisbatan kompleks ta’sir o’tkazishni o’z ichiga
oladi. Dezinformatsiya, axborotlarni yashirish, haddan ziyod ortiqcha ma’lumot tarqatish – bu
axborot qarama-qarshiligi usullarining to’la bo’lmagan ro’yxatidir. Sistemali tarzda tashkil
qilingan informatsion ta’sir qarshi tomonning informatsion ta’sir o’tkazayotgan tomon uchun
foydali bo’ladigan qaror qabul qilishiga olib keladi.Bunga qarshi tomon axborot tizimlariga ta’sir
ko’rsatish va shu bilan birga o’z axborot xavfsizligini mustahkamlash yo’li bilan
erishiladi.Axborot qarama-qarshiligi og’ir ko’rinishi - axborot urushi hodisasidir.Axborot
urushlarining asosiy ob’ektlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Davlat organlari tomonidan foydalaniluvchi aloqa va axborot-hisoblash tarmoqlari;
Askarlarni boshqarish masalalarini hal etuvchi informatsion infrastruktura;
Banklar, transport, sanoat korxonalarini boshqaruvchi informatsion va boshqaruv
strukturalri;
Ommaviy axborot vositalari;
Buzilishi raqibga zarar keltirishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy boshqa axborot tizimlari.
Oxirgi
yillar
tajribasi
texnologik
jihatdan
rivojlangan
mamlakatlarning
harbiy
kelishmovchiliklarda informatsion urushning barcha usullaridan foydalanayotganlarini
ko’rsatmoqda.
Axborot texnologiyalarbning hayotning barcha sohalariga ommaviy tadbiq etilishi XX asr
oxiri – XXI asr boshlarida insoniyatning yangi jamiyat formatsiyasi bo’lmish “Axborotlashgan
jamiyat” ning boshlang’ich bosqichiga qadan qo’yishiga olib keldi.Rivojlangan axborotlashgan
jamiyat yangi texnologiyalar, axborot resurslari va ularni qayta ishlash vositalariga ega bo’lib,
o’zidan oldin mavjud bo’lgan jamiyatdan iqtisodiyoti, ijtimoiy sohasi, madaniyati, ta’lim tizimi,
maishiy va boshqaruv sohalari jihatidan katta farq qiladi. Insoniyat oldidagi muhim vazifa ushbu
farqlarning odamlar uchun foydali bo’lishiga erishishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |