85-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun-chilik palatasi o'z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o'rinbosarlarini saylaydi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o'rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
86-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o'z tarkibidan Senat Raisi va uning o'rinbosarlarini saylaydi. Se-nat Raisi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o'rinbosarlaridan biri Qoraqalpog'iston Respublikasining vakili bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o'rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi». 89-moddaquyidagi tahrirda bayon etildi: «O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respub-likasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'idir.
90-modda quyidagi tahrirda bayon etilgan: «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o'ttiz besh yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunka-siga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bo'lishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan yetti yil mud-datga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O'zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi».
97-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi: «Vakolati tugashi munosabati bilan iste'foga chiqqan Prezident umrbod Senat a'zosi lavozimini egallaydi». Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq hayoti-demokratik huquqiy asoslarini yaratish, jamiyat boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish maqsadida davlat hokimiyatini tarmoqlarga bo'linishi asosida milliy davlatchiligimiz-ning poydevorini barpo etishga katta e'tibor qaratildi.
Konstitutsiyamizda jamiyat va davlat qurilishining asosiy tamo-yillari, fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari va strategik yo'nalishlari mustahkamlanib qo'yildi.
Haqiqiy demokratik me'yor va tartiblar asosida O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslandi. Vazirlar Mahkamasi, ya'ni Hukumat ijroiya hokimiyati tizimida markaziy o'rinni egallaydi.