О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet50/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

17-bob
MEHNAT NIZOLARI


Mehnat nizolari tushunchasi va ularni to'g'ri hal etishning aha-miyati. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlar mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, ayrim ish beruvchilar tomo-nidan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan o'zboshimchaliklar, qonun-buzarliklarni bartaraf etish, shu jumladan, ba'zi xodimlarning o'z huquqlarini suiiste'mol qilishlariga yo'l qo'ymaslik mehnat munosa-batlarida qonunchilik va adolatni ta'minlashning muhim shartidir.
Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida xodim va ish beruvchi huquqlari teng e'tirof etiladi, ularga bir xil iqtisodiy hamda huquqiy sharoit yaratib beriladi, shu orqali ular o'rtasida kelishtirib bo'lmay-digan ziddiyatlar yuz berishining oldi olinadi.
Ammo taraqqiyot dialektikasi va hayot qonunlariga ko'ra, xodim bilan ish beruvchi o'rtasida turli ixtiloflar yuz berishi uchun har doim sabablar yetarii bo'ladi hamda mehnat qonunchiligining vazifa-laridan biri ushbu ixtiloflar yuz berishi shart-sharoitlarini bartaraf eta borish, yuz berganda esa ularni adolat va qonunchilik tamoyfflariga qat'iy amal qilgan holda hal etilishini ta'minlashdan iborat.
Korxonalarda xodim va ish beruvchi o'rtasida mehnat nizosi yuz berishiga bir qator obyektiv hamda subyektiv omillar sabab bo'ladi. Obyektiv omillar qatoriga huquqiy ong va huquqiy mada-niyatning yetarii emasligi, ishlab chiqarishni tashkil etishda yo'l qo'yiladigan kamchiliklar, mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi shaxslar mafaatlari o'rtasida ziddiyatlar yuzaga kelishi va boshqalar kiradi.
Ayrim xodim va ish beruvchining o'z huquqlarini suiiste'mol qilishi, korxona mehnat jamoasida nosog'lom ma'naviy-psixologik muhitning yuzaga kelishi kabi holatlar mehnat nizolari yuz berishining subyektiv omillari bo'lishi mumkin.
Mehnat sohasida xodim va ish beruvchi o'rtasidagi yakka mehnat ixtiloflari, qoidaga ko'ra, har ikki tarafning muzokaralari, o'zaro kelishuvlari orqali tinch yo'l bilan hal etilishi lozim. Ammo bunday kelishmovchiliklar tinch yo'l bilan hal etilmasa, u holda mehnat nizosi qonunda belgilangan tartibda maxsus organlar tomonidan ko'rib chiqilishi va hal etilishi lozim bo'ladi.
Yakka mehnat nizolari deganda, ish beruvchi va xodim o'rtasida raehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo'llash yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-moddasiga ko'ra yakka mehnat nizolari:
—mehnat nizolarini ko'rish komissiyalari tomonidan;
—tuman, shahar sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi, shuning-dek, ayrim toifadagi davlat xizmatchilarining mehnat nizolari bo'ysunish tartibida yuqori turuvchi organlar tomonidan ko'-rilishi mumkin (MKning 276-moddasi);
—xodim yangi mehnat sharoitlarini belgilash yoki mavjud shartlarni p'zgartirishga doir mehnat nizolarini ish beruvchi yoki kasaba uyushmasi, yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan hal qilinadi (MKning 280-moddasi).
Xodim mehnat nizosini hal etishni so'rab mehnat nizolarini ko'rish komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqli bo'lib, nizo dastlabki tarzda komissiyalarda ko'rib chiqilmaganligi sudda ko'rilishiga to'sqinlik qilmaydi.
Mehnat kodeksining 270-moddasiga binoan, mehnat nizosi-ning hal etilishini so'rab mehnat nizolari komissiyasiga yoki sudga murojaat qilish yuzasidan quyidagi da'vo muddatlari belgilangan:
—ishga tiklash nizolari xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kun-dan boshlab bir oy;
—xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to'lash haqidagi nizolar bo'yicha zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma'lum bo'lgan kundan boshlab bir yil;
—. boshqa mehnat nizolari bo'yicha xodim o'z huquqi buzil-ganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab uch oydan iborat.
Ushbu da'vo muddatlari uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yubo-rilgan taqdirda, bu muddatni sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Mehnat nizolari yuzasidan da'vo muddatlari fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan umumiy qoidalar asosida to'xtatib turilishi yoki uzilib qolishi mumkin.
Qonunlarda ayrim turdagi talablarga nisbatan da'vo muddati-ning tatbiq etilmasligi, ya'ni huquq buzilishi hblati qachon yuz berganligidan qat'i nazar, huquqlar himoya qilinishi belgilab qo'-yilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 163-moddasiga muvofiq fuqarolarning hayoti yoki sog'lig'iga yet­kazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga da'vo muddati joriy etilmasligi belgilab qo'yilgan.
Xodimda mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etib berishni so'rab sudga murojaat qilganlarida (da'vogar yoki arizachi sifatida) sud xarajatlarini (davlat boji va boshqa sud xa-rajatlarini) to'lashdan batamom ozod qilinadilar. Mehnat nizo-sining sudlovligi va taalluqligini hal etish paytida fuqarolik ishla-rini sudga taalluqliligi to'g'risidagi umumiy qoidalar bilan bir qa-torda, mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida talablari ham to'liq hisobga olinmog'i lozim.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish