O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet158/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Mavzuga doir material


Klinton AQSH va O'zbekiston aloqalari xususida

26-iyun kuni Oq uyda Prezident Islom Karimov bilan bo'lgan uchrashuvimiz ikki tomonlama mustahkam munosabatlarning rivoj-lanishiga yangicha kuch berdi va men Amerika xalqi nomidan Pre­zident Islom Karimovga va O'zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarim-ni bildiraman.


Amerika Qo'shma Shtatlari O'zbekistonning suvereniteti, de-mokratik taraqqiyot va gullab yashnashidan to'g'ridan to'g'ri va moddiy manfaatdordir. Biz O'zbekistonni O'rta Osiyodagi yetakchi davlat deb bilamiz, chunki u - bozor munosabatlari taraqqiyoti va hamkorlikning mintaqada harakatlantiruvchi omili bo'lishga qodir imkoniyatga ega mamlakat. Shu bois O'zbekiston bilan hamkorli­gimizni Yevroosiyodagi siyosatimizning eng muhim qismi sifatida ko'zda tutamiz.
Ikki tomon ham turli masalalarda hamkorligimizdan kelib chi-qadigan yutuqlarni yuqori baholaydi. Biz O'zbekiston hukumati-ning inson huquqlari hurmatga sazovor bo'lgan ochiq jamiyat qurish yo'lida yaqinda qo'ygan ijobiy qadamlarini ma'qullaymiz. Demok-ratik jamiyat va huquqiy davlat qurish yo'lidagi harakatlar barqaror-lik va iqtisodiy farovonlikni ta'minlaydi. Bu hamkorligimizni yana-da mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bundan keyin ham mana shu jarayonni qo'llab-quvvatlash istagidamiz.
Biz xavfsizlik sohasida ham ikki tomonlama, ham ko'p tomon­lama, masalan, «Tinchlik yo'lida hamkorlik)) dasturi doirasida alo-qalarimiz rivojlanib borayotganidan xursandmiz. O'zbekistonning Qozog'iston va Qirg'iziston bilan birgalikda O'rta Osiyo tinchlik ba-talyonini tuzishda ishtirok etishi sizning mamlakatingizga nisbatan bu yerda ishonch-e'tiborni oshirdi. Bu tashabbus O'zbekistonning mintaqaviy hamkorlik tarafdori ekanligidan dalolat beradi, deb hi-soblaymiz va «Tinchlik yo'lida hamkorlik)) dasturining kelgusi mashqlarida O'zbekiston bilan yaqin aloqalarni davom ettirishga in-tilamiz.
Biz Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi mintaqaviy masalalar bo'yicha yaqin hamkorligimizni yuqori baholaymiz. Mamlakatin-giz rahbariyatining Afg'onistonga qurol-yaroq yetkazib berishni ta-qiqlashni ko'zda tutgan amaliy tashabbusini qo'llab-quvvatlaymiz va Afg'onistonda boshlangan fuqarolar urushi mazkur taklifni ilga­ri surish bilan bog'liq bizning harakatlarimizga qanday ta'sir etishi mumkinligi xususida Xavfsizlik Kengashining boshqa a'zolari bilan o'tkazajak maslahatlashuvlarimiz natijalaridan sizlarni xabardor etib turamiz. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini mustah­kamlash borasida olib borayotgan ishlarimiz doirasida O'zbekiston bilan yanada yaqinroq maslahatlashuvlar o'tkazish tarafdorimiz. Bir­lashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 51-sessiyasi ol-didan biz barcha masalalarda O'zbekiston bilan bundan ham qalin aloqalarni yo'lga qo'yishga harakat qilamiz.
Men, shuningdek, mamlakatlarimiz o'rtasida barqaror savdo va investitsiya aloqalarining muhimligini ta'kidlamoqchiman. Amerika Qo'shma Shtatlari Umumjahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishga in-tilayotgan O'zbekiston bilan o'zaro mustahkam hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Biz bugungi Amerika sarmoyalarining muvaffaqi­yatini, shu jumladan, energetika va tog'-kon sanoatidagi muvaffa-qiyatlarni har ikki tomonlama munosabatlarimiz rivojining yorqin namoyishi, deb hisoblaymiz va investitsiya shart-sharoitlari yanada yaxshilanishiga katta ishtiyoq bildiramiz».



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish