Uchinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti olti milliarddan ortiq aholining butun tashvishini nazoratga olishi ancha murakkab ish. Bu osonlik bilan ko'chmaydi. Buning uchun qator mamlakat-lararo va mintaqalararo faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlar maqomini biroz o'zgartirib, uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti doi-rasiga kiritish zarur. Ana shunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy faoliyat maydoni yanada kengayadi, u shug'ullanadigan masalalar konkretlashadi. Joylarda unga bo'ysunuvchi xalqaro tash-kilotlarning mintaqaviy muammolar va mamlakatlararo munosabatlarda yuz berayotgan muammolarni o'z vaqtida hal etish imkoniyati tug'iladi. BMTning turli mintaqalardagi, jumladan, Markaziy Osiyo-dagi vakolatxonalari imkoniyatlarini kengaytirish ularning maqomini oshirish zarurati haqida gapirar ekan, Prezident I. Karimov «Bir-lashgan Millatlar Tashkiloti qayerda? Amerikada, Nyu-Yorkda joylashgan. O'zbekiston qayerda? Markaziy Osiyoda! Shuning uchun bu yerdagi tashkilotning tarkibi, albatta, kengroq bo'lishi kerak. Unga hali ko'proq huquq berish va iqtisodiy nuqtayi na-zardan imkoniyatlarini kengaytirish кегак» - deydi, O'zbekiston televideniyesi muxbiri savollariga javob bera turib.
Ayni paytda turli mintaqalarda, turli doiralarda faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro tashkilotlar ancha-muncha. Jumladan, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, arab davlatlarida Islom Tashkiloti, Janubiy-Sharqiy Osiyoda Tinch okeani mintaqasi davlatlarining Kengashi faoliyat ko'rsatmoqda. Yana bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va huquqiy doirada ish olib borayotgan xalqaro tashkilotlar mavjudki, ana shularning hammasini birlashtirib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasiga kiritish, xalqaro tashkilotlar yagona tizimini vujudga keltirish XXI asr taqdirini belgilaydigan muhim omil ekan-ligini ko'rsatib berdi.
Mavzuga doir material
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov janobi oliylariga Muhtaram Prezident janoblari!
Mintaqangizda tinchlik va xavfsizlik hamda uni iqtisodiy ri-vojlantirish muammolari, shuningdek, bu sohalarda va Birlashgan Millatlar Tashkilotida O'zbekistonning tutgan o'rni xususida fikr-lashuvimizni davom ettirish uchun BMT taraqqiyot dasturi ma'muri Gustav Snetning mamlakatingizga tashrifldan foydalanib, Sizga qu-yidagilarni bayon qilmoqchiman.
Avvalo, Sizga shu yilning boshida Kopengagenda bo'lib o'tgan ijtimoiy taraqqiyot masalalari bo'yicha oliy darajadagi uchrashuvda qatnashganingiz uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganining ellik yilligi bayrami munosabati bilan oktabr oyida Nyu-Yorkda Siz bilan bo'ladigan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutaman.
Sizning Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik bo'yicha doimiy seminar tashkil etishga doir tashabbusingizni mintaqadagi tinch-lik va xavfsizlikni mustahkamlash ishiga qo'shilgan muhim va ijobiy hissa, deb bilaman. Seminar tobora rivojlanib, mintaqada mojarolar-ning oldini oladigan siyosiy choralarning ta'sirchan doirasini barpo etishda yordam bergan va shu tariqa, BMTning bu sohadagi sa'y-harakatlariga qo'shimcha kuch-quvvat bag'ishlagan bo'lur edi.
Men O'zbekiston va uning qo'shnilari - Qozog'iston hamda Qirg'izistonning shu mamlakatlarning harbiy xodimlaridan ibo-rat bo'lgan va BMTning tinchliksevar operatsiyalarini qo'llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladigan qo'shma organini tuzish g'oyasini tabriklayman. Bu organ bosh kotib tasarrufidagi vositalar zaxirasini yana bir qimmatli vosita bilan to'ldirgan bo'lur edi.
Afg'oniston va Tojikistondagi vaziyatning beqarorligi hamma-mizni tashvishga solmoqda. Men bu mamlakatlardagi mojarolar-ni tinch hal etish yo'llarini izlashda O'zbekistonning mustahkam hamkorligini juda qadrlayman. Shuningdek, men Siz hamda boshqa mamlakatlar hukumatlari Tojikistonga berayotgan ezgulik yordamini yuqori baholayman.
Prezident janoblari, bu xavfli mojarolarni siyosiy vositalar orqali hal etishda O'zbekiston hukumatining xalqaro tashkilotlar bilan uzoq hamkorlik qilishiga ishonchim komil.
Pirovardida Sizning rahbarligingizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturi muhimligini ta'kidlab o'tmoqchiman. Janob Snetning tashrifi bu dasturni amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa sohalarida BMT tashkilotla-rining Sizning hukumatingiz bilan hamkorlik qilishga qat'iy niyat qilganini tasdiqlaydi.
Prezident janoblari, Sizga bo'lgan kamoli ehtiromimni qabul et-gaysiz.
Samimiy istaklar ila,
Do'stlaringiz bilan baham: |