Birinchidan, mustaqillikning keyingi yillarida davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida amalga oshirilgan islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad hokimiyat barcha tarmoqlari, xususan ijro hokimiyati bo'lmish hukumat faoliyatining mas'uliyati va samarasini oshirishga qaratildi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi usuli Prezidentlik boshqaruv shakliga asoslanadi va bu qoida Konstitutsi-yada belgilab berilgan.
Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Senatining 2005-yil 28-yanvardagi Qo'shma Majlisida Prezident ma'ruzalarida ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiri-tilgan o'zgarishlar bo'yicha Prezident zimmasidagi ayrim vazifalar nafaqat Senatga, balki hukumatga ham berildi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar yanada aniqlashtirildi.
Jumladan, hamma masalalar, vazifalar soha-soha qilib, ya'ni komplekslar bo'yicha bo'lib berildi. Bundan maqsad ishda qat'iy, aniq tartib-intizom va natija bo'lishi ko'zda tutildi.
Binobarin, Bosh vazir o'rinbosarlari o'z komplekslari bo'yicha ishni boshqarib, javobgarlikni oxirigacha o'z zimmalariga olishi, har qaysi hukumat a'zosi, har qaysi vazir o'z sohasiga mas'ul bo'lib Prezident oldida javob berishi, Parlament oldida hisob berishi belgilandi.
Ikkinchidan, mamlakatimiz davlat mustaqilligining keyingi yillarida ma'muriy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tu-fayli bir-birini takrorlovchi vazirliklar, idoralar va davlat tashkilotlarini, resurslarini taqsimlash vazifalari hamda xo'jalik yurituvchi subyektlarga rahbarlik qilishni tugallash orqali davlat va xo'jalik boshqaruvining tarkibini optimallashtirish amalga oshirildi. Natijada respublikada 13 ta vazirlik, 11 ta davlat qo'mitasi, 9 ta agentlik va 3 ta qo'mita saqlanib qolindi, ularning vazifalariga umuman iqtisodiyotni va uning sohalarini boshqarishning strategik masalalarini ishlab chiqish kiradigan bo'ldi.
Xo'jalik birlashmalari endilikda ishlab chiqaruvchilar uyushmalari shaklida faoliyat ko'rsatadigan bo'ldi. Bu boradagi islohotlar izchil davom ettirildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004 yil 5 yanvarda «Hududiy davlat boshqaruv organlari tarkibini takomillashtirish to'g'risida» qaror qabul qildi. Unga muvofiq barcha hokimliklar yangi boshqaruv tarkibiga o'tadi. Viloyat, shahar, tuman hokimlarining o'rinbosarlari qisqartirildi hamda hokimliklar mahkamasidagi shtatlar ham qisqartirildi. Beshta shahar, 8 ta shahar ichki tumanlari qisqartirilishi natijasida budjet hisobidan moliya-lashtiriladigan hududiy boshqaruv organlari xodimlarining soni 500 birlikka qisqartirildi. Shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 331 birlikka qisqardi va ularni saqlashga ketadigan xarajatlar 312 million so'mga kamaytirish imkonini berdi.
Davlat va xo'jalik boshqaruv organlarida boshqaruv xodimlar sonini optimallashtirish natijasida O'zbekistonda ming nafar kishiga amaldorlar soni 6,1 kishini yoki aholining 1,6 foizini tashkil etdi. Qozog'istonda ushbu ko'rsatkich tegishli ravishda 19,2 va 3,4 ni, Ukrainada - 20 va 4,5 ni, Rossiyada 22,1 va 3,9 ni tashkil etdi.
Boshqaruv apparatini saqlash xarajatlari davlat budjetining 1,9 foizini tashkil etdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston bozor iq-tisodiyoti rivojlangari mamlakatlar qatoridan o'rin oldi. Masalan AQSHda bu ko'rsatkich 1,1 ni tashkil etadi.
Bundan tashqari boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirilishi natijasida boshqaruv xodimlari soni 40 ming kishiga qisqartirildi, bu esa 40,5 milliard so'mlik budjet mablag'larini tejash imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |