Tog‘ jinsining bir o‘q bo‘lab siqilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash.
1.Kirish
Tog‘ jinslarining mustahkamlik parametrlari konchilik ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyalarining samaradorligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi (portlatish, burg‘ulash, kon massasini qazib yuklash, maydalash, tog‘ jinslarini boyitish fabrikalariga jo‘natishdan oldin yanchish jarayonlarida).
Tog‘ jinsi mustahkamligi xossalariga oid bilim va ko‘nikmalariga asoslangan holda quyidagi asosiy masalalar echiladi:
- tog‘ jinslarini parchalovchi mexanizmlarning ish unumdorligini;
- tog‘ jinslarini parchalovchi vositalarning ish rejimi va tuzilmaviy o‘lchamlarini optimallashtirishda;
- tog‘ jinslarini parchalovchi vositalarini takomillashtirishda va yangi samaradolilarini ishlab chiqishda.
2.Ishdan maqsad
Ishdan maqsad- tog‘ jinslarining bir o‘q bo‘ylab siqilishga mustahkamlik chegarasini tajribada hisoblash.
3.Nazariy qism
Tog‘ jinsining mustahkamlik chegarasi-unga parchalanish vaqtidagi beriladigan bosm kuchiga qarshiligidir. Tog‘ jinslarining bir o‘q bo‘ylab siqilishga mustahkamlik chegarasida uni parchalovchi kuchlar ko‘rinishiga bog‘liq xolda quyidagilarga bo‘linadi, siquvchi σsiq, chuzuvchi σcho‘z, suruvchi va boshqalar.
Xalqaro birliklar sestemasida mustahkamlik chegarasining o‘lchov birligi – Paskal (Pa), 1 Pa = 1 N/m2deb qabul qilingan.
Sanab o‘tilgan kuchlar orasidagi munosabat quyidagicha bo‘ladi:
,
.
Tog‘ jinsining mustahkamlik chegarasi davlat standartlariga (GOST) mos ravishda aniqlanadi. Tog‘ jinsining siqilishga σsiq mustahkamlik chegarasi standartga muvofiq to‘g‘ri kub yoki silindr shaklidagi, o‘lchamlari bo‘lgan namunalarni press plitalari orasida siqish orqali aniqlanadi. Tog‘ jinsining cho‘zilishga σcho‘z bo‘lgan mustahkamlik chegarasi qoidaga muvofik bilvosita usullarda aniqlanadi (plastinkani yorish, noto‘g‘ri shakldagi namunani ezish, silindrni shakli bo‘yicha ezish, plastinkani egish, prizmani egish, o‘qdosh puonsonlar usuli, yo‘naltirilgan yuklama usuli).
Davlat standartlari bo‘yicha tog‘ jinsining cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlashning zamonaviy usuli bu plastinkani yorish yoki silindrni shakli bo‘yicha ezish usulidir.
Tog‘ jinsining surilishga (kesilishga) bo‘lgan mustahkamlik chegarasi aniq kesish yoki qiya matrissalarda siqish orqali siljitish yo‘li orqali aniqlanadi.
4.Tajriba qurilmasi
Tajriba qurilmasi tog‘ jinsi namunalarini bir o‘q bo‘ylab siqilishga, cho‘zilishga va siljitishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda namunaning vaqtinchalik siqilishga qarshilik ko‘rsatkichini aniqlashga mo‘ljallangan IP-1A-1000 PK gidravlik press (kompyuter bilan jihozlangan) 2-rasm.
2-rasm. IP-1A-1000 PK sinov mashinasining umumiy ko’rinishi.
Tog‘ jinslarining bir o‘q bo‘ylab siqilishga σsiq mustahkamlik chegarasini hisoblash uchun muljallangan moslama yassi asos bilan ikkita plitadan iborat bo‘lib ulardan biri namunani sinashda vertikal xolatini ta’minlash maqsadida sharikli sharnir orqali press plitasiga ulangan.
5. Tajribani o‘tkazish uslubi
Yarim to‘g‘ri kubik shaklda tanlab olingan namuna sinchkovlik bilan o‘rganib chiqiladi. Nuqsonli (qirralari keskin singan, darzlangan va boshqalar) kubik yaroqsiz hisoblanadi. Tajriba uchun faqat nuqsonsiz namunalar tanlab olinadi.
Olingan namunaning bosim tushayotgan yuzasi o‘lchamlari shangenserkul yordamida o‘lchanadi va uning yuzasi xisoblanadi S.
Tanlab olingan namuna pressda siqiladi. Namuna shunday joylashtiriladiki siqilish jarayoni ikkita silliqlangan yuza orasida sodir bo‘ladi. Siqilish tezligi – (5÷10)·105 Pa/s.
Namunani parchalash uchun berilgan kuch Fsj aniqlanadi va qiymati 7-jadvalga to‘ldiriladi. Har bir namuna uchun alohida hisoblanadi.
Tajriba natijalari statik qayta ishlanadi.
Oxirgi natija quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
va = …, % uchun MPa,
Bu er - kuchlanishlarning o‘rtacha qiymati, MPa;
- ishonchlilik oralig‘i, MPa;
- ishonchlilik aniqliligi;
- o‘zgaruvchanlik nisbati, %.
7-jadval
Tog‘ jinsining nomi ………..
Sinov tartib raqami
|
O‘rtacha kuchlanish maydoni S, m2
|
Parchalovchi kuch Fsj, N*
|
, MPa
|
Ioh
|
1
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
n
|
|
|
|
|
*Tajriba ishini o‘tkazishda foydalanilgan pressning dinomametri kilogramm kuch birligida moslashtirilgan, 1kg.kuch= 9,81 N.
Do'stlaringiz bilan baham: |