О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet51/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat nizolari komissiyasi va uning vakolatlari. Mehnat nizo­larini korxonaning bevosita o'zida ko'rib hal etadigan organ, bu — mehnat nizolari komissiyasi bo'lib, bu organ nizolashayotgan to-monlarga eng yaqin turuvchi organ sifatida ularning manfaatlarini tez va samarali hal qilishga xizmat qiladi. Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mi­tasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o'rtasidagi kelishuvda mehnat nizolari komissiyalarini tuzishni nazarda tutish mumkin.
Mehnat nizolari komissiyalari ish beruvchi va kasaba uyush­masi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomoni­dan tenglik asosida tuziladi. Komissiyaga kasaba uyushmasi qo'­mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlaridan ajratilgan a'zolar tegishli organning qarori bilan, ish beravchining vakili esa uning buyrug'i bilan tasdiqlanadilar.
Mehnat nizolari komissiyasining har bir majlisida raislik vazifa-sini ish beravchining va kasaba uyushmasi qo'mitasining yoki xo­dimlar boshqa vakillik organining vakillari navbatma-navbat bajara-dilar. Bunda bir majlisning o'zida raislik va kotiblik vazifasini bir tarafning vakillari bajarishi mumkin emas. Komissiyaning har bir majlisida taraflar tomonidan keyingi majlisning raisi va kotibi tayin-lanadi, ularga majlisni tayyorlash va chaqirish vazifasi yuklatiladi.
Mehnat nizolari komissiyalarining son tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomalarida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining kelishuviga binoan belgilanadi.
Basharti xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo'-mitasi, yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida mavjud kelish-movchilikni hal eta olmagan bo'lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyalarida ko'rib chiqiladi.
Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan e'tiboran o'n kun muddat ichida ko'rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko'riladi. Xodimning yozma arizasi bo'lgandagina, nizo uning ishtirokisiz ko'rib chiqilishi mumkin. Basharti, xodim uzrsiz sabab bilan komissiya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko'rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Xodim, kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mehnat nizosi ko'rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif etish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasining qarorlari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o'rtasidagi kelishuvga binoan qabul qilinadi. Komissiyaning qarori dalillar bilan isbotlanib, mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo'lishi kerak. Komissiyaning pul undirish talablariga oid qarorida xodimga tegishli summa aniq ko'rsatilishi lozim.
Qaror majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. U majburiy kuchga ega bo'lib, biron-bir tarzda tasdiqlanmaydi. Komissiya qaro-rining nusxasi qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch kun ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo'mitasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga topshiriladi.
Mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror ustidan shi-koyat qilish uchun belgilangan o'n kunlik muddat o'tgandan keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.
Basharti, ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qa-rorini bajarmasa, mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo'lgan guvohnoma beriladi. Agar xodim yoki ish beruvchi belgilangan muddat ichida tuman (shahar) sudiga mehnat nizosini hal etish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etsa, guvohnoma berilmaydi. Mehnat nizolari komissiyasi bergan va olinganidan keyin ko'pi bilan uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etilgan guvohnoma asosida sud ijrochisi mehnat nizolari komissiyasining qarorini majburiy tarzda ijro ettiradi.
Xodim belgilangan uch oylik muddatni uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi o'tkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish