1.Kirish
Tog‘ jinsi mustahkamligi bu - tog‘ jinslarining kon texnologik jarayonlarda qazib olishga, buzilishga, maydalanishga bo‘lgan qarshilik xarakteridir. Tog‘ jinsi mustahkamligi tushunchasini fanga prof. M.M. Protodyakonov(kattasi) kiritgan bo‘lib, tog‘ jinsi mustahkamli koeffitsienti son qiymati birligi qilib f,ni taklif qildi, tog‘ jinsi mustahkamligiga bog‘liq xarakteridan biri bu siqilishga bo‘lgan qirshilik kuchidir. Prof. M.M. Protodyakonov(kattasi) tomonidan tog‘ jinsi mustahkamligi kategoriyalari ishlab chiqildi va ular mos ravishta 10 ta kategoriyaga bo‘lindi.
Tog‘ jinsi mustahkamligi birinchi kategoriyasiga mustahkamlik koeffitsienti yuqori bo‘lgan tog‘ jinslari kiradi(f = 20), o‘ninchi kategoriyasiga esa mustahkamlik koeffitsienti eng kichik (f = 0,3)bo‘lgan, yumshoq tog‘ jinslari kiradi.Tog‘ jinsi mustahkamlik koeffitsienti 0,3dan 20 gacha bulgan oraliqda buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |