Ko’zning spektral sezgirligi.
Ko’z bilan birgalikda ishlovchi optik asboblarga ham ko’zga tasir etuvchi nurlanish dastasi bilan ish ko’radi. Bu nurlanish dastasiga yorug’lik spektrining ko’rinadigan qismi kiradi. To’lqin uzunliklarining birgalik ko’zga ta’sir etishi oq rang faqatgina bitta to’lqin uzunligining ko’zga ta’sir etishi (monoxramatik va rang sifatini qabul qiladi). Bir xil qiymatdagi lekin har xil to’lqin uzunligiga ega bo’lgan yorug’lik dastasi ko’z setchatkasiga turli xil ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu ta’sir to’lqin uzunligi va intensivligi bo’yicha farq qiluvchi xissiyotlar tug’diradi. Ko’zga eng kuchli ta’sir etuvchi nurlanish sariq va yashil ranglarga to’g’ri keladi. 555 nm. li to’lqin uzunligidagi nurlanishni ta’sirini shartli birlik sifatida qabul qilingan. Boshqa to’lqin uzunligidagi nurlanishlarning ko’zga ta’sirini nisbiy spektral sezgirlik koeffitsienti bilan baholanadi.
vλ – λ to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlanishning absolyut spektral sezgirligi.
vλ=555 – λ=555 nm to’qin uzunlik uchun absolyut spektral sezgirlik.
Ko’zning nisbiy spektral sezgirligi egri chizig’i 4- rasmda ko’rsatilgan.
Yoritilganlik kamayganda ko’zning nisbiy sezgirligi spektral chizig’i havorang sohaga siljiydi. Shuning uchun kechki paytda ko’zning spektral sezgirligi maksimumi 555 nm ga to’g’ri keladi. Bu hodisa Purkune effekti degan nom olgan.
Mavzu: Optik linza. Optik linzaning qo’llanilishi. Linzaning focus masofasi va harakteristikasi. Linzaning ko’rish kengligi va chegarasi. Optik linzaning sezish qobiliyati. O’zraruvchan focus masofali linzalar va ularning turlari
Linza – deb, ikki sindiruvchi sferik yuza bilan chegaralangan optik detalga aytiladi. Tekistlik deganda egrilik radiusi cheksizlikka teng bo’lgan sferik yuzaga aytiladi. Orqa fokus masofasining ishorasiga qarab hamma linzlarni ikki tuga bo’lish mumkin.
Musbat (yig’uvchi) f > 0
Manfiy (sochuvchi) f < 0
Manfiy linzalarni ham musbat linzalarni ham uch turga bo’lish mumkin. (1-rasm)
1 – Egrilik radiuslarining ishoralari turli xil bo’lgan linzalar. Bu linzalarga ikki tomonlama qavariq va botiq linzalar misol bo’la oladi. (1-rasm, a).
2 – Sindiruvchi yuzalaridan biri tekislikdan iborat bo’lgan linzalar. Bunda tekislikning egrilik radiusi r=∞ bo’ladi. Bu linzalarga qavariq, yassi qavariq ( r>0, r2=∞ ) va yassi botiq ( r1<0, r2=∞ ) linzalar kiradi.(1-rasm, b)
3 – Egrilik radiusi bir xil ishoraga ega bo’lgan linzalar. Bunday linzalarni menisk deb nolashadi. Qavariq yuzasining radiusi absolyut kattalik bo’yicha botiq yuza radiusidan kichik bo’lgan menisklarni musbat ( r1>0, r2>0, r12) aksi bo’lsa esa manfiy ( r1>0, r2>0, r1>r2 ) deb hisoblash mumkin. Linzalarning konstruktiv parametrlariga egrilik radiuslari(r1va r2) ni qalinligini d va sindirish ko’rsatkichini kiritish mumkin. Ko’pchilik hollarda 1 va 2 chi muhitning sindirish ko’rsatkichi 1 ga teng bo’ladi. Linzalarning ba’zi bir turlari va ularning xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:
1) Bitta yassi tekislikka ega bo’lgan linza (r2=∞) bu linza musbat ham manfiy ham bo’lishi mumkin. r1>0 bo’lsa musbat, r1<0 bo’lganda manfiy bo’ladi. Linzaning optik kuchi quyidagi formuladan topiladi.
(1)
Bu yerda: d-tekisliklar cho’qqilari orasidagi masofa, r2=∞ bo’lgani uchun:
Fokus masofaning ishorasi radiusning ishorasi bilan aniqlanadi.
Asosiy tekislikning holati quyidagi formulalar orqali aniqlanadi.
(2)
(3)
Bu formulalarga va r2=∞ qiymatlarini qo’ysak formula quyidagi ko’rinishga keladi.
Bu yerdan ko’rinib turibdiki bitta yassi tekislikka ega bo’lgan linzaning orqa fokus masofasi linzaning qalinligiga bog’liq emas. Asosiy tekislikdan bittasi linzaning cho’qqisi bilan ustma – ust tushadi, ikkinchisi esa linzaning ichida joylashgan bo’ladi. (1-rasm, b).
2) Absolyut kattaligi bo’yicha radiuslari teng lekin qarama – qarshi ishoraga ega bo’lgan linzalar.
(1) formulaga r1=r2=r qo’yib;
Bu holda asosiy tekisliklar linzaning ichida joylashgan bo’ladi.(1-rasm.a)
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |