2. Ishdan maqsd
Laboratoriya sharoitida tog‘ jinsining mustahkamlik koeffitsientini zarb berish usulida aniqlash.
3.Nazariy qism
Tog‘ jinsining mustahkamlik koeffitsienti bizga burg‘ulash va portlatish ishlarida bug‘ulash stanogini, portlovchi moddlarni tanlashda undan tashqari uranni er ostidan tanlab eritib olishda kerak bo‘ladi.
Tog‘ jinslarini mexanik yoki boshqa usullar bilan massivdan ajratib olinganda maydalanish jarayoni sodir bo‘ladi. Tog‘ jinslari massivda maydalanganda bir vaqtning o‘zida siqilishga σsiq, cho‘zilishga σcho‘z, siljishga τsil, egilishga σegil bo‘lgan qarshilik kuchi vujudga keladi. Tog‘ jinslarining maydalanishga bo‘lgan umumiy qarshiligi quyidagicha buladi.
σmay= (σsiq+ σcho‘z+ τsil+ σegil)
Mustahkamlik bu-tog‘ jinslarining massivda bo‘layotgan har qanday madalanishga qarshi harakat qilayotgan ko‘satkichlar yig‘indisidir. Mustahkamlik va chidamlilik tushunchasi bir-biridan butkul farq qiladi, mustahkamlik bu-xarakatda bo‘lgan buzishga qo‘yilgan kuchga qarshilikdir.
Mustahkamlik koeffitsienti birligi qilib glinaning mustahkamlik koeffitsienti qabul qilingan, glinaning o‘rtacha mustahkamlik koeffitsienti 100 kg/sm2 ga teng. U xolda tog‘ jinsi mustahkamlik koeffitsienti
f= , glina uchun
Prof. M.M. Protodyakonov(1911 g.) ko‘p sonli kuzatuvlar natijasida shuni aniqladiki, tog‘ jinslarining bir o‘q bo‘ylab siqilishga qarshiligi qancha katta bo‘lsa, cho‘zilishga, egilishga, siljishga va siqilishga qarshiligi ham katta bo‘ladi. SHuni xisobga olib, tog‘ jinslarining qarshiliklari har qanday sharoitda ham tog‘ jinslarining bir o‘q bo‘ylab siqilishga qarshiligiga mutanosib bo‘ladi. SHuning uchun tog‘ jinslarining maydalanishga bo‘lgan umumiy qarshiligi o‘rniga tog‘ jinslarining siqilishga bo‘lgan qarshiligi taklif qilindi. Unda tog‘ jinslarining mustahkamlik koeffitsient
bu yerda σsiq –to- jinsining bir o‘q bo‘ylab siqilishga bo‘lgan qarshiligi kg/sm2 ;100-glinaning bir o‘q bo‘ylab siqilishga bo‘lgan qarshiligi, kg/sm2.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik koeffitsient va bir o‘q bo‘ylab siqilishga bo‘lgan qarshiligi orasidaga aniqroq frmulasi L.I. Baronaning empirik formulasida keltirilgan
Sinov uchun to‘g‘ri shakildaga namunani tayyorlash-etarli darajada qiyin va og‘ir ish. Bundan tashqari o‘rta mustahkamlikdaga yumshoq tog‘ jinslaridan to‘g‘ri shakldagi namunani tayyorlashning imkoni yo‘q. Mustahkam tog‘ jinslarini kesish uchun ularni tabiiy xolatini uzgartiruvchi suv va chilvirlovchi parashoklar ishlatiladi.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik koeffitsientini aniqlashni engillashtirish uchun M.M. Protodyakonov (kichik) tomonidan tog‘ jinslariga zarb berishga ososlangan soddalashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik koeffitsientini aniqlashni zarb berish uslubi, tog‘ jinslarini maydalashda talab qilinadiga ishlar mutanosibligi tartibini va yangi xosil bo‘ladigan xajim yuzalarini o‘z ichiga oladi.
Agar maydalash jarayoni o‘zgarishsiz qolsa, unda yanga hosil bo‘lgan yuza kattaligi turli materiallar uchun ularning mustahkamligiga teskari proporsional o‘zgaradi. Materiallar qancha chidamli bo‘lsa, yangi hosil bo‘ladigan yuza ham shuncha kam buladi va buning teskarisi. Tog‘ jinslariga zarb berish uslubida olingan mustahkamlik koeffitsientining qiymati, M.M. Protodyakonov (katta) olgan mustahkamlik koeffitsientining qiymatiga mos keladi.
1952 yilda Prof. M.M. Protodyakonov (kichik) tomonidan mustahkamlikni aniqlashning eng sodda uslubi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu usul bevosita zaboy oldida, karerda, shaxtada uskunani olib kelib joyida tog‘ jinsini mustahkamlik koeffitsientini aniqlash imkonini beradi. Zarb berish uslubi hozirgi vaqtda ham nafaqat yumshoq tog‘ jinslarida balki qattiq tog‘ jinslarida ham keng qo‘llanilab kelmodja.
Do'stlaringiz bilan baham: |