O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-§. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o'zgarishlar



Download 1,87 Mb.
bet41/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

3-§. Mahalliy davlat hokimiyati tizimida tub o'zgarishlar
O'zbekiston mustaqilligi yillarida markaziy ijro hokimiyati tizi­mida o'zgarishlar bo'libgina qolmasdan, mahalliy davlat hokimiyat organlari faoliyatida ham yangi tizim talablariga mos tarzda muhim amaliy ishlar qilinganini ta'kidlash lozim.
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng boshqaruvning bu tizimida islohot o'tkazishni taqozo qilgan omil nimadan iborat edi? Avvalo shuni aytish kerakki, bu tizim o'z tarkibiga viloyat, tuman, shahar, shaharlar tarkibidagi tuman, shahar, qishloq, posyolka Kengashlarini oluvchi davlat muassasalari majmuini tashkil etadi.
Ma'lumki, 80-90-yillarning boshlariga kelganda bu muassasa­lar o'zlarining demokratik xususiyatlarini yo'qotgan edi. Mahalliy kengashlar o'ziga xos ravishda KPSS siyosatini hayotga tatbiq etish quroliga, aniqrog'i partiya tashkilotlari rahbarlik qiladigan bir muas-sasaga aylangan edi. Bu - birinchidan.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni Mahal­liy Kengashlar mustaqilligini kengaytirish, hududlar tizimida tub o'zgarishlar yasashni ham talab qila boshladi. Ma'lumki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida hududiy taraqqiyot ko'pincha markaz-lashtirilgan tarzda qayta taqsim qilinadigan davlat ajratmalari hisobi-ga amalga oshirilar edi. Endilikda yangicha munosabatlarga o'tish jarayonida mahalliy hokimiyat organlari o'z hududining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga bevosita mas'ul qilib belgi-lanishi kerak edi. Shuning uchun ham O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikada bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oliy Kengashning o'n birinchi sessiya­sida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -Asosiy Qonuni, «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonun (1993, sentabr), «Fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish idoralari haqi-dagi Qonun (1993, sentabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to'g'risida»gi Qonun (1994, may) kabilar muhim o'rin egallaydi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasida takidlanganidek, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kergashlari hokimiyatning vakillik organlari bo'lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab o'z vakolatlariga taal-luqli masalalarni hal etadilar.
Konstitutsiyaning 100-moddasiga muvofiq esa mahalliy hoki­miyat organlari ixtiyoriga: «Qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fu­qarolarning xavfsizligini ta'minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig'imlarni belgilash; budjetdan tashqari jamg'armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo'jalikka rahbar­lik qilish; - atiof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlari-ni qayd etishni ta'minlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O'zbekiston Re. publikasi Konstitutsiyasiga va O'zbekiston Respub­likasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshi-rish» berilgan.
«Mahalliy hokimiyat organlari, - deyiladi Konstitutsiyaning
101-moddasida, - O'zbekiston Respublikasining qonunlarini, Prezi­dent farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rah­barlik qiladilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalar­ni muhokama qilishda qatnashadilar.
Yuqori organlarning o'zlariga berilgan vakolat doirasidagi qabul qilgan qarorlarni quyi organlar ijro etishi majburiydir.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolatlari mud-dati - 5 yil».
Ko'rinib turibdiki, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organi bo'lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy ri-vojlantirishga rahbarlik qiladilar. Xalq deputatlari mahalliy Kengash­lari hududlar bo'yicha tuziladi. Xalq deputatlari mahalliy Kengash­lari deputatlari saylovini o'tkazish tartibi «O`zbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi» haqidagi Qonun bilan belgilanadi. Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga shaharlardagi tuman, shahar, tuman va viloyat Kengashlari kiradi.
1994-yil 25-dekabrdagi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari saylovlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi jo'qorg'i Kengesi, vilo­yatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari katta tayyorgarlik ko'rdilar.
Toshkent shahrida Oliy Majlisga saylov o'tkazuvchi 30 ta okrug, Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o'tkazuvchi 60 ta okrug tuzildi. Qonunda belgilangan tartibda va tavsiya etilgan vaqtda ka-lendar rejasiga asosan Oliy Majlisga saylov o'tkazuvchi 30 ta saylov Komissiyasi va shahar Kengashiga saylov o'tkazuvchi 60 ta saylov komissiyasi tashkil etildi.
Saylov komissiyalari tarkibiga sanoat korxonalari, jamoat tashkilotlari, xalq ta'limi, sog'liqni saqlash xodimlari va mahalla yig'inlari vakillaridan iborat 810 kishi jalb etildi.
Bunday ishlar mamlakatning barcha hududlarida amalga oshi-rildi. Jumladan, Andijon viloyatida ham qonunlarga to'la rioya qi­lingan holda saylovga puxta tayyorgarlik ko'rildi. Oliy Majlisga vi­loyat, tuman, shahar kengashlariga munosib nomzodlar ko'rsatiladi. Ular orasida olimlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar, vrachlar, o'qituvchilar, ishchi-xizmatchilar bor edi. Namangan viloyatida ham boshqa joylarda bo'lganidek, deputatlikka nomzodlar ko'rsatish de­mokratik prinsiplarga amal qilingan holda olib borildi. Bu jarayon siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari ishtirokida, muqo-billik asosida amalga oshirildi. Shuni ta'kidlash kerakki, viloyat ho-kimligi siyosiy partiyalar hamda hokimiyat organlari o'rtasida o'zaro hurmat va ijodiy fikrlashuvlar bo'lishiga katta e'tibor berdi. Siyosiy partiyalarning saylovlarda teng huquqli asoslarda ishtirok etishini ta'minlash uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib berildi.
Natijada viloyatlar, tumanlar va shaharlarda mahalliy vakillik organlari bo'lmish Xalq deputatlari Kengashlariga xalqning munosib farzandlari saylandilar. Yana shuni qayd qilish lozimki, mustaqillik yillarida mahalliy ijroiya hokimiyat tuzilishidagi muhim o'zgarish hokimlik institutining tashkil qilinishidir.
O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qi-1ingan Qonuniga muvofiq viloyat, tuman, shahar hokimi mahalliy hududning oliy mansabdor shaxsi sifatida tegishli hudud ijroiya Ho­kimiyatini boshqaradigan bo'ldi. Joylarda hokimliklar joriy etildi. Respublikaning 12 viloyati va Toshkent shahrida O'zbekiston Res­publikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va tegishli Xalq de­putatlari Kengashlari sessiyasida tasdiqlanadigan hokimlar boshchi-ligidagi boshqaruv tizimi tashkil qilindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari va tegishli hokimlarning faoliyati O'zbekiston Respubli­kasining Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi Qonun va Qoraqalpog'iston respublikasining Qonunlari bilan tartib-ga solinadigan bo'lindi.
Shuningdek, 163 qishloq tumanlari, 18 shahar tumanlarida, 120 shaharlarda hokimlik idoralari tashkil qilindi.
Albatta, qisqa vaqt ichida hokimliklar o'z hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini amalga oshirishda, joylarda Oliy Majlis Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror-lari ijrosini ta'minlashda, aholining ijtimoiy himoyasini tashkil qi-lishda muayyan tajriba to'pladi.
Hokimlik oldingi xalq deputatlari mahalliy Kengashi raisligi-dan yoki partiya komitetlari birinchi kotibligidan lavozim va huqu­qiy maqomi bilan ancha farq qiluvchi institutdir. Hokimlikda endi ko'proq mustaqillik, o'z hududida o'z hukmi va so'zining salmog'ini oshirish, xo'jalik va iqtisodiy boshqaruvda qat'iyat bilan ishlash im-koniyati kengaydi. Hokimlik usulining ixchamligi, buyruqbozlik va qog'ozbozlikning kamayishi, hayotga va ishlab chiqarishga yaqinligi bilan oldingi boshqaruv tizimi an'analari va usullaridan ancha afzal-liklarga ega bo'ldi.
Biroq tahlillar shuni ko'rsatdiki, hokimliklar hamma joyda ham butun imkoniyatlari va iqtidorlarini ko'rsata olmadilar. Ular-ning ayrimlari yangicha tizimda eskicha usul bilan ishladilar. Ma­halliy davlat hokimiyati tizimidagi kamchiliklar islohotlarni izchil amalga oshirishga to'sqinlik qila boshladi. Joylarda odamlar ras­miyatchilik, poraxo'rlik, «sendan ugina, mendan bugina» qabilida ishlash, tamagirlik, qonunbuzarlik - holatlaridan aziyat cheka bosh­ladi. Bunday salbiy hodisalarni Prezident Islom Karimov bir qa­tor viloyat kengashlari sessiyalarida, xususan, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan viloyatlaridagi sessiyalarda Vazirlar Mahkama­si yig'ilishlarida ochiqdan-ochiq tanqid qildi. Qonun ustuvorligiga erishish borasidagi qat'iy mulohazalarini o'rtaga tashladi.
Jumladan, xalq depupatlari Sirdaryo viloyati kengashining 1993-yil 9-oktabrda bo'lib o'tgan sessiyasida I. Karimov shunday degan edi: «Viloyatda kadrlarni tanlash, ularni o'rganish jarayonla-ri xalq deputatlari, faollardan sir tutilgan. Kadrlarni tanlashda ularning malakasi, qat'iyatliligi, qobiliyati emas, aksincha, ular­ni ishga tayinlashda viloyat rahbariga nisbatan shaxsiy e'tiqodi, sadoqati inobatga olingan. Lavozimlarni tanish-bilishchilik, oshna-og'aynigarchilik asosida taqsimlashga yo'l ochilgan. Bu yo'l bilan tayinlangan rahbarlardan yurt, Vatan, istiqlol manfa-ati uchun nima kutish mumkin?»
Darhaqiqat, jamiyat hayotidagi tub burilish odamlar tafakkurida, jumladan, rahbar kadrlar dunyoqarashida keskin o'zgarish yasash-ni taqozo qiladi. Mustaqillikning dastlabki yillari aytish mumkinki, ana shunday fikriy o'zgarishlarni, jiddiy islohotlarga alohida tayyor-garlikni boshlash lozim edi. Yangi davrning yangi talablari asosi­da kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish, davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'muriy buyruqbozlik tizimi barbod etilsa-da, totalitar tuzum yo'q qilingach, tabiiyki, uning illatlaridan batamom qutulib bo'lmaydi. Jumladan, talon-tarojlik, odamlar haqiga xiyonat qilish, qonunsizlik, ma'muriyatchilik va to'rachilik illatlari yangi tuzum ma'naviy qiyofasiga putur yetkazar edi. Jamiyat taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lar edi. Shuning uchun ham mamlakatda mahalliy davlat hokimiyati idoralari tizimini takomil-lashtirishda uning ham shaklan, ham mazmunan o'zgartirishga jid­diy e'tibor berildi. Eng avvalo islohotlarni qonun bilan mustahkam­lash davlat boshqaruvi yangi tizimining huquqiy negizlarini yaratish borasida qator ishlarni amalga oshirdi.
Qonun ustuvorligi, boshqaruvning ham, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarini ham butunlay qamrab olmog'i, jamiyat hayotining barcha qirralarida o'zini namoyon etish choralari ko'rildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mas'ul shaxslar kay-fiyatini o'zgartirish, ularning ma'naviy-ruhiy qiyofasini takomil­lashtirish, loqaydlik, sansalorlik, o'zi bo'larchilik va boqimandalik kayfiyatlarini yo'qotish zarur edi. Har bir davlat hokimiyati organi
joylarda o'zining nufuziga, obro'-e'tiboriga ega bo'lmog'i, xalq usti-dan hukmron guruh emas, aksincha xalq uchun yashayotganligi sin-gari ijobiy fazilatlarini chuqurlashtirish kerak edi. Chunki ayni ana shunday fazilat butunlay yangi tarixiy sharoitlarda shakllanayotgan yangi davlatning, fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.
Mustaqillikning dastlabki yillari turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, iqtisodiy tanglik, asab tarangligi davri bo'ldi. Ana shun­day paytda mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga nihoyatda og'ir mas'uliyat tushdi. Aniq ish maromi, yetilib chiqayotgan muammo-larni o'z vaqtida anglash va o'z vaqtida hal etish, kundan kunga yangidan yangi yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayon-larni boshqarib turish nihoyatda katta iste'dodni, hozirjavoblikni ta-qozo etadi. Prezident I. Karimov ana shularni nazarda tutib: «Xalq vaqtincha davom etayotgan qiyinchiliklarga chidashi mumkin. Lekin bilib qo'yaylik, takroran aytaman: adolatsizlikka chida-maydi! Buni unutish mas'ul lavozimdagi shaxsni bamisoli ustun-lari chirib qolgan binoga o'xshatib qo'yadi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish