O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 17,64 Mb.
bet3/114
Sana09.07.2022
Hajmi17,64 Mb.
#764509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
УМК узб

6

O’quv dasturi




6.1

Ishchi - o’quv dasturi




6.2

Tarqatma materiallar




6.3

Testlar




6.4

Umumiy savollar




6.5

Adabiyotlar ro’yxati





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI



XAVFSIZLIK QOIDALARI”


fаnidаn
MA’RUZALAR MATNI

1– Ma’ruza
Elektr tokini kishi organizmiga ta'siri.
Reja.

  1. Elektr tokini kishi organizmiga ta'siri.

  2. Umumiy talablar.

  3. Xodimlarga talablar.

Elektr toki urishi to‘rt darajaga bo‘lib qaraladi:
I - muskullar keskin kiskarilishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va xushini yo‘kotmaydi;
II - muskullar keskin kiskarishi natijasida odam xushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi;
III - muskullar keskin kiskarishi natijasida odam xushini yo‘qotib, nafas olish sistemasi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.
IV - klinik o‘lim xolati, bunga insonga xech qanday xayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.
Klinik o‘lim xolati - bu xayot bilan o‘lim orasidagi ma’lum oralik bo‘lib, ma’lum voktgacha inson ichki imkoniyatlar xisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda xayot belgilari: ya’ni nafas olish, kon aylanish bo‘lmaydi, tashki ta’sirlarga farksiz bo‘ladi, og‘rik sezmaydi, ko‘z korachig‘i kengaygan va yorug‘likni sezmaydi. Ammo bu davrda xali undagi xayot butunlay so‘nmagan, xujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning minimal xayot faoliyatini davom ettirishga etarli bo‘ladi, buning uchun tashki ta’sir natijasida xayot faoliyatini yo‘kotgan organizmning bazi bir kismlarini tiklash natijasida uni xayotga kaytarish imkoniyati bor.
Klinik o‘lim xolati 6-8 min davom etadi. Xech kanday yordam bo‘lmagan takdirda eng oldin bosh miya kobig‘idagi xujayralar parchalanadi va klinik o‘lim xolati biologik ulim xolatiga o‘tadi.
Biologik o‘lim - kaytarib bo‘lmaydigan jarayon bo‘lib, organizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterlanadi, shuningdek organizmdagi oksil strukturalari parchalanadi. Bu klinik o‘lim vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi.
Tokning inson organizmiga ta’siri bir necha omillarga bog‘lik. Asosiy omillardan biri insonga tok ta’sirining davomiyligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p kolib ketsa, u shuncha ko‘p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek tokning turi va chastotasi katta rol o‘ynaydi.
Inson organizmining tok ta’siriga malum qarshiligi, shuningdek tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki inson organizmining qarshiligi O‘zgarmagan xolda, kuchlanish ko‘­payishi natijasida organizmdan okib o‘tgan tok mikdori oshib ketadi.
Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar qarshililari yig‘indisi sifatida olinadi.
Teri, asosan kuruk va o‘lik xujayralarning kattik katlamlaridan tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson organizmining qarshiligini ifodalaydi.
Organizmning ichki organlirining qarshiligi uncha katta emas. Odamning kuruk, zararlanmagan terisi 2000 dan 20000 Om gacha va undan yukori qarshilikka ega bo‘lgan xolda, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40 - 500 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu qarshilik inson ichki organlari qarshiligiga teag xisoblanadi. Aytilganlarni xisobga olgan xolda umuman texnik xisoblar uchun inson organizmi qarshiligi 1000 Om kabul kilingan.
Inson organizmi orkali okib o‘tgan tokning mikdori uning asoratini belgilaydi, ya’ni okib o‘tgan tok qancha katta bo‘lsa, uning asorati xam shuncha katta bo‘ladi.
Inson organizmi orkali 50 Gs-li sanoat elektr tokining 0,6-1,5 mA okib o‘tsa, buni u sezadi va bu mikdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb ataladi.
Agar inson organizmidn okib o‘tgan tokning mikdori 10-15 mA-ga etsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson o‘z organizmi kismlarini boshkarish kobiliyatidan maxrum bo‘ladi, ya’ni elektr toki bo‘lgan simni ushlab turgan bo‘lsa, panjalarini ocha olmaydi, shuningdek unga ta’sir ko‘rsatayotgan elektr simini olib tashlayolmaydi. Bunday tok chegara mikdordagi ushlab koluvchi tok deyiladi.
Agar tok mikdori 25 - 50 mA-ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak kafasiga ta’sir ko‘rsatadi buning natijasida nafas olish kiyinlashadi.
Agar tok ta’siri uzok vaqt davom egsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab kolishi natijasida o‘lish mumkin.
Ta’sir kiluvchi tok mikdori 100 mA va undan ortik bo‘lsa, bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash ritmi buziladi, natijada kon aylanish sistemasi butunlay ishdan chikadi va bu xolat xam o‘limga olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomiyliligi xam aloxida axamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzok davom etsa, unda inson organizmining tok o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi xam zararli ta’sir ko‘rsatishda muxim rol uynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki xisoblanadi. CHastotasi 20 Gs-dan kichik va 100 Gs-dan katta toklarning ta’sir darajasi keskin kamayadi. Katta chastotadan elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi mikdori 6-7 mA, ushlab koluvchi chegara mikdori 50-70 mA, 0,5 sek davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan mikdori 300 mA-gacha ortadi.

Download 17,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish