3-§. O'zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligidagi o'rni va mavqeyining oshib borishi
O'zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o'zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo'ldi. Chunki sho'ro tu-zumi sharoitida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq ittifoq tar-kibiga kirgan mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog'lab qo'ygan ediki, natijada ular o'zaro qaramlik domiga tushib qolgan edilar. Shuning uchun sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan yosh mustaqil davlatlar buni chuqur his qilar va mavjud qiyinchilik-lar hamda iqtisodiy inqirozdan chiqishning, mustabid siyosat asorati-dan qutulishning birdan-bir yo'li bir yoqadan bosh chiqarib, harakat qilish edi. Ana shu nuqtayi nazardan ham O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi g'oyasini qo'llab-quvvatladi.
1991-yil 21-dekabrda Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston va Ukraina davlatlari boshliqlari Almatida uchrashib Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga asos soldilar. Shu tariqa XX asr-ning muhim voqealaridan biri sodir bo'ldi - MDH ixtiyoriy iqtisodiy uyushma yuzaga keldi. Shundan buyon MDHning bir necha yig'ilishlari o'tkazildi, ko'p hujjatlar qabul qilindi. Ularning bari uzoq у Шаг bir davlat bo'lib kelgan mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa aloqalarni yangi sharoitlarda - mustaqil dav-latlararo munosabatlar tarzida davom ettirishga qaratildi.
Hamdo'stlik davlatlari orasida eng qudratli, katta salohiyat va ulkan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo'lmish Rossiya Federatsiyasi bilan teng huquqli va o'zaro manfaatli aloqalar o'rnatish O'zbekiston tashqi siyosatining diqqat markazida bo'ldi. Shu-ning uchun ham Prezident I. Karimov «Rossiya Federatsiyasi bilan teng huquqli va o'zaro manfaatli aloqalar o'rnatish O'zbekiston uchun juda muhimdir. Va biz bu maqsadimizga erishish uchun bor kuchimiz va imkoniyatlarimizni ayamay-miz», - degan edi.
1992-yil 25-mayda Toshkentda MDHga a'zo davlatlar rahbarlari bilan bo'lgan uchrashuv katta ahamiyatga ega bo'ldi. O'zbekiston Hamdo'stlik doirasida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish tashabbusi bilan chiqdi va ana shu muhim masalaga doir shartnoma imzolandi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo bo'lib kirgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama iqtisodiy hamda madaniy munosabatlarni rivojlantirish O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada 1992-yil 30-mayda Rossiya Prezidenti B.N. Yelsin taklifiga binoan O'zbekiston rasmiy delegatsiyasining Moskvaga qilgan tashrifi, muzokaralar, uchrashuvlar, imzolangan hujjatlar - o'zaro hurmat va bir-birini qo'llab-quvvatlash siyosatining timsoli bo'ldi. Bu kechagina mus-tamlaka, tayyor va beminnat xomashyo bazasi bo'lgan mamlakat bilan bugungi munosabatning naqadar o'zgachaligi, jiddiy siyosiy hodisa ekanligini ko'rsatadi. Shu kuni Prezidentlar B. Yelsin va I. Karimovlar ikki mamlakat o'rtasida davlatlararo munosabatlar-ning asoslari to'g'risidagi shartnomani imzoladilar. Ushbu uchrashuv yakuni haqida mulohaza yuritar ekan, Islom Karimov «eng quvonchli jihati shuki, bu muhim voqeani ham rus, ham o'zbek xalqi katta xursandchilik va mamnuniyat bilan kutib oldi.
O'zbekiston - Rossiya o'rtasidagi teng huquqli hamkorlik, o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar istiqlolning keyingi yillarida ham davom etadi», - dedi.
1995-yil 27-28-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Viktor Chernomirdinning O'zbekistonga rasmiy tashrifi, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri, keyinchalik Rossiya Hukurriati Raisi bo'lib ishlagan Yevgeniy Primakovning respublikamizga ketma-ket tashriflari, 1998-yil 11-12-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Boris Yelsinning davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'lishi yoki 1999-yil 10-11-dekabr kunlari Rossiya Hukumati raisi, hozir Rossiya Federativ Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga rasmiy tashrifi Rossiyaning O'zbekiston bilan teng huquqli sherik sifatida hamkorlik qilishga qaratilgan siyosat olib borayotgan-ligidan dalolat berib turibdi.
O'zbekiston Hamdo'stlik mamlakatlari ichida Ukraina va Be-lorus respublikalari bilan ham hamkorlik va do'stona munosabatlar o'rnatishga alohida e'tibor bermoqda. Chunki, bu har ikki davlat ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlari, tarixiy tajriba va zamonaviy taraqqiyot omillari bilan MDH doirasidagi davlatlar o'rtasida katta nufuzga ega.
1994-yil 10-noyabrda Kiyev shahrida O'zbekiston respublikasi bilan Ukraina o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari to'g'risida Deklaratsiya qabul qilindi. Unga ko'ra O'zbekiston respublikasi bilan Ukraina o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik sanoat (shu jumladan samolyotsozlik, yengil sanoat) energetika, transport, aloqa, qishloq xo'jaligi, mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlash, fan va texnikaning ustuvor yo'nalishlarida, shuningdek, turizm va ekologiya sohalarini o'z ichiga oladi. O'sha kuni O'zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o'rtasida madaniyat soha-sidagi hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi. Unga ko'ra har ikki tomon bir-birini madaniyati bilan tanishish uchun imkon yaratib be-radi, O'zbekiston va Ukraina xalqlarining ko'p asrlik va madaniy aloqalariga tayanib, ular o'rtasidagi madaniyat va san'at sohasidagi hamkorlikni bundan key in ham rivojlantirishga ko'maklashadilar, deb ta'kidlandi. Ayni chog'da, O'zbekiston Respublikasi va Ukraina o'rtasida daromadlar va mulklarga ikki tomonlama soliq solishga yo'l qo'ymaslik to'g'risida ham bitim imzolandi.
O'zbekiston - Ukraina munosabatlari yanada rivojlana bordi. 1995-yil 20-iyunda Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi. Do'rmon Qarorgohida bo'lgan uchrashuvda O'zbekiston va Ukraina o'rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibda-gi muzokaralari Xalqlar Do'stligi saroyida davom ettirildi. Bu yerda O'zbek - Ukrain hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish to'g'risida Deklaratsiya qabul qilindi. Unda «O`zbekiston Respublikasi va Ukraina o'z munosabatlarini uzoq muddatli umumiy manfaatdorlikka ega do'st davlatlar tarzida rivojlantirishni mo'ljallaydi», deb yozib qo'yildi. Shuningdek, muzokaralar davomida O'zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o'rtasida iqtisodiy integratsiyani chu-qurlashtirish to'g'risida shartnoma imzolandi. Ushbu shartno-maning 1-moddasida «tomonlar iqtisodiy islohotlarni o'tkazish jarayonida harakatlarni muvofiqlashtiradilar, O'zbekiston Respublikasi va Ukrainaning hamma shakldagi mulkchilik xo'jalik sub-yektlari, viloyatlari hamda mintaqaviy tuzilmalari o'rtasida o'zaro foydali iqtisodiy aloqalarning saqlanib qolishi va rivojlanishiga ko'maklashadilar», - deb aniq aytildi.
21-iyun kuni har ikki davlat munosabatiarini yanada yaxshi-lashga qaratilgan hujjatlar qabul qilingandan so'ng Leonid Kuchma Samarqandga tashrif buyurdi, shaharning diqqatga sazovor joylarini ko'rdi. Registon maydonida Leonid Kuchma o'zbekistonlik bir gu-ruh ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga «Ukraina ozod etilganli-gining 50 yilligi medali» va esdalik sovg'alarini topshirdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 27-may kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi. Prezident Sa-royida I. Karimov va Ozarbayjon Prezidenti H. Aliyev ikki mamlakat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma, ikki mamlakat o'rtasida sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash, soliq, bojxona, havo yo'llari, avtomobil va temir yo'llar aloqala-ri, yuk tashish va boshqalar haqida 20 ga yaqin hujjat imzoladilar. I. Karimov Boku Davlat Universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda u talabalar bilan uchrashdi. O'zbekiston Davlat rahbariga iqtisodiyot, fan, maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Boku Universiteti doktori degan faxriy unvon berildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov shu yili 28-may kuni rasmiy tashrif bilan Gruziyaga bordi. Islom Karimov va Gruzi-ya Respublikasi sobiq Prezidenti Eduard Shevardnadze o'rtasidagi muzokaralarda har ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro vaziyat, MDH doirasidagi hamkorlik bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. So'ng Prezidentlar ishtirokida kengay-tirilgan muzokaralar bo'ldi va unda Trans-Kavkaz yo'lining Gruziya-dan o'tadigan qismini jadal barpo etish, uning keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bosh mavzu bo'ldi. Muzokaralar nihoyasida O'zbekiston bilan Gruziya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish to'g'risida Deklaratsiya qabul qilindi, ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy, savdo aloqalariga doir 15 ga yaqin hujjat imzolandi.
1999-yil 8-mart kuni Gruziya Respublikasi Prezidenti Eduard
Shevardnadze amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Do'rmon qarorgohida ikki mamlakat davlat rahbarlarining yakkama-yakka uchrashuvi bo'ldi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlik koiamlarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik, jahonda yuz berayotgan dolzarb voqealar bilan bog'liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O'zbekiston Respublikasi va Gruziya Respublikasi Prezident-larining yakkama-yakka uchrashuvi davom etayotgan bir paytda qarorgohning majlislar zalida ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish, transport kommunikatsiyasi so-hasidagi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bilan bog'liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo'ldi. Ikki mamlakat o'rtasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib borayotgani singari bugungi kunda har tomonlama o'zaro ishonchga asoslangan aloqalar ham tobora rivoj topib, strategik aha-miyat kasb etayotgani muzokaralarda alohida ta'kidlandi. Mehmon-lar O'zbekiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanini qayd etishdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivoj-lantirishga xizmat qiladigan aniq amaliy takliflar ham ishtirokchilar e'tiboriga havola qilindi.
Muzokaralar nihoyasiga yetgach, amaliy uchrashuvga oid Pro-tokol imzolandi. Hujjatga Islom Karimov va Eduard Shevardnadze imzo chekdilar.
Shundan so'ng Prezidentlarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo'ldi. Matbuot anjumanida ikki mam-lakatning TRASEKA dasturi doirasidagi ishtirok xususidagi savol-ga javob berar ekan, mamlakatimiz rahbari Transkavkaz koridori O'zbekiston uchun ulkan ahamiyatga molik, ta'bir joiz bo'lsa, strategik ahamiyat kasb etadigan masala ekanini ta'kidladi. Buyuk Ipak yo'lini tiklash, TRASEKA doirasida bugun amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat savdo-iqtisodiy, balki katta siyosiy ahamiyat ham kasb etadi, dedi Islom Karimov. Birgina o'tgan yili Gruziyaning Poti porti orqali qariyb 725 ming tonna yukning mamlakatimizga tashib kel-tirilganining o'ziyoq uning beqiyos ahamiyatga ega ekanidan da-lolatdir. Zero, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi deyarli barcha davlatlar mazkur loyihada bajonidil ishtirok etish istagini bildirayotgani ham bejiz emas.
1995-yil 25-26-may kunlari Islom Karimov MDHga a'zo davlat boshliqlari bilan navbatdagi uchrashuvda qatnashish uchun Minskka keldi. 26-may kuni MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining
Kengashi bo'lib o'tdi. Unda davlatlararo Valuta Qo'mitasini tuzish, MDH chegaralarini mustahkamlash, iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ayni paytda hukumat rahbarlari turli sohalarda o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir 20 dan ziyod masalalarni muhokama qildilar.
Istiqlol yillarida O'zbekiston o'zining qat'iy mustaqil taraqqiyot yo'lidan borish, o'zgalarga tahdid qilmaslik, boshqalar suverenitetini hurmat qilish bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida o'zining mu-nosib va qat'i nuqtayi nazariga ega bo'ldi. Bu quyidagilarda namo-yon bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |