Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatish
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan uchaskaga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lgan barcha taraflaridagi tok o‘tkazuvchi qismlarni hamma fazalari (qutblari) yerga ulanishi shart. Butunlay o‘chirilib, bitta yerga ulagich o‘rnatish yetarli bo‘lgan umumiy shinadagi ish bundan mustasno.
O‘chirilgan tarmoq, ayirgichlarida ish olib borganda, ulardagi yerga ulagich pichoqlarining borligidan qatiy nazar, ayirgichlardan ketgan elektr uzatishsimlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o‘chirib-yoqqanda buzmaydigan qilib, qo‘shimcha yerga ulagich o‘rnatilishi shart.
Elektr uskunalarning yerga ulangan tok o‘tkazuvchi qismi kuchlanish ostida qolgan tok o‘tkazuvchi qismidan ko‘zga ko‘rinadigan qilib uzilgan joy bilan ajratilishi shart.
O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qismlardan o‘chirilgan o‘chirgichlar, ajratgichlar, uzgichlar yoki quvvat o‘chirgichlari, olib qo‘yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo‘lishi mumkin.
Agar boshqa kuchlanish ostidagi elektr uskunalari elektr maydoni tasirida ish joyida kuchlanish (potensial) hosil qilishi mumkin bo‘lsa, bevosita ish joyiga qo‘shimcha yerga ulagich qo‘yilishi shart.
Ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘kazuvchi qismlarning bo‘yoqlaridan tozalangan joylariga qo‘yilishi kerak.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarining umumiy shinalari, (izolyatsiyali simlardan qilingan shinalardan tashqari) va shitlarida ish olib borganda, ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va yerga ulanishi shart.
Bu taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoqlariga, shitlariga yig‘imlari va ularga ulangan jihozlariga yerga ulagichni o‘rnatish kerakligini va mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniqlaydi.
Ishni bajarish xususiyati (izolyatsiya qarshiligini o‘lchash va h.k.) talab qilgan taqdirda ish joyini tayyorlashda ko‘yilgan yerga ulagichni vaqtinchalik olib qo‘yishga ruxsat beriladi.
Yerga ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o‘z joyiga qo‘yishni navbatchi, tezkor-ta’mirlash xodimi yoki naryad beruvchi ko‘rsatmasi bilan ishboshi amalga oshiradi.
Yerga ulagichni vaqtinchalik olishga va uni ish bajaruvchi tomonidan amalga oshirilishini naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satriga yozib qayerda va nima maqsadda yerga ulagich olinishi kerakligi qayd qilinishi shart.
Elektr uskunalarning yerga ulagich o‘rnatish xavfli yoki o‘rnatishning iloji bo‘lmagan konstruksiyalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi yashiklarda, komplekt taqsimlovchi elektr uskunalarining ayrim tiplarida, fazalari vertikal joylashgan taqsimlovchi shitlarda) ish joyini tayyorlashda yerga ulagichni qo‘ymasdan ajratgich pichoqlariga dielektrik qo‘lpoq kiygizish yoki kommutatsion apparatlarining kontaktlari orasiga izolyasion nakladka qo‘yish mumkin.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida yerga ulagichni qo‘yish va olish III gruppaga ega bo‘lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimiga ruxsat etiladi.
1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida:
Ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatishni ikki kishi bajarishi shart:
biri IV gruppali (navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan), boshqasi III gruppali; III gruppali ishchi ta’mirlash xodimlaridan bo‘lishi mumkin, iste’molchilar ulamasiga yerga ulagichni o‘rnatish-istemolchi xodimlari qatnashuvida bajariladi. Uzoqda joylashgan podstansiyalarda ma’muriy-texiik xodimlarning yoki dispetcherning ruxsati bilan asosiy sxemalarda yerga ulagichni o‘rnatishda. ikkinchi xodim sifatida III gruppali iste’molchi xodimi ishlashiga ruxsat beriladi;
Yerga ulagich pichoqlarini IV gruppaga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-tamirlash xodimlaridan bir kishi ulashi mumkin. Yerga ulagich pichoqlarini o‘chirish va ko‘chma yerga ulagichni olishni navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan III gruppaga ega bo‘lgan bir kishi bajarishi mumkin.