Birinchidan, shu vaqtga qadar O'zbekistonda sobiq ittifoq davrida qabul qilingan ayrim qonun va me'yoriy hujjatlar hamon amal
da bo'lib, ulardan butunlay voz kechish vaqti yetgan edi. Chunki, ular mazmun va mohiyati yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas va hatto, yangi jamiyat oldida turgan tub maq-sadlarni amalga oshirishga monelik qilar edi.
Ikkinchidan, O'zbekiston o'z oldiga adolatli huquqiy demokratik davlat qurish, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo'lidan borish va insonparvar fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifasini maqsad qilib qo'ygan edi. Bu borada rivojlangan mam-lakatlar, shuningdek, milliy ozodlik harakatlari orqali mustaqillikka erishgan va taraqqiyot yo'liga kirgan boshqa qator davlatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.
Uchinchidan, mustaqil taraqqiyot yo'lida vujudga kelayotgan milliy davlatchilik tizimi har qanday mafkuraviy ta'sirdan xoli, xalqning o'ziga xos tarixiy, axloqiy-ma'naviy va ruhiy qadriyatlariga mos bo'lmog'i lozim edi.
Bunday vazifani Konstitutsiyada belgilanganidek, qonun chiqa-ruvchi vakillik hokimiyati - Oliy Majlis uddalamog'i kerak edi. Shuning uchun ham Oliy Kengash XVI sessiyasidan (1994-yil, sentabr) so'ng O'zbekistonda yangi qonun chiqaruvchi organ Oliy Majlisni shakllantirish uchun amaliy choralar ko'rila boshladi. Sessiya qarori-ga muvofiq 1994-yil 25-dekabrida Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar belgilandi.
Saylov kompaniyasini muvaffaqiyatli o'tkazish uchun zarur sha-roitlar yaratiidi. O'zbekistonda saylov kompaniyasi qonunchilikka qat'iy rioya qilingan, ijtimoiy barqarorlik va osoyishtalik to'la saq-langan holda olib borildi. Birgina misol: 1994-yil 14-15-noyabrida Toshkentda Oliy Majlisga saylov o'tkazuvchi okrug saylov ko-missiyalari raislarining uch kunlik seminari bo'lib o'tdi. Seminar-kengashda mamlakat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham ulkan ahamiyatga molik yangilanishlar olib kirilishi zarurligi ta'kidlandi.
O'zbekistonda ro'y berayotgan demokratik o'zgarishlar, xu-susan ko'ppartiyaviylikka asoslangan saylov kompaniyasi jahon hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg'otdi. Shu bois yuqorida til-ga olingan seminar-kengashda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, saylovga taalluqli qimmatli tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Jumladan, Xolid Malik O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Okrug saylov komissiyalari raislari bilan seminar-kengash ishida uchrashish o'zi uchun yuqori martaba ekanini ta'kidladi. U seminarkengashni tarixiy sana - saylovlar oldidan O'zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilish yo'lida oldinga bosilgan qadam bo'ladi, deb baholadi.
Saylovlarni qonun talablari asosida o'tkazish uchun mamlakat bo'yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tu-zildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro'-e'tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo'lgan munosib kishilar kiritildi. Saylov-ni ko'ppartiyaviylik va muqobillik asosida o'tkazishni ta'minlash uchun qonunda belgilangan muddatlarda tadbirlar belgilandi. 139 saylov okrugida uchtadan, 106 saylov okrugida ikkitadan nomzod ovozga qo'yildi. Saylovda ro'yxatga olingan 17 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya'ni 10 million 526 ming 654 kishi o'z konstitutsion huquqidan foydalandi.
Vakillik hokimiyati organlari tomonidan Oliy Majlis deputatlari-ga 2 ming 850 nomzod hamda viloyatlar, Toshkent shahri kengashla-rining, Qoraqalpog'iston Jo'qarg'i Kengesining deputatligiga salkam 2 ming nomzod ko'rsatildi.
Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari shahar va tuman kengashlari deputatligiga salkam 6 ming, siyosiy partiyalardan de-putatlikka jami 6 ming 110, jumladan, birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga Xalq demokratik partiyasi-dan 247, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 146, hokimiyatning vakillik organlaridan 250 nomzod ko'rsatildi. Hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to'g'ridan to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan o'tkazildi. 1994-yil 25-dekabrida, 1995-yil 8 hamda 25-yanvarda bo'lib o'tgan saylovlarda saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar. Bu Oliy Majlis - yangi Parlamentni demokratik yo'l bilan shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi ilk tajribasi bo'ldi.
1995-yil 23-fevralida o'z ishini boshlagan yangi tarkibdagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi O'zbekiston tarixida o'ziga xos sahifa ochdi. Sessiyada I. Karimov «O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» to'g'risida keng qamrovli ma'ruza qildi.
«Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. O'zbekiston Parlamenti - Oliy Majlis ilk marta ko'ppartiyaviylik asosida saylandi, - dedi Prezident.
Ko'ppartiyaviylik tamoyili asosida tashkil topganligi va shu ta-moyil asosida faoliyat ko'rsatayotganligi Oliy Majlisning jamiyat taraqqiyoti keyingi bosqichidagi o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Birinchi sessiyada O'zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organ-laridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 depu-tatni uyushtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputat ishtirokidagi «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini ro'yxatga oldi.
Ko'ppartiyaviylikni qaror toptirar ekan, Oliy Majlis parlamentda barcha masalalar turli blok va fraksiyalarning g'oyalari hamda fikrlarini taqqoslab ko'rish negizida hal etilajagiga, siyosiy jihatdan o'zaro murosaga kelib ishlash esa tamoyil bo'lajagiga asoslandi. Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili institu-ti joriy etildi.
«O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun, «O`zbekiston Respublikasida deputatlar-ning maqomi to'g'risida»gi Qonun, Oliy Majlis qo'mitalari va ko-missiyalari to'g'risidagi Nizom hamda parlamentning reglamentiga muvofiq parlament ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o'rinbosarlari, qo'mitalarning raislari, mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kirdi.
Oliy Majlis faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilish-ga yo'naltirilgan mana shu tadbirlarning barchasi parlament ishini yanada rejali, tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imkonini berdi. Shuningdek, sessiyalarning kun tartibini Oliy Majlis Kengashi maj-lislarida oldindan muhokama qilish, sessiyalarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish bo'yicha deputatlar ishchi guruhlari tashkil etish tajribasi qo'mitalar va komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va qonunlarni tayyorlash ishining sifatini oshirishga xizmat qildi.
Qonunlarni ishlab chiqish jarayonida amalda qo'mitalarning bu-tun tarkibi ishtirok etadi. Qonun loyihalarini tayyorlash bo'yicha maxsus ishchi guruhlari tuzilib, ularga tegishli loyihaga doir olim-lar va mutaxassislarni kengroq jalb etish kabi xalqaro tajriba ham qo'liana boshlandi.
O'tgan davr shuni ko'rsatdiki, Oliy Majlis qabul qilayotgan qonunlar sifatini oshirishda ularning loyihalarini oldindan matbuotda chop etib, umumxalq muhokamasidan o'tkazish ijobiy samara berdi. Qonunlar loyihalarini deputatlarga oldindan yuborish tartibi joriy qilindi hamda ularning takliflari va fikr-mulohazalari har bir qonun-ni uzil-kesil ishlab chiqish chog'ida, albatta, e'tiborga olinadigan bo'ldi. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan yanada teranroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular tegishli vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalariga yuboriladi-gan bo'ldi. Xalqaro tashkilotlarning ekspertizasidan o'tkazish yo'lga qo'yildi.
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalarini Oliy Majlis Raisi va uning o'rinbosarlari huzurida tegishli qo'mitalar, Kotibiyat bo'limlari rahbarlari, ishchi guruhlarining a'zolari va ekspertlar ishtirokida oldindan sinchkovlik bilan puxta va atroflicha muhokama etish qonunchilik ishidagi maqbul jihat ekanli-gini ko'rsatdi. Ishning bu tarzda yo'lga qo'yilishi qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatiga ijobiy ta'sir eta boshladi.
Ana shunday tadbirlar natijasida O'zbekistonni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga, yuz bera-yotgan yangilanish va rivojlanish jarayonlari voqeligiga, mamlakat-ni yanada taraqqiy ettirishning barcha ichki va tashqi vazifalariga monand qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda deputatlarning faolligi va mas'uliyati kuchaydi.
Sessiyalar ishida O'zbekiston Prezidentining bevosita ishtiro-ki, uning qonunlarni ishlab chiqish jarayonini yanada takomillash-tirishga muttasil e'tibor berishi O'zbekiston parlamenti faoliyati-ning ko'ngildagidek bo'lishida muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ma'lumki, Oliy Majlisning birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida I. Karimov «O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbo-lining asosiy tamoyillari» mavzusida keng qamrovli ma'ruza qilib, unda mamlakat bosib o'tgan o'zgarishlar yo'lini har tomonlama tah-lil etdi va «O`zbekiston yangi asr boshida» degan uzoq muddat-ga mo'ljallangan Dasturni ishlab chiqish vazifasini qo'ydi va uning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi. Prezident keyingi sessiyalar-dagi nutqlarida jamiyat rivojiga doir muhim qoidalarni yanada chu-qurlashtirdi va aniqlashtirdi, yangi mazmun bilan boyitdi. Jumladan, u Oliy Majlisning VI sessiyasida «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» mavzusida nutq so'zlar ekan: «Demokratlashtirish va turmushimizning barcha sohalarida tub islohotlar o'tkazish jarayoni uzoq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini aniq bilib olishimiz kerak... Bugungi к inula gap, eng avvalo, siyosiy islohotlarni chuqurlashtirishning vazifalari va Dasturi to'g'risida borishi кегак», - deb ta'kidladi. Shuning uchun ham Oliy Majlisning navbatdagi vazi-fasi - qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq holatga keltirish, deb uqtirdi.
Ana shu ko'rsatmalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvning hamma organlari tomonidan katta-katta chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Jumladan, Oliy Majlis Kengashi «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-1999-yillarga mo'ljallangan faoliyat dastu-ri» va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Bun-da belgilangan chora-tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha aso-siy yo'nalishlarini qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog'onaga ko'tarishga qaratilgan.
O'zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta'sis etilgan Oliy Majlis huzuridagi Inson huquqlari bo'yicha Vakil institutining vazifalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan inson huquqlari va erkinligiga so'zsiz rioya etilishini, bu me'yorlar muqarrar amalga oshirilishini ta'minlashdan iborat qilib ko'rsatildi.
Vakil huzurida tuzilgan maxsus komissiya, Inson huquqlari bo'yicha milliy Markaz Prezident nutqida aytib o'tilgan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini, yuk-sak vakolatlarga ega bo'lgan yaxlit tizimini vujudga keltiradi. Inson huquqlari bo'yicha vakil instituti hozirga qadar xalqaro amaliyotni o'rganish asosida ishlab chiqilib, - Oliy Majlis Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bormoqda. Parlamentning yettinchi sessiyasida birinchi o'qishda kiritilgan va ma'qullangan «Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman) to'g'risida»gi Qonun loyihasi - Oliy Majlisning faoliyat Dasturida mo'ljallangan g'oyat muhim hujjatlardan biri. U mamlakatda insonning siyosiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va madaniy huquqlari puxta himoya qilinishini ta'minlaydigan institutning qonuniy asosini shakllantirishga xizmat qiladi.
O'zbekistonning milliy taraqqiyoti va uning rivojlanish strategi-yasini muvaffaqiyatli amalga oshirish Oliy Majlisdan bu jarayonni zarur qonunlar bilan ta'minlashni talab etadi. Shunga ko'ra Dastur-da ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar me'yoriy rivoj topishini, markaz-lashtirilgan boshqaruvga asta-sekin barham berilishini, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonda va davlat ishlarida bevosita qatnashishini ta'minlovchi qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo'yildi.
Oliy Majlis o'zining ikki yildan ortiq faoliyati davomida yettita sessiya o'tkazdi. Ularda 70 ga yaqin qonun va 100 dan ortiq qaror qabul qildi. Bular, shubhasiz, jamiyatimiz oldida turgan vazifalarni huquqiy jihatdan ta'minlashda muhim qadamlar bo'ldi. Umuman, qonunlarni ishlab chiqish bevosita iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini takomillashtirish va bozor munosabatlariga o'tishni jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, jamiyatni ma'naviy yangilash, va milliy davlatchilikni mustahkamlashga qara-tilmoqda. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vako-latlari muddatini 2000-yilga qadar uzaytirish to'g'risida referendum o'tkazish yuzasidan 1995-yil 23-fevralida qabul qilingan qaror va deputatlarning referendumga tayyorgarlik ko'rishdagi faol ishtiroki mamlakatimizdagi barcha ijtimoiy kuchlarni jipslashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur qaror mehnat jamoalari va aholining istiqomat joylarida o'tkazilgan, olti milliondan ortiq fuqaro ishtirok etgan 22 mingdan ortiq yig'ilishda qizg'in qo'llab-quvvatlanganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Keyingi yillarda sud organlari tizimini yanada takomillashtirish masalalari ham parlamentning doimiy diqqat markazida turib-di. Oliy Majlis «O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to'g'risida»gi Qonunni qabul qilib, Konstitutsiyaviy sud Oliy va Oliy xo'jalik sudi tarkiblarini saylab, respublikada mustahkam sud tizimini vujudga keltirish jarayonini asosan nihoyasiga yetkazdi.
Parlament mamlakatning davlat milliy xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq vazifalarni hal etishga ham doimiy e'tibor berib kel-moqda. Shu ma'noda 1995-yili qabul qilingan harbiy doktrina davla-timizning tinchliksevar tashqi siyosiy yo'lini yana bir bor namoyon etdi. U O'zbekistonning xalqaro obro'-e'tibori va jahon maydoni-dagi mavqeini oshirdi. Oliy Majlisning 1996-yil aprel oyida bo'lib o'tgan V sessiyasida «O`zbekiston Respublikasining davlat xavfsiz-ligi to'g'risida»gi qonun qabul qilinganligi bu borada muhim qadam bo'ldi. Oliy Majlisning VII sessiyasida (1996-yil, dekabr) qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi Qonun mamlakatimizning tinchliksevar si-yosatini belgilovchi, Xalqaro ahamiyatga molik bo'lgan muhim huj-jat hisoblanadi. U O'zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimiz tutayotgan mustaqil, odil yo'lning ifodasi sifatida jahon jamoatchili-gi tomonidan e'tirof etildi.
Oliy majlisda Mehnat kodeksi (1995) va Fuqarolik ko-deksi (1996) birinchi va ikkinchi qismlarining qabul qilinishi O'zbekistonning demokratiya yo'lidan yanada dadil borayotganidan, inson huquqlarini himoya qilish va kafolatlashning huquqiy asosla-rini mustahkamlayotganidan dalolat edi. Bu kodekslar - fuqarolar uchun hayotiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan, mehnatga, mol-mulkka doir va boshqa muammolarning keng doirasini qamrab oluvchi murakkab, ko'p qirrali, jam lama qonun hujjatlar hisoblanadi. Bu Kodekslarning markazida inson, uning huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilish masalalari turadi. Oliy Majlis qabul qilgan «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida»gi Qonun ham shu maqsadga yo'naltirilgan.
Mazkur qonunlarda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan hamda ishlab chiqarishdagi ko'p qirrali munosabatlarda in-sonning ustuvorligi huquq amaliyotiga singdirilgan. Qonunlar ho-kimiyatning barcha institutlari insonni himoya qilish, uning huquq-larini muhofaza etish va kafolatlashdan iborat asosiy maqsadga bo'ysunishi tezisini amalda ro'yobga chiqarmoqda.
Ko'ppartiyaviylik jamiyatimiz hayotida, parlamentchilikning demokratik asoslarini yanada rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Shu sababli siyosiy partiyalarning huquqiy asosini mustahkam-lash maqsadida O'zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi Qonuni tayyorlanib, Oliy Majlisning 1996-yil 26-dekabrida bo'lgan VII sessiyasida qabul qilindi. Qonun jamiyati-mizda faoliyat ko'rsatayotgan hamda kelajakda tuzilishi mumkin bo'lgan siyosiy partiyalarning o'rnini belgilab, ularning o'zaro mu-nosabatlari, yangilanayotgan jamiyatda tutgan mavqeyi, vazifalari va huquqlarini kafolatlaydi.
Oliy Majlis tomonidan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivoj-lantirishni rag'batlantirish to'g'risida»gi (1995, dekabr), «Konsessi-yalar to'g'risida» (1995, dekabr), «Erkin iqtisodiy zonalar» (1996, aprel) «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunlarning qabul qilinishi iqtisodiy islo-hotlarai huquqiy jihatdan ta'minlash yo'Hdagi jiddiy hodisa bo'ldi. Mazkur hujjat, shuningdek, Oliy Majlisning «Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba'zi masalalari to'g'risida»gi qarori mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko'lamlarini kengaytirdi, bu jarayonga amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga qarashli o'rta va yirik korxonalarni ham kiritishni tezlashtirdi, monopol ishlab chiqarish va xo'jalik tuzumlarini maydalashtirish, raqobatli bozor muhitini yaratish uchun huquqiy shart-sharoitlarni vujudga keltir-di. Shu maqsadda «Mulk to'g'risida»gi, «Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi, «Garov to'g'risida»gi va boshqa bir qator qonunlarga o'zgartirishlar kiritildi.
Oliy Majlis qo'mitalari Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda amaldagi qonun hujjatlarini ijtimoiy rivojlanish voqeligiga va iqtisodiy islohotlarning ehtiyojlariga muvofiqlashtirish borasida aniq maqsadga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirdi.
Ma'lumki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ja-miyatning ma'naviy va madaniy rivojisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Buyuk ajdodlardan bizga asrlar osha yetib kelgan bebaho ma'naviy-axloqiy qadriyatlar tabiiyki, ma'naviy merosni avaylab-asrash, uni yanada ko'paytirib, milliy va umuminsoniy madaniyatning yangi yu-tuqlari bilan boyitishni taqozo etadi.
Oliy Majlis «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi qonunga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritdi, «Davlat tili haqida»gi qonunni (1995, dekabr) yangi tahrirda qabul qildi. Til amaliyotidagi mavjud jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini bosqichma-bosqich joriy etishni 2005-yilga borib uzil-kesil yakunlashga qaror qilindi. Qonunning yangi qoidalari davlat tilining maqomini shak-shubhasiz mustahkamlashga, respublikaning jahon kommunikatsiya tizimi-ga kirishiga, mamlakatning barcha fuqarolari o'zbek tilini yanada chuqur, puxta tayyorgarlik ko'rgan holda, asta-sekinlik bilan egal-lab olishlarini ta'minlashga, ayni chog'da O'zbekistonda g'uj bo'lib yashayotgan boshqa millatlarning o'z tillaridan erkin foydalanishiga ham qaratilgan.
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng dastlabki odim-lardanoq o'z eshiklari butun dunyo uchun ochiqligini, jahon xo'jalik munosabatlariga teng huquqli sherik sifatida kirish istagini, xalqaro me'yorlar va qoidalarni ro'yobga chiqarish yo'Hdagi amaliy hara-katlarni kuchaytirishini e'lon qildi. 1995-yili parlament o'n sakkiz shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. O'zbekistonning yigirma beshta konvensiyaga qo'shilishi haqidagi qarorlar qabul qilindi, «O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida»gi Qonun qabul qilindi. U mamlakatimizning xalqaro shartnomalarni tuzish, bajarish, bekor qilish, to'xtatib qo'yish hamda denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Respublika parlamentining faoliyati jahon hamjamiyatida bor-gan sari keng qiziqish uyg'ota bordi. Oliy Majlis sessiyalarida dip-lomatiya korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el axborot vositalarining O'zbekistonda akkreditatsiya qilingan jurna-listlari qatnashmoqdalar.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlament tash-kilotlari bilan aloqalari kengaydi va chuqurlashdi. O'zbekiston Milliy parlament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Par-lament Assambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalar bo'yicha parlament guruhlarining rahbarlari tasdiqlandi. Oliy Majlis vakillari Parlamentlararo Ittifoq 93 va 94-konferensiyalarida ishtirok etdi.
Oliy Majlis Kotibiyati va uning bo'limlari ishi Oliy Majlisning Kengashi, qo'mitalari, komissiyalari faoliyatining samaradorligini oshirishga, parlament sessiyalarini puxta va tashkiliy jihatdan uyush-qoqlik bilan o'tkazishga muayyan darajada xizmat qilmoqda. Ular qo'mitalar bilan hamkorlikda, olimlar, amaliyotchilar, xorijiy dav-latlar va xalqaro tashkilotlarning ekspertlarini jalb qilib, qonun loyihalarini tayyorlash va oldindan ishlab chiqishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Fuqarolarning so'rovlarini ко'rib chiqish hamda fuqarolar qa-bulini tashkil etish masalalari ham parlament ishida muhim o'rin tutadi. Birgina 1995-yilning o'zida Oliy Majlis rahbarlari, qo'mitalar raislari va Kotibiyat xodimlari tomonidan ikki yarim mingdan ortiq fuqaro qabul qilindi. Oliy Majlis nomiga kelgan qariyb ikki ming xat, ariza va murojaat ko'rib chiqildi. Ular Oliy Majlis rahbarligida, qo'mitalar va Kotibiyatda har tamonlama tahlil etildi, taklif va mulo-hazalar normativ hujjatlarni ishlab chiqishda hisobga olindi. Fuqarolar tomonidan qo'yilgan asosli masalalarning aksariyat qismi ijobiy hal qilindi.
Shu tariqa, demokratik yo'l bilan saylangan Oliy Majlis - yangi parlament o'z faoliyatining ikki yili mobaynida qonun ishlab chiqish va nazorat qilish faoliyatini izchillik bilan takomillashtir-di, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari-ning O'zbekiston demokratik islohotlar yo'lidan yanada dadil olg'a borishida o'zaro ijobiy hamkorlik olib borishlariga yaqindan faol ko'maklashdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi shu davr mobaynida o'z faoliyati davomida mazmun mohiyati bilan avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiluvchi oliy vakillik davlat organiga ay-lanib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |